Ulug`bek davrida maktab islohoti.

Ulug`bek davrida maktab islohoti.Muhammad Tarag‘ay – Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) Amir Temur sulolasiga mansub ulug‘ zot, ulkan davlat arbobi va buyuk dahodir. Amaliy faoliyatida davlat arboblikni olimlik, olimlikni esa davlat arboblik bilan qo‘shib olib borish Mirzo Ulug‘bekka xos bo‘lgan nodir fazilatdir. Ulug‘bek – podshohlar ichra donishmand, donishmandlar ichra podshohdir. U – insoniyat tarixida ahyonahyondagina uchraydigan noyob fenomen.
Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning «Ziji» bo‘lib, bu asar «Ziji Ulug‘bek»dir. «Ziji jadidi ko‘ragoniy» deb ham ataladi. «Ziji»dan tashqari uning qalamiga mansub riyoziyot asari – «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», yulduzlarga bag‘ishlangan «Risolai Ulug‘bek» (yagona nusxasi Hindistonda Aligarh universitetining kutubxonasida saqlanadi.
Ulug‘bek «Ziji» o‘z tarkibiga ko‘ra VIII-IX asrlarda boshlangan yulduzshunoslik an’anasini davom ettirsada, ilmiy pog‘onasi ularga nisbatan baland.
Ulug‘bekning asarlari va falsafiy-axloqiy o‘gitlarida dunyoda ilm-ma’rifatdan naf ko‘rmagan va ko‘rmaydigan inson zoti yo‘qligi takror -takror qayd etilgan. Ulug‘bek ayni paytda insonda har bir ishni ado etishda aql-idrok va tafakkur, o‘tkir zehn, qobiliyat, talant va iste’dod mavjudligini alohida uqtirdi. Madaniy-ma’naviy taraqqiyotga ilmdan boshqa yo‘l bilan erishib bo‘lmasligini, bilimni faqat kitoblardan emas, balki faoliyat orqali, hayotdan olish zarurligini ta’kidladi.
Ulug‘bek Buxoroda o‘zi qurdirgan madrasa peshtoqiga: «Bilim olish har bir muslim va muslimaning burchidir«, deb yozdirib qo‘ydirgan.
Ulug‘bekning fikricha, odob va axloq inson ma’naviyati va ma’rifati kamolotida katta o‘rin egallaydi. Insonlar orasidagi o‘zaro munosabat, odamgarchilik, mehr-muhabbat, do‘stlik, birodarlik, ahillik asosida yashash va faoliyat ko‘rsatish aqliy-axloqiy tarbiyaga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Ulug‘bek ma’naviyat va ma’rifat haqidagi yo‘l-yo‘riqlari va falsafiypedagogik ta’limotida haqiqiy va soxta do‘stlarni ajratish lozimligi, g‘arazli kishi do‘st bo‘lmasligini, bunday «do‘stlar» kishilarni to‘g‘ri yo‘ldan chiqarishi haqidagi g‘oyalarini dasturiy yo‘llanma sifatida ilgari surgan. Ulug‘bekning, hech qachon ixtiyoringni tilyog‘lamaga berma, atrofingga laganbardorlarni to‘plama, ular sening emas, o‘z manfaatlarini ko‘zlab seni maqtaydilar, o‘z ixtiyorini shunday kimsalarga berib qo‘ygan hukmdorga sadoqatli insonlar yaqinlashmaydilar, degan ibratli so‘zlari ham mavjud. Uning fikr-mulohazalaridan ko‘rinib turganidek, qalbi nopok, niyati buzuq, iymoni sust, beoqibat kishilardan har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, yiroq bo‘lish, tuzog‘iga ilinmaslik, tilyog‘lamaligiga uchmaslik, aksincha, zoti toza, nasl-nasabli kishilarni qo‘ldan qo‘ymaslik kerak. Inson yakkayolg‘izlikda qila olmagan yumushlarini ko‘pchilik bilan birgalikda bajarishi mumkin. Do‘stlarsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Ulug‘bekning ilmiy-amaliy faoliyati uning bu nazariy fikrini tasdiqlaydi.
Ulug‘bek ilm-fan ravnaq topishiga katta umid bilan qaradi. Bu yo‘lda u hormay-tolmay mehnat qildi, inson aql-idroki va tafakkuri tantana qilishiga, jaholat va xurofot tumandek tarqalib ketishiga astoydil ishondi. Ilm yordamida kelajakni oldindan ko‘rdi.
Ulug‘bek nafaqat o‘zi mansub millatning, ayni paytda butun insoniyatning ham faxridir. Ulug‘bekday farzandi bo‘lgan xalq har qancha faxrlansa arziydi. O‘z tomirlarimizda Ulug‘bek qoni oqayotganligidan, ruhimizda ul muborak zotning ruhi barhayotligidan baxtiyormiz. “Mirzo Ulug‘bek o‘z umrini kelajak uchun, bugungi hayot uchun fido etdi. O‘sha uzoq zamonlarda bashariyat taraqqiyotini o‘ylab yashadi, o‘z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu qildi. Har qanday millat ham Ulug‘bekday farzandni tarbiya etgani uchun g‘ururlanishi tabiiy holdir. CHunki bunday insonlar faqat o‘z xalqiga emas, balki umumbashariy sivilizatsiya uchun ham xizmat qiladi va jahonning e’tiborini qozonadi”
SHunday qilib, Mirzo Ulug‘bekning milliy va umumbashariy ma’naviyma’rifiy va pedagogik ta’limotlar rivojlanishiga qo‘shgan hissasi beqiyos bo‘lib, u bugungi kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O‘zbekistonning xalqaro maydonda obro‘sini oshirish yo‘lida katta xizmat qilmoqda.










