Umumiy ovqatlanish korxonalarida servis xizmat ko‘rsatishning tadqiqoti va olingan natijalar tahlili.
Ma’lumki umumiy ovqatlanish korxonalarida servis xizmat ko‘rsatish korxonalardagi “tarqatish- iste’molchi” tizimida bo‘lib o‘tadi. Bunda asosan iste’molchi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki ofitsiantlar yordamida xizmat ko‘rsatiladi. SHuning uchun biz quyida “YUlduz” restorani misolida ushbu xizmat ko‘rsatish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida tadqiqotni bajardik. Restoranda servis xizmat ko‘rsatish jarayonlarini ilmiy tadqiq qilishda biz xronologik va fotografik kuzatish usulini qo‘lladik. Bunda tadqiqot ob’ekti bo‘lib
“YUlduz” restoranidagi iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmat ko‘rsatishni oldik. Kuzatuv jarayonini ovqatlanish zalining jihozlari bilan tanishishdan boshladik. Korxonada ofitsiantlar tomonidan xizmat ko‘rsatilganligi uchun ovqatlanish zalni ma’lum bir o‘rinlarga bo‘lindi va har bir stolga aniq bir nomer o‘rnatildi.
Kuzatuv jarayonini esa maxsus xaritada, har bir kuzatuvlarni qayd etish va kuzatuv xaritasining birinchi varag‘iga (3.1-jadvalda ko‘rsatilgan) belgilab borish bilan olib borildi.
Restoranning zalida tahlil uchun axborotlarni yig‘ish uchun kuzatishga qulay bo‘lgan joyni (barcha stollar yaxshi ko‘rinishi shart) tanlandi. Bunda 50-100 joyli restoranni bir tadqiqotchining o‘zi ham kuzatuvni amalga oshirishi mumkin. SHu bilan birga joylar soni qancha ko‘p bo‘lsa, shunchalik kuzatuvchilar soni ham ko‘payadi, albatta.
Kuzatuv xaritasi №1 90 o‘rinli restoran
| Vaziyat nomeri | Stol rakami |
Vaqti |
|||||||||||
| 12-
05 |
12-
10 |
12-
15 |
12-
20 |
12-
25 |
12-
30 |
12-
35 |
12-
40 |
12-
45 |
12-
50 |
12-
55 |
13-
00 |
||
| 1 | 1 | 04 | P4 | P4 | P4 | U4 | S4 | O2 | O2 | P2 | P2 | ||
| 2 | O3 | O3 | P3 | P3 | P3 | P3 | U3 | S3 | O4 | O4 | |||
| 3 | O2 | O2 | P2 | P2 | P2 | P2 | P2 | P2 | U2 | S2 | |||
| 2 | 4 | O3 | O3 | P3 | P3 | ||||||||
| 5 | O4 | O4 | P4 | P4 | P4 | P4 | U4 | S4 | O2 | P2 | P2 | ||
| 6 | O4 | O4 | P4 | P4 | P4 | P4 | U4 | S4 | O2 | P2 | |||
| 3 | 7 | O4 | P4 | P4 | P4 | P4 | U4 | S4 | O4 | P4 | |||
Izoh: O – xizmat ko‘rsatishni boshlanishini kutish; P-ovqatni iste’mol qilish; U-xizmat ko‘rsatish; S-iste’molchilarning kelishiga joy tayyorlash (idishlarni tozalash va taxminiy servirovka qilish).
Iste’molchining o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishda iste’molchilarning oqimini qayd etish qo‘lda yoki avtomatik ravishda zalning kirish yo‘lida qayd etildi (3.2jadval), chiquvchi oqimlar esa (tarqatuvchining tarqatish qobiliyati) – tarqatish xonasini tark etgandan so‘ng faqat kiruvchilar o‘rniga chiquvchilar qayd etild.






