UMURTQA POG’ONASI. UMURTQALARNING  UMUMIY TUZILISHI.

0
UMURTQA POG’ONASI. UMURTQALARNING  UMUMIY TUZILISHI.

UMURTQA   POG’ONASI.

UMURTQA POG’ONASI. UMURTQALARNING  UMUMIY TUZILISHI.

Umurtqa pog`onasi alohida tuzilishga ega bo`lgan 5 turdagi umurtqalarning o`zaro qo`shilishidan hosil bo`ladi. Umurtqalarning turlari: 7 ta bo`yin umurtqasi,  12 ta ko`krak umurtqasi 5 ta bel umurtqasi , 5 ta dumg`aza umurtqasi  1 dan 3 gacha dum umurtqalari. Umurtqa pog`onasi 4 sohada egrilik hosil qiladi: bo`yin, ko`krak, bel va dumg`aza egriliklari deb ataladi. Bo`yin va bel sohasidagi egriliklar oldinga, ko`krak va dumg`aza sohasidagi egriliklar esa orqaga bo`rtib turadi.’

Oldinga bo`rtib turgan bo`yin va bel sohasidagi egriliklarga lordoz holati deyiladi.

Orqa tarafga yo`nalgan egriliklarga kifoz holati deyiladi. Bu 4 ta egrilik sog` odamlarda uchraydi.

Ba’zi bir patalogik holatlarda yon tarafga bo`rtib chiqqan egriliklar hosil bo’lib, skolioz  deb ataladi. Ko`pincha skolioz holati ko`krak umurtqalari sohasida bo`lib, o`ngtarafga bo`rtgan egrilik holatida uchraydi. Bu egrilik ko`pincha maktab o`quvchilarining yozish paytida noto`g`ri o`tirishi sababli yoki kasbiy faoliyat ta’siridan paydo bo`ladi.

UMURTQALARNING   UMUMIY   TUZILISHI

Har bir umurtqaning tuzilishi bajaradigan vazifasiga mos bo`ladi.

  1. Tayanch vazifasini bajargani uchun, umurtqalarda tana bo`ladi. Birinchi bo»yin umurtqasida tana qismi bo`lmaydi. bel umurtqalarida esa tana qismi kattaroq bo`ladi. Kattaroq og`irlik tushadigan dumg`aza umurtqalari qo`shilib, suyaklanib ketadi.
  2. Umurtqa pog`onasi kanali orqa miya uchun himoya vazifasini bajaradi.

Orqa miyaning kengaygan sohalarida umurtqa kanali ham kengroq bo`ladi. Uning tashqi chegarasi II bel umurtqasiga to`g`ri kelganligidan. Uning ostida umurtqa kanali torayib borib, dum umurtqalari sohasida yakunlanadi.

  1. Har bir umurtqada mushaklar birikadigan o`simtalar bo’ladi. Ko`ndalang va qirrali o`simtalarning rivojlanganligi ularga birikadigan mushak va boylamlarning kuchiga bog`liq bo’ladi. Bel va ko`krak sohalarida bu o`simtalarga kuchli mushaklar birikadi va shu sohadagi o`simtalar ancha rivojlangan bo’ladi. Dumg`aza umurtqalarining o`zaro qo`shilib ketishi natijasida dumg`aza suyagining tuzilishi boshqacharoq bo’ladi.

Umuman har bir sohadagi umurtqalarning tuzilishi uning vazifasiga mos bo`ladi.

  1. Qovurg`alar ko`krak sohasida saqlanib qoladi. Qovurg`alarning oldingi uchlari to`sh suyagiga birikadi. To`sh suyagi, qovurg`alarning oldingi uchidan taraqqiy etadi.
  2. Tana skeletining tuzilishiga odamning vertikal (tikka) holatga o`tishi quyidagicha ta’sir ko`rsatadi:
    • Umurtqa pog`onasida egriliklar hosil bo’ladi. Oxirgi bel umurtqasi va dumg`aza suyagi orasida oldingi tarafga bo`rtib chiqqan yuza paydo bo’ladi.
    • Umurtqalarning tanasi pastga yo`nalgan sari kattalashib boradi va nihoyat oyoq kamari sohasidagi dumg`aza umurtqalari o`zaro suyaklanib ketadi.
    • Ko`krak qafasining kengligi, oldingi o’lchovi orqa o’lchovidan katta bo’ladi.

Umurtqa pog`onasi alohida umurtqalarning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Umurtqa pog`onasi tayanch vazifasini va uning ichida joylashgan orqa miya uchun himoya vazifasini bajaradi. Umurtqa pag`onasiga mushaklar birlashadi va kalla hamda tana harakatida faol qatnashadi.

Umurtqa  tanalari  bilan o`zaro tutashgan bo`ladi. Umurtqa tanalarida, qo`shni umurtqalar bilan o`zaro tutashadigan yuza  qirg`oqlari mavjud. Orqa tarafda esa umurtqaning yoy qismi bo`lib, tanasi bilan oyoqchalar vositasida tutashadi.  Bu hosilatar orasida esa umurtqa teshigi hosil bo’ladi. Hamma umurtqalarning teshiklari — umurtqa pog`onasming kanalini tashkil etadi.

Umurtqa yoyining atrofida o`simtalar bo`ladi. O’rtadan toq holda, orqa tarafga qirrali o`simta  yon tarafga esa juft ko`ndalang o`simtalar yo`naladi. Umurtqa yoyining ustkl va pastki qismlaridan: ustki bo`g`im o`simtalari  va ostki bo`g`im o`simtalari yo`naladi.  Umurtqa oyoqchalari sohasida yuqorigi umurtqa o`ymasi va ostki umurtqa o`yma hosil bo`ladi. Umurtqalarning o`zaro birlashishi natijasida bu o`ymalar umurtqalararo teshikni hosil etishda qatnashadi.

UMURTQA POG’ONASI. UMURTQALARNING  UMUMIY TUZILISHI.

Mavzular.

manba