Undosh tovushlar.Undoshlar tasnifi haqida.
Undosh tovushlar.Undoshlar tasnifi haqida. Konsonantizm hozirgi o`zbek adabiy tili undosh fonemalari tizimidir. U 24 fonemani – b, v, g, d, j, j, z, y, q, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, h, ch, sh, q, g`, h tovushlarini o`z ichiga oladi. Ayrim manbalarda qorishiq «S» undoshi ham o`zbek tili konsonantizmi tarkibiga kiritilgan, shunga ko`ra o`zbek tili undoshlari 24 ta emas, 25 ta deb qaralgan (1-25, 54, 65-b.).
Undosh tovushning shakllanishida, albatta, shovqin qatnashadi, u nutq apparatidagi (masalan, og`iz bo`shlig`idagi) aktiv va passiv a’zolarning bir-biriga tegishi yoki juda yaqinlashishi natijasida hosil bo`lgan to`siqdan havo oqimining portlab yoki sirg`alib (a’zolarga ishqalanib) o`tishidan paydo bo`ladi. Bunday to`siq fonologiyada fokus deyiladi. Demak, undoshlarda fokusning bo`lishi shart.
Undosh tovushlar.Undoshlar tasnifi haqida. Bunda o`zbek tili konsonantizmi tizimiga xos asosiy fonologik jihatlar – artikulyatsiya o`rni (tovushning fokusi), artikulyatsiya usuli va jaranglijarangsizlik belgilari hisobga olinadi, shu belgilarni shakllantirishda ishtirok etadigan fizikakustik va anatomik-fiziologik omillarga tayaniladi. Bunday tasnif quyidagi tartibda berilishi mumkin:
- Artikulyatsiya o`rniga ko`ra. Bunda nutq apparatining qaysi a’zosi faol ishtirok etayotganligi va apparatning qayerida to`siq (fokus) hosil qilinishi nazarda tutiladi. Bu jihatdan tovushlar labial, til va bo`g`iz undoshlariga bo`linadi:
- Labial undoshlar lablarning faol ishtirokida hosil qilinadi. Ular ikki xil bo`ladi:
- a) lab-lab undoshlari (bilabial undoshlar)- p, b, m, v0. Bu undoshlarning fokusi ikki lab orasida bo`ladi; b) lab-tish undoshlari (labio-dental undoshlar) – v, f. Bu undoshlarning fokusi pastki lab bilan yuqori tishlar orasida bo`ladi.
IZOH: lab-lab «v0» undoshi ov, suv, qovun, sovuq kabi turkiy so`zlarda ko`proq ishlatiladi. Bu tovushning lab-tish «v» dan o`sib chiqqanligi, lab-tish «v»ning esa b, g`, g undoshlarida sodir bo`lgan o`zgarish asosida shakllanganligi haqida ma’lumotlar bor (26,51b; 18,63-64-b.). Hozirgi o`zbek adabiy tilidagi lab-tish «v» yuqorida keltirilgan turkiy «v» ning o`zi emas, u etimologik jihatdan boshqa til birligidir, chunki bu tovush o`zbek tiliga arab va rus tillaridan o`zlashgan so`zlarda qo`llanadi; vatan (arab.), vaqt (arab.) va’da (arab.), vagon (rus.), aviatsiya (rus.) kabi.
Ayrim manbalarda hozirgi o`zbek adabiy tilida lab-lab «f»va lab-tish «f» undoshlari borligi qayd etilgan (16, 26-27-b). Bizningcha, hozirgi o`zbek adabiy tilida bitta lab-tish «f»ning o`zi bor, lab-lab «f» esa alohida mustaqil fonema emas, balki lab-tish «f»ning lablashgan unli ta’sirida (akkomodatsiya qonuniyatiga ko`ra) o`zgargan ottenkasi, xolos. Qiyos qiling: fasl («f»-lab-tish), fusunkor («f»- lab-lab), afv («f»-lab-tish), ufq («f»- lab-lab) kabi.
- Til undoshlari – tilning faol ishtirokida hosil bo`ladigan undosh fonemalar. Ular tovush fokusi qayerda hosil bo`lishiga ko`ra quyidagi turlarga ajratiladi:
1) til oldi undoshlari: a) til oldi dorsal undoshlar –s, z. Bu undoshlar artikulyatsiyasida tilning uchi pastki tishlarga tiraladi, tilning ikki yoni esa tarnovsimon bukilib, havo oqimi uchun bo`shliq qoldiradi; b) til oldi – alveolyar undoshlar- t, d, l, n. Bu undoshlar artikulyatsiyasida tilning uchi yuqori tishlar milkiga (alveolaga) taqalib, to`siq (fokus) hosil qiladi; v) til oldi- tanglay (kakuminal) undoshlar- sh, j, ch, j, r. Bu undoshlar artikulyatsiyasida tilning uchi yuqoriga ko`tarilib, bir oz bukiladi, natijada to`siq milkda emas, qattiq tanglayning old qismida (milkka etmay) paydo bo`ladi. Sh, j, ch, j undoshlari artikulyatsiyasida ikkinchi fokus- tilning orqaroq qismi bilan yumshoq tanglay orasida yuzaga keladigan to`siq ham ishtirok etadi, shunga ko`ra sh, j, ch, j undoshlari ikki fokusli fonemalar sanaladi;
2) til o`rta undoshi (palatal undosh)-y. Bu undosh talaffuzida tilning o`rta qismi qattiq tanglay tomon ko`tariladi, fokus shu ikki a’zo oralig`ida shakllanadi;
3) sayoz til orqa undoshlari- q, g, n. Bu undoshlarning talaffuzida tilning orqa qismi yumshoq tanglayga tegib, to`siq (fokus) hosil qiladi;
4) chuqur til orqa undoshlari- q, g`, x. Bu undoshlarning talaffuzida tilning eng orqa qismi (ildizi) kichik tilga tegib, to`siq (fokus) hosil qiladi, shunga ko`ra ular uvulyar undoshlar deb ham ataladi (1-64-b.).
- Bo`g`iz undoshi (faringal undoshi)-h. Bu undoshning talaffuzida havo oqimi bo`g`iz va halqumdan ishqalanib o`tadi.
Artikulyatsiya usuliga ko`ra. Bunda o`pkadan kelayotgan havo oqimining to`siqdan (fokusdan) qay tarzda o`tishi nazarda tutiladi. Bu belgisiga ko`ra undoshlar hozirgi o`zbek tilida quyidagi turlarga bo`linadi:
- Portlovchilar – havo oqimining to`siqdan portlab o`tishidan hosil bo`luvchi undoshlar. Bularga b, g, d, p, t, q fonemalari kiradi. Bu undoshlarning talaffuzida nutq apparatidagi ikki a’zo bir-biriga tegib, havo yo`lini to`sadi, natijada portlash yuz beradi.
- Qorishiq portlovchilar (affrikatalar)- ch, j, s. Bu undoshlar artikulyatsiyasining ish holati ikki xil kechadi: bitta fokusning o`zida portlash va sirg`alish jarayonlari sodir bo`ladi- artikulyatsiya portlash bilan boshlanib, sirg`alish bilan tugaydi.
- Sirg`aluvchilar – v, j, z, y, l, s, f, x, sh, g`, h. Bu undoshlarning talaffuzida nutq apparatidagi ikki a’zo bir-biriga juda yaqinlashadi, ammo jipslashmaydi: havo oqimining sirg`alib o`tishi uchun oraliq qoldiriladi.
4.Yumuq fokusli burun tovushlari (ruscha: смычно-носовыесогласные). Bu guruhga m, n, n undoshlari kiritiladi: a) «m» ning artikulyatsiyasida ikkala lab orasida yuzaga kelgan to`siq havo yo`lini yopadi (yumuq fokus yuzaga keladi), natijada, havo oqimi to`siqqa urilib, orqaga qaytadi va burun bo`shlig`idan sirg`alib o`tadi (bunda burun yo`li ochiq holatda bo`ladi); b)»n» ning artikulyatsiyasida til uchi bilan milk orasida havo yo`li yopiladi, orqaga qaytgan havo oqimi (un bilan birga) burun bo`shlig`idan sirg`alib o`tadi: v) «ng»ning artikulyatsiyasida tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglay orasida havo yo`li yopilib, burun bo`shlig`ida sirg`alish kechimi sodir bo`ladi.
IZOH: m, n, n undoshlari artikulyatsiyasida portlash sodir bo`lmaydi, chunki havo oqimi burun bo`shlig`i tomon yo`l olganligi uchun uning yumuq to`siqdan portlab o`tishiga zarurat qolmaydi: kuch (energiya) sirg`alish tomonga yo`naltiriladi. Shuning uchun bu undoshlarni «portlovchi-sirg`aluvchilar», «porlovchilar» (26-28- bet) deyish to`g`ri bo`lmas. Ayrim tilshunoslarning bu tip undoshlarni «sirg`aluvchilar» deb baholashi ham shundan bo`lsa kerak (16, 25-b.).
- Titroq undosh – «r». Bu undoshning talaffuzida tilning uchi qattiq tanglayning old qismi tomon ko`tariladi va havo zarbidan titraydi, havo oqimi tebranadi.
- Un paychalari ishtirokiga ko`ra. Tasnifning bu aspektida un (ovoz) paychalarining tovush hosil qilishda ishtirok etish –etmasligi nazarda tutiladi. Bu belgi asosida undoshlar quyidagi ikki turga bo`linadi:
1.Jarangsiz undoshlar- q, p, t, f, x, s, ch, sh, q, h. Jarangsiz undoshlarning talaffuzida havo oqimi bo`g`izdagi un paychalari orasidan to`siqqa uchramay o`tadi, natijada un paychalari tebranmaydi, ovoz hosil bo`lmaydi, tovush halqumda yoki og`iz bo`shlig`idagi to`siqda yuzaga kelgan shovqinning o`zidangina tarkib topadi.
2.Jarangli undoshlar- b, v, g, d, j, j, z, y, l, m, n, r, g`. Jarangli undoshlarning talaffuzida bo`g`izdagi un paychalari tortilib, taranglashadi, ular oralig`idagi bo`shliq yo`qoladi, natijada o`pkadan kelayotgan havo oqimi un paychalariga urilib, uni tebratadi, tebranish esa ovozni yuzaga keltiradi, ovoz o`z navbatida og`iz bo`shlig`idagi to`siqda paydo bo`lgan shovqinga qo`shilib, tovushning jaranglashuviga sabab bo`ladi.
- Ovoz va shovqin munosabatlariga ko`ra. Bunda tovush tarkibida ovoz, shovqin va qo`shimcha ton kabi fizik-akustik omillarning ishtirok etish darajasi nazarda tutiladi. Bu belgiga ko`ra undoshlar sonorlar va shovqinlilarga bo`linadi:
1. Sonorlarda ovoz shovqinga nisbatan ustun bo`ladi (shovqin juda kam miqdorda qatnashadi). Hozirgi o`zbek adabiy tilida m, n, ng, l, r, y undoshlari sonor tovushlar (sonantlar) hisoblanadi. Sonorlar rezonator ton manbai nuqtai nazaridan ikki guruhga bo`linadi: a) burun sonantlari- m, n, ng; b) og`iz sonantlari- r, l, y. Bulardan 1) «m»ni talaffuz qilishda bo`g`izdan kelayotgan un (ovoz) ikki lab orasidagi to`siqqa urilib, orqaga qaytadi, shu tarzda yana halqum orqali burun bo`shlig`iga yo`l oladi. Bu jarayonda bo`g`iz, halqum, og`iz bo`shlig`i va burun bo`shlig`i rezonator ton manbaiga aylanadi: shularda qo`shimcha tonlar paydo bo`lib, ovozning shovqinga nisbatan ustun bo`lishi ta’minlanadi;
2) «n»ni talaffuz qilishda bo`g`izdan kelayotgan un (ovoz) tilning uchki qismi bilan yuqori milk orasidagi to`siqqa urilib, orqaga (halqumga) qaytadi, so`ng burun bo`shlig`iga o`tadi (bunda burun yo`lidagi to`siq ochilgan bo`ladi). Natijada og`iz, halqum, bo`g`iz, burun bo`shliqlari rezonator ton manbai vazifasini bajaradi. Ammo og`iz bo`shlig`ining rezonatorlik imkoniyati «m» dagi holatdan kamroq bo`ladi (chunki hajm va shakl o`zgaradi);
3) «ng»ni talaffuz qilishda kelayotgan un(ovoz) tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglayning boshlanish qismi orasidagi to`siqdan orqaga qaytib, yana halqum va bo`g`izga boradi, halqum orqali burun bo`shlig`iga o`tadi (bunda ham burun yo`lidagi to`siq ochilgan bo`ladi), natijada og`iz, bo`g`iz, halqum va burun bo`shliqlarida qo`shimcha tonlar paydo bo`lib, ovozning ustunligi ta’minlanadi.
Bunda shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, «ng»ning artikulyatsiyasida og`izning rezonatorlik imkoniyatlari «m»va»n» sonorlaridagi holatdan ancha cheklangan bo`ladi, chunki bo`g`izdan kelayotgan un tilning orqa qismidagi to`siqdanoq orqaga qaytganligi tufayli, og`iz bo`shlig`ining rezonatorlik maydoni juda qisqaradi;
4) «l» ni talaffuz qilishda to`siq (fokus) tilning uchki qismi bilan ustki tish (milk) orasida yuzaga keladi, ammo tilning ikki yoni ochiq bo`ladi. Undan sirg`alib o`tgan un lunj devoriga tegib, qo`shimcha tonlar hosil qiladi, bunday qo`shimcha tonlar halqum va hiqildoqda (bo`g`izda) ham yuzaga keladi, ammo burun bo`shlig`i rezonator manbai sifatida ishtirok etmaydi, chunki yumshoq tanglay oxiridagi kichik til burunga o`tadigan yo`lni to`sib qo`yadi. Shuning uchun «l» og`iz sonanti hisoblanadi;
5) «r»ni talaffuz qilishda tilning uchi qattiq tanglayning old qismi tomon ko`tariladi, bo`g`izdan kelayotgan havo oqimi tilning uchiga urilib, uni bir-ikki silkitadi, natijada havo tebranishi yuzaga keladi. Lunjning bir qadar kengayishi rezonator tonning hosil bo`lishiga imkon yaratadi; «r» ning artikulyatsiyasida ham burun bo`shlig`i ishtirok etmaydi, chunki havo oqimining burunga o`tadigan o`rni kichik til tomonidan to`silgan bo`ladi;
6) «y»ni talaffuz qilishda tilning o`rta qismi qattiq tanglay tomon ko`tariladi, tilning o`zi oldinga siljiydi, uning ikki cheti yon tishlarga, uchi esa pastki tishlar milkiga tegadi. Bu sonorning hosil bo`lishida ham og`iz bo`shlig`i, halqum va bo`g`iz rezonator toni manbai bo`lib xizmat qiladi, ammo burun bo`shlig`i bu jarayonda ishtirok etmaydi (kichik til havo yo`lini to`sib turadi).
Ayrim izohlar: 1) sonorlarning barcha turlarida: a) un paychalari faol qatnashadi; b) rezonatorlar ishtirok etadi; v) ovoz shovqindan ustun bo`ladi; g) sonorlarda hatto bo`g`in hosil qilish xususiyati ham bor. Masalan: za-yl (za-yil), ma-yl (ma-yil), sha-kl (sha-kil), hajm (ha-jim), ba-zm (ba-zim), va-zn (va-zin), ze-hn (ze-hin), da-vr (da-vir), sa-yr (sa-yir), sabr (sa-bir) kabi. Demak, sonorlarning bir jihati (bo`g`in hosil qila olishi) unlilarga, boshqa jihatlari esa undoshlarga o`xshaydi. Bu holat ularni unlilarga ham, undoshlarga ham zid qo`yish mumkin bo`lgan alohida guruhga birlashtirish imkonini beradi. Biroq bunday fikrga qo`shilmaydigan tilshunoslar ham bor.
Chunonchi, taniqli fonolog N. S. Trubetskoy bu haqda shunday deydi: «Unli», «undosh»lar tovushga oid bo`lgan akustik tushunchalardir. Ularni ta’riflashda akustik yoki artikulyatsion tushunchalarni hisobga olmaslik albatta, muffaqiyatsizlikka olib keladi. Adabiyotlarda o`zbek tilidagi sonor tovushlarning tarkibi ham har xil ko`rsatilib kelinmoqda. Xususan, m,n,ng,l,r undoshlarining sonantligi fonetika va fonologiyaga oid adabiyotlarning deyarli barchasida qayd etilgan bo`lsa, «y» ning sonantligi ayrim adabiyotlardagina ta’kidlangan, taniqli turkolog E. V. Sevortyan esa o`zbek tili sonorlari qatoriga v,g`
undoshlarini ham kiritadi. M Mirtojiyev sayoz til orqa «n» dan tashqari, chuqur til orqa «n» ning borligini ham ko`rsatadi, ammo «y» ni sonorlar qatoriga kiritmaydi.
2.Shovqinlilarda ovoz shovqinga nisbatan kam bo`ladi yoki mutlaqo qatnashmaydi. Masalan: b,g,v,d,j,j,z undoshlarida ovoz kam,shovqin ko`p, ammo qp,s,t,f,hs,ch,sh,q,h undoshlarida ovoz yo`q, bu undoshlar faqat shovqin hisobiga tarkib topgan.
IZOH. «g`» undoshi ko`pchilik adabiyotlarda shovqinlilarga qo`shiladi, ammo uni sonant deb hisoblaydigan tilshunoslar ham bor.
Undosh tovushlar.Undoshlar tasnifi haqida.











