Ust kiyimlarda mayda bo’laklarni tikish.
Ust kiyimlarda mayda bo’laklarni tikish.Kamar tutgichlarni tikish. Barcha turdagi gazlamalardan yasaladigan kamar tutgichlarni yo‘rmash mashinasida yoki baxyalari bo‘sh
tortiladigan siniq baxya-qatorli mashinada tikish mumkin.Kamar tutgichlarni yordamchi elim gazlama qo‘yib ishlaganda yordamchi materialni tayyor kamar tutgich shaklida qyrqib olib, uni kamar tutgichning teskari tomoni ustiga elim qatlamli tomonini yuqoriga qaratib
qo‘yiladi. Kamar tutgich ziylarini bukib va qirqimlarini o‘rtaga to‘g‘ri . keladigan
qilib tutashtirib dazmollanadi.
Ust kiyimlarda mayda bo’laklarni tikish.Kamar tutgichga astar qo‘yiladiga-n bo‘lsa, unda astaravradan ko‘ra 0,5—0,6 sm ensizroq bulishi kerak. Avra bilan astarni ulash uchun, ularning o‘ngi tomonini ichkariga qaratib qo‘yib, astar tomondan ag‘darma chok solinadi. Qamar tutgichning o‘ngini agdarib, avradan 0g2—0,3 sm kant hosil qilib dazmollanadi . YUpqa jun gazlamalardan, ipak, ip, plashchbop gazlamalardan tikilgan kiyimlarda kamar tutgichlarni bostirma chok bilan tikish ham mumkin. Bunda kamar tutgich avrasining ham, astarining ham qirqimlarini 0,5—0,7 sm kenglikda ichkariga bukib, avradan 0,1—0,2 sm kenglikda kant chiqarib, astarning ziyidan 0,1 sm masofada chok bostiriladi. Belbog‘ tutgichlar siniq baxyaqatorli mashinada yoki universal mashinada tikiladi .
Belbog‘ tikish. Belbog‘ uchiiing yon ziylarida chok bo‘lmaydigan qilib tikish. uchun , belbog‘ uchini o‘ngini ichiga qaratib buklanadi. Bunda ikki yondan qirqib hosil qilingan bur-chaklarning tomonlari (qir-qimlari) ustma-ust tushishi kerak. SHu qirqimlar bo‘ylab kengligi 0,7 sm chok so-linadi. Belbog‘ning buklan-gan ziyi 2 tomondan chok bax-yasiga 0,1 sm etkazmay kesib qo‘yiladi. Belbog‘ni uzunasiga o‘ngini ichga qaratib buklab, qirqimlar bo‘ylab solingan choklarni bir-biri ustiga tushirib.ularni ikki tomonga yorib qo‘yiladi. Keyin belbog‘ning qirqimlari bo‘ylab 0,7 sm kenglikda chok tikiladi.
CHoklarni yorib dazmollanadi. Belbog‘ning o‘ntgi ag‘dariladi. Uning orasiga chokni yorib 2
yoqqa yotqizib turadigan maxsus chizg‘ich tiqibdazmollanadi. Belbog‘ni ishlashda gazlamaning o‘nggi ichkariga qaratib buklanadi. Uzunasiga chok solinadi. CHokni o‘rtaga to‘g‘rilab, belbog‘ning uchiga ag‘darma chok tushadigan chiziqni belgilab olinadi. SHu chiziq bo‘ylab ag‘darma chok o‘tkaziladi. Belbog‘ning uchi 0,3 sm chok qoldirib qirqib tashlanadi. Maxsus moslama yordamida belbog‘o‘ngiga ag‘darib dazmollanadi. YUpqa gazlamalardan belbog‘ tikilganda uning yoi ziyi va uchi bo‘ylab ag‘darma chok solish mumkin .
Ust kiyimlarda mayda bo’laklarni tikish.Bunda belbog‘ning bir ustiga,.va yon ziyiga bir vaqtda ag‘darma chok solinadi. Belbog‘ni o‘ngiga ag‘dariladi. Belbog‘ning ostki to-monidan kengligi 0,2 sm kant hosil qilib dazmollanadi va modelda mo‘ljallangan. bostirma chok tikiladi. Belbog‘ 2 ipli yoki 3 ipli zanjirsimon baxya soladigan yo‘rma mashinada (51-klass tipidagi) yoki siniq baxyaqatorli mashinada (26-klass) tikilganda, uzunasiga qirqimlari belbog‘ enining o‘rtasida tutashadigan qilib, gazlamaning o‘ngi ichkariga qaratib buklanadi . Belbog‘ uchiga kengligi 0,5 sm ag‘darma chok solinadi. Belbog‘ning eng uchi 0,3 sm kenglikda chok qoldirib kesib tashlanadi. Belbog‘ o‘ngiga ag‘darilib, uchidagi chok to‘g‘rilanadi. ‘











