Ustki kiyimlarda cho‘ntaklarga ishlov berish.
Ustki kiyimlarda cho‘ntaklarga ishlov berish.Cho’ntaklar qirqma, chokdagi, qoplama va ichki turlarga bo’linadi. Ular listochkali, qopqoqli, ramkali bo’ladi.Qirqma cho’ntaklar qaerga joylashganiga qarab yon cho’ntak, yuqori cho’ntak debataladi. Cho’ntak qirqmasi yo’nalishiga qarab vertikal, gorizontal va qiyalama,cho’ntak og’zi shakliga qarab to’g’ri chiziq shaklida va murakkab shaklda bo’ladi.Yuqori tomonini bezatilishiga qarab listochkali, mag’izli va qopqoqli, pastki tomoniramkali yoki kantli bo’ladi.
Cho’ntak qopqoqni turg’unlashtirish uchun unga yelimli yoki yelimsiz qotirma Cs371 pressida yopishtiriladi. Qopqoq avra va astaripi o’ngini ichkariga qaratib, aylana yoki uchli joylarida avradan 0,20,3 sm solqi hosil qilib, astar tomondan ag’darma chok bilan tikiladi . Qopqoqning astari avrasidan ko’ra 0,40,6 sm ensiz bo’lishi kerak. So’ngra burchak joylarida 0,20,3 sm kenglikda chok haqi qoldirib, qirqib tashlanadi. Cho’ntak qopqoqni 570 kl yarim avtomat mashinasida tikishda, qopqoq detallari maxsus qisqichlar bilan qisilib, belgilangan chiziq bo’ylab ag’darma chok solish bilan birga, ortiqcha chok haqi qirqiladi.
Ustki kiyimlarda cho‘ntaklarga ishlov berish. Cho’ntak qopqoqni o’ngiga ag’darib, Shablonlarga kiygizib, cho’ntak qopqoq avrasidan 0,2 sm.kenglikda kant hosil qilib, «TEST» firmasining FG2PS pressida dazmollanadi. So’ngra bezak baxyaqator yurgiziladi Ko’rinma cho’ntak xaltaga qirqimlarini 0,7 sm kenglikda ichkariga bukib bukilgan ziyidan 0,10,2 sm narida bostirib tikiladi Pastki mag’izning qirqimi yo’rmalanadi . Mag’izni ikki bukiborasiga cho’ntak xaltani qo’yib, mag’iz qirqimidan 2 mm. naridan bostirib tikiladi
O’ng cho’ntakda mayda pul solinadigan ichki cho’ntak tayyorlaniShi mumkin. Cho’ntak xaltaning kesib buklanganjoyining tagiga ichki cho’ntak xaltasi qo’yilib, baxyaqator yuritiladi (kesimning kengligi ko’rinma kengligiga teng). So’ngra ko’rinma yuqorida aytib o’tilganday cho’ntak xaltaga bostirib tikiladi . Ko’rinmali cho’ntak xalta ustiga cho’ntak qopqoqni va uning usgiga 2 bukilganmag’izni qo’yib, biriktirib tikiladi.
Ustki kiyimlarda cho‘ntaklarga ishlov berish.Old bo’lakka cho’ntak o’rni 4 ta (2 ta gorizontal va 2 ta vertikal) chiziq bilan belgilanadi. Yuqoridagi chiziqqa mag’iz, qopqoq va ko’rinmali cho’ntak xalta ulanadi , pastki chiziqqa cho’ntak xaltali mag’iz 0,6 sm. kenglikda chok solib ulanadi . Baxyaqatorlar orasida old bo’lak cho’ntak uchlariga 15 mm. yetkazmay qirqiladi. Cho’ntak xaltalar teskari tomonga ag’darilib, choklar to’g’rilanadig ‘altalar yonlari tikiladi . Tayyor cho’ntak dazmollanadi.
Listochka ikki buklanib. yon qirqimlari tikiladi. Burchaklaridagi chok haklari kesib taShlanadi. Listochka yuz tomonga ag’dariladi.Tayyor listochkaga cho’ntak xaltaning 1 qismi ulanadi .Cho’ntak xaltaning ikkinchi qismiga ko’rinma 7 mm. kenglikdagi chok bilan
ulanadi











