Uyg’onish davri IX-XII asrlar O’rta Osiyoda madaniy yuksalish.

0
 Rossiya imperiyasidagi 1917 yilgi inqiloblar haqida batafsil.

Uyg’onish davri IX-XII asrlar O'rta Osiyoda madaniy yuksalish.

Uyg’onish davri IX-XII asrlar O’rta Osiyoda madaniy yuksalish.

Uyg’onish davri IX-XII asrlar O’rta Osiyoda madaniy yuksalish.IX-XII  asrlarda  Movarounnahr  va  Xurosonda  sodir  bo’lgan  o’ta  murakkab  siyosiy  vaziyatning rivoji, ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta’sir etdi.

Ma’lumki, Movarounnahr istilo qilinib, xalifalikka qo’shib olingach, zabt etilgan o’zga mamlakatlar qatorida, bu o’lkada ham faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi.  Chunki arab tili xalifalikning davlat tili edi. Shuningdek, Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu  boisdan  ko’p  jihatdan  arab  tilining  mohiyati  oshib,  uni  o’zlashtirishga  bo’lgan  intilish  kuchli  bo’ldi.

Islomni qabul qilgan aholining ko’pchilikka arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Qur’oni  Karimning  qisqa  suralarini  tilovat  qilishdan  iborat  bo’lsa-da,  ammo  mahalliy  mulkdorlar  arab  tilini  xalifalik   ma’murlari   bilan   yaqinlashish   va   mamlakatda   o’z   siyosiy   mavqelarini   tiklab,   uni  mustahkamlashning asosi deb hisoblardilar. Uni o’zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo’lgan  bunday ehtiyoj va intilish tufayU ko’p vaqt o’tmay Movarounnahrda ham hatto o’z ona tilidan ko’ra arab  tili va yozuvini yaxshiroq o’zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo’ladi. Davlatni boshqarishda abbosiylar  ma’muriyati ayniqsa ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat  ishiga yaroqli bo’lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi.

Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo’q qilinib,  yerli  bilimdonlar  quvg’in  ostiga  olib  turilgan  bir  paytda  bu  mamlakatlarning  ko’pgina  tolibi  ilmlari  xalifalikning markaziy shaharlari: Damashq, Qohira, Bag’dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va  arab tilida ijod qilishga majbur bo’ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag’dod shahri Sharqning yirik ilm va  madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») – islom Sharqining  o’z  davridagi  Fanlar  Akademiyasi  tashkil  etilgan  edi.  «Bayt  ul-hikma»  da  katta  kutubxona  hamda  Bag’dodda  va  Damashqda  astronomik  kuzatishlar  olib  boriladigan  rasadxonalar  mavjud  edi.

Bu  ilm  dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy  merosini o’rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug’ullanardilar. Bu yerda Muso al- Xorazmiy,  Ahmad  al-Farg’oniy,  Xabash  Marvaziy  va  Abul  Abbos  Javhariy  kabi  Movarounnahr  va  xurosonlik olimlar ijod qilib, o’rta asr ilm-u faniga katta hissa qo’shadilar.

Muso  al-Xorazmiy  qadimgi  Xorazm  diyorida  tug’ilib,  voyaga  yetadi.  Dastlabki  savod  va  turli  sohadagi bilimlarini u o’z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko’pgina ustozlardan oladi.  So’ngra u xalifa Ma’mun zamonida (813-833) «Bayt ul-hikma» da mudir sifatida faoliyat ko’rsatadi.

Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer aylanasining uzunligi – radiusini hamda geografik  xaritalar tuzish kabi masalalar bilan mashg’ul bo’ldi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va  geografi sifatida fanga ulkan hissa qo’shdi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina  bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar: «Aljabr va al-muqobala» hisobi haqida qisqacha kitob; «Hind hisobi  haqida», ya’ni arifmetik asar; «Kitob sural ul-arz», «Yer surati» haqida geografiyaga oid kitob; «Zij» va  «Usturlob  bilan  ishlash  haqida  kitob»  kabi  astronomiyaga  oid  asarlar;  shuningdek  «Kitob  at-tarix»,  «Yahudiylarning  taqvimi  va  bayramlarini  aniqlash  haqida  risola»  nomlari  bilan  atalgan.  Xorazmiy  merosida ayniqsa «Aljabr va al-muqobala» kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu kitobi  bilan  u  matematika  tarixida  birinchi  bo’lib  algebra  faniga  asos  soldi.  Xorazmiyning  bu  risolasi  XII  asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Vatandoshimiz Xorazmiy matematika  faniga asos solib, tarixda o’zidan o’chmas iz qoldirdi.

«Bayt ul-hikma» da faoliyat ko’rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf  Ahmad  al-Farg’oniydir.  U  Farg’onada  tavallud  topgani  uchun  Sharqda  Al-Farg’oniy,  Yevropada  esa  Alfraganus  taxallusi  bilan  shuhrat  topgan.  U  awal  Matu,  so’ngra  Bag’dod,  Damashq  va  Qohira  shaharlarida astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug’ullandi. Qator ilmiy va amaliy  asarlar yozib qoldirdi. U asosan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o’rnini aniqlash  yangicha «zij», ya’ni astronomik jadval yaratish ishlariga rahbarlik qildi . 832-833-yillarda Suriyaning  shimolida Sanjar dashtida va ar-Raqqa oralig’ida yer meridianining bir darajasini uzunligini o’lchashda  qatnashdi. 861-yilda uning rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil  daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr – daryo oqimi sathini o’lchagich «Miqyos an-Nil» inshooti va  uning  darojoti  qayta  tiklandi.  Ahmad  Farg’oniy  tarixda  birinchilardan  bo’lib  Yerning  dumaloqligini  isbotlab bergan olimdir.

Dunyoviy fan olimlari bilan b\r qatorda bu davrda islom ta’limoti va mafkurasining takomili yo’lida  movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo’ldi. Bu borada ayniqsa Imom al-Buxoriy,  uning zamondoshi va shogirdi Iso Termiziy – (Abu Iso Muhammad at-Termiziy – 824-894-u. u.) laming  hissasi nihoyatda buyukdir. Birgina Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq asar yozdi.  Uning  «Jomi’  as-Sahih»  nomli  shoh  asari  musulmon  Sharqida  qariyb  o’n  ikki  asr  davomida  islom  ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Bu bebaho  asarga kiritilgan 7275 hadislar va ularga berilgan ko’pdan-ko’p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid  qoidalargina  ifodalanilmay,  balki  inson  ma’naviy  kamolotining  ramzi  hisoblanilgan  mehr-muhabbat,  hurmat-u izzat hamda o’zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida ma’lumotlar berilgan.

Bu  davrda  Movarounnahr,  Xuroson  va  Xorazmdan  xalifalikning  markaziy  shaharlariga  borib,  fanning turli sohalarida ijod qilgan olimlardan tashqari madaniyatning deyarli barcha sohalari bo’yicha  ham yetuk ustod-u shogirdlarning soni Bag’dod shahrida oz emas edi.

Abu Mansur al-Moturidiy. Hadis va fiqh olamining ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan buyuk alloma  Abu Mansur al-Moturidiy taxminan 870 yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishJog’ida tugildi. Al- Moturidiy islomiy odob qoidalari, shariat qonunlari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga  mo’ljallangan qator asarlar yozgan bo’lsa-da, uning eng muhim «Kitob at-Tavhid» («Allohning birligi»)  va  «Ta’vilot  ahl  as-sunna»  nomli  asarlarigina  saqlanib  qolgan.  Bu  asarlar  ilohiyot  ta’limotining  eng  qadimiy asarlaridan bo’lib, alohida ilmiy va nazariy ahamiyatga egadir Moturidiy asos solgan ta’limot  kishilarni yaxshilikka, rostgo’ylikka, sabru qanoat-ga, sharm-hayoga, oliyhimmatlikka, vatanni sevishga  chorlaydi.   Al-Moturidiy   944   yilda   Samarqandda   vafot   etgan   va   shahar   yaqinidagi   Chokardiza  qabristonida dafn etilgan.

Somoniylar davlatining tashkil topishi va Xorazmning yuksalishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy  ko’tarilish madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Bu davr Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu  Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy va Muhammad Narshaxiy, Rudakiy,  Daqiqiy, Abulqosim Firdavsiy kabi jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan buyuk  siymolarni o’z bag’rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi.

Abu  Nasr  Forobiy  873-yilda  Aris  suvining  Sirdaryoga  quyilishida  joylashgan  Forob  (O’tror)  shahrida tug’ilgan. U awal ona shahrida, so’ngra Samarqand, Buxoro va Bag’dodda bilim olgan. Umrining  oxirlarida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan, 950-yilda vafot etgan. Forobiy riyoziyot, falakiyot,  tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160

dan  ortiq  asar  yozib,  o’rta  asr  fan  va  madaniyatiga  ulkan  hissa  qo’shdi.  Bular  orasida  Arastuning  «Metafizika» asariga sharh», «Musiqa kitobi», «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Tirik mavjudot a ‘zolari  haqida»,  «Shaharlar  ustiga  siyosat  yurgizish»  va  boshqa  ko’pgina  asarlari  bo’lgan.  Forobiy  bilimli,  ma’rifatli, fikr-mulohazalarining kengligi va mantig’ining teranligi tufayli Sharqda Arastudan keyingi  yirik mutafakkir – «Muallimus-soniy», («Jkkinchi muallim») nomi bilan shuhrat topdi. Forobiy ilk o’rta  asr sharoitida aql va ilm g’alabasi, ma’naviy ozodlik, inson takomili va adolatli jamiyat uchun kurashgan  buyuk siymo edi.

Bu davrning ulug’ mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sino edi. U 980-yilda Buxoro yaqinidagi  Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Besh-o’n yoshlarida maktabda ta’lim oladi.  Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh-dan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o’rganadi. O’n  olti yoshidan boshlab turli fanlar bo’yicha Sharq va G’arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o’rganadi.  Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Golen hamda o’rta asr Sharqining buyuk  hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziy (864-925) ning asarlarini puxta o’rganadi. Ibn Sino o’n yetti  yoshidayoq e’tiborli hakim va olim bo’lib yetishadi.

IX asrning oxiri va X asr boshlarida Movarounnahr  va Xurosonda yuzaga kelgan og’ir sharoitda Ibn Sino o’z ona shahri Buxoroni tark etib, avval Urganchda,  Xorazmshoh Ma’mun saroyidagi olimlar qatoridan joy oladi. So’ngra Mahmud G’aznaviyning tazyiqi  tufayli Xorazmdan ham chiqib ketadi. U umrining oxirigacha Obivard, Go’rgon, Ray, Qazyin, Isfaxon va  Xamadon shaharlarida hukmdorlar qo’l ostida tabiblik va vazirlik qiladi. 1037-yilda Xamadonda vafot  etadi.

Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari bo’yicha uch yuzdan ortiq asarlar yozdi. Uning  «Al-qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida  asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan. O’rta asrning buyuk allomasi Sharqda «Shayx ur-rais», G’arbda  esa «Avitsenna» nomlari bilan shuhrat topdi.1

Beruniy. O’sha zamonda Urganchda yashab ijod qilgan ulug’ mutafakkirlardan bin Abu Rayhon  Beruniy (973-1048) edi. U Xorazmda tug’ilib, dastlab Urganchda ta’lim olgan. Uzoq yillar Go’rgonda  yashagan. So’ngra Xorazmshoh Ma’mun saroyida ijod qilgan. 1017-yilda Mahmud G’aznaviyning talabi  bilan G’azna shahriga borib umrining oxirigacha shu yerda ijod qilgan. Beruniy 1048-yilda G’aznada  vafot  etdi.

U  falakiyot,  geograflya,  matematika  va  tarix  fanlari  bo’yicha  154  ta  ilmiy  asar  yozdi.  Beraniyning  «O’tmish  avlodlardan  qolgan  yodgorliklar»,  «Hindiston»,  «Mineralogiya»,  «Geodeziya»  kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o’zining falakiyotga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr  muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o’rta asrlarda birinchi bo’lib ilgari surdi.  Yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U dunyoning geografik xaritasini tuzdi. Beraniyning  ilmiy va falsafry katta merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga qo’shilgan katta hissa bo’ldi.

Mahmud  Zamaxshariy  (Abulqosim  Mahmud  az-Zamaxshariy  –  1074-1144-yillarda  yashab  ijod  qilgan).  Bu  davrda  Xorazm  diyorida  yetishib  chiqqan  buyuk  allomalardan  yana  biri  Mahmud  az- Zamaxshariydir. U 1074-yilda Xorazmning Zamaxshar qasabasida (qishloqcha) dunyoga kelgan. Dastlab  ma’lumotni u otasidan oladi. So’ngra madrasada tahsil ko’radi. Ilmga bo’lgan chanqoqlik uni Buxoro,  Marv, Nishopur, Isfaxon, Shorn, Bag’dod, Hijoz va Makkada hayot kechirib, arab tili grammatikasi va  lug’ati,   maqollari,   urf-odatlarini   chuqur   o’rganishiga   sabab   bo’ldi.   Mintaqa   geografiyasiga   doir  ma’lumotlarni to’playdi.

Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid ellikdan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning  arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag’ishlangan «Al-Mufassal», xorazmshoh Otsizga bag’ishlangan  «Muqaddamat ul-adab», «Tog’lar, joylar va suvlar haqidagi kitob» kabi asarlari nihoyatda ahamiyatlidir.  «Notiqlik   asoslari»   va   «Aruzda   o’lchov»   (mezon)   asarlari   qimmatli   manbalardan   hisoblanadi.  Zamaxshariyning   Qur’oni   Karim   tafsiriga   oid   «Al-Kashshof»   asari   musulmon   olamida   ayniqsa  mashhurdir. Qohiradagi dunyoga dong’i ketgan Al-Azxar diniy dorilfununining talabalari «Al-Kashshof»  asosida Qur’oni Ka-rimni o’rganadilar.

Mahmud  Zamaxshariyning  keng  bilimi,  fanning  turli  sohalariga  doir  salmoqli  va  mazmundor asarlari u hayot paytlaridayoq musulmon Sharqida unga katta shuhrat keltirgan edi. «Arab va g’ayri arablar  ustozi»,  «Xorazm  faxri»  kabi  sharafli  nomlar  bilan  ulug’langan.  U  1144-yilda  70  yoshida  Xorazmda vafot etgan.

Burhonuddin   al-Marg’inoniy   (1118-1197).   Mashhur   faqih   (huquqshunos)   Burhonuddin   al- Marg’inoniy  1118  yilda  Farg’ona  vodiysining  Rishton  shaharchasida  tavallud  topgan.  U  Rishton,  Marg’ilon, Samarqand, Buxoro hamda Movarounnahrning boshqa shaharlarida Qur’on, hadis ilmlarini  mukammal   egallab,   islom   huquqshunosligi   bo’yicha   chuqur   bilimga   ega   bo’ldi.   Al-Marg’inoniy  Najmuddin Abu Xafs Nasafiy, Xusomuddin Umar as-Saraxsiy, Abu Umar ibn AH Poykandiy, Ahmad ibn  Rashid al-Buxoriy va boshqa ko’pgina faqih ulamolardan ilm o’rgandi va Hadis, islom qonunshunosligini  puxta egallab, «Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim», «Mazhabning yoyilishi», «Ilmni ziyoda qiluvchi  kitob», «Inson majbuhyatlari haqida kitob» kabi asarlarni yaratdi.

Turkiy  yozma  adabiyot.  Bu  davrda  Movarounnahr,  Shosh,  Farg’ona,  Yettisuv  va  Sharqiy  Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og’zaki adabiyoti bilan bir qatorda,  yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator didaktik poemalar bitildi. Ammo ularning juda oz nusxalarigina  bizgacha saqlangan. Ulardan eng nodiri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» (Saodatga boshlovchi  asar) nomli asaridir. Asarda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotdagi o’rni va vazifasi har tomonlama  tahlil qilinadi. «Qutadg’u bilig» da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi.  Yusuf Xos Hojib ayniqsa dehqonlar, chorvadorlar, hunarmand va savdogarlarni iliq mehr bilan tilga  oladi. Dehqonlarni u hammadan ham yuqori qo’yadi.

«Qutadg’u bilig» da axloq, odob va ilm-ma’rifatga  doir ko’p qimmatli pand-nasihatlar keltiriladi. Muallif rostgo’ylik, halollik, odob, sadoqat va sevgi kabi  masalalar haqida hikmatli so’zlar yuritadi. U ilm va ma’rifatga saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning  uchun ham o’z dostonini «Qutadg’u bilig» deb ataydi. Unda ilm va ma’rifatni targ’ib qiladi, olimlarni  ulug’laydi,  davlat  boshliqlarini  ilm-fan  ahllaridan  ta’lim  olishga  va  ularning  maslahatlari  bilan  ish  ko’rishga da’vat etadi.

XII asrda turkiy tilda ijod etgan shoir va mutafakkirlardan yana bin Ahmad Yugnakiy (tug’ilgan yili  1147-  1150-yillarga  to’g’ri  keladi)  va  ikkinchisi  Ahmad  Yassaviy  (vafoti  1166/67-y.y)  edi.  Ahmad  Yugnakiydan yagona adabiy meros «Hibat ul-haqoyiq» nomli asar saqlanib qolgan. U turkiy adabiy  tilning qimmatli va nodir yodgorligi hisoblanadi. O’z asarida shoir Yusuf Xos Hojib singari ilm-fan, olim  va fozillarni ulug’laydi, ma’rifatpa^-varlikni targ’ib etadi, kishilarni ilmli va ma’rifatli bo’lishga chaqiradi.

Bizga qadar Ahmad Yassaviy she’rlari to’plami aynan asli emas, balki keyingi nusxalarigina yetib  kelgan bo’lsa-da, ammo bu asar turkiy adabiyotning va adabiy tilning yaratilishida muhim ahamiyat kasb  etdi. Bu davr turkiy adabiy tili, xususan eski o’zbek va uyg’ur tillarining vujudga kelishida ham muhim  bosqich bo’ldi. Turkiy qabilalarning bir-biriga tobora yaqinlashib borishi bilan ularning tili ham qorishib,  o’g’uz, qipchoq, uyg’ur tili guruhlari yuzagakeldi. O’rtaasrlarda yoki «chig’atoy» tili deb yuritilgan adabiy  tilning taraqqiy etib borishida mahalliy aholi o’rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarning hamda yozma  adabiyotning o’rni katta bo’ldi. Uyg’onish davri IX-XII asrlar O’rta Osiyoda madaniy yuksalish.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba