Voleybol O’yinning mohiyati va mazmuni.
Voleybol maxsus maydonchaning o‘rtasidan to‘r bilan ajratilgan qismlarida 2 jamoaning to‘p vositasida musobaqa-laishuvidan iborat sport o‘yinidir.
O‘yinning maqsadi – to‘pni to‘r ustidan raqib maydonchasiga tushirish va raqibning aynan Shunday harakatiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Bunda jamoa to‘p bilan 3 marta o‘ynaish huquqiga ega (to‘siq qo‘yishdan tashqari).
O‘yin to‘pni o‘yinga kiritish usuli bilan boshlanadi: to‘p kirituvchi o‘yinchi zarb bilan to‘pni to‘r ustidan raqib jamoa maydonchasi tomonga yo‘naltiradi. To‘p maydon chiziqlari chegarasidan chiqib, yerga tushguncha yoki jamoa o‘yinchisi xatoga yo‘l qo‘yguncha o‘yin davom etadi.
Voleybolda har bir o‘yin vaziyatining natijasi, to‘p qaysi tomondan kiritilganligidan qat’i nazar, ochko bilan tugallanadi.
Inshootlar va uskunalar
O‘yin maydoni.
O‘yin maydoni 18×9 m lik to‘g‘ri to‘rtburchak Shaklida bo‘ladi. O‘yin maydonining yuzasi tekis, gorizontal va bir xil bo‘lishi hamda o‘yinchilar uchun hech qanday jarohat olish xavfini tug‘dirmasligi lozim.
Barcha chiziqlarning kengligi 5 sm. O‘yin maydonchasini ikkita yon va ikkita orqa chiziqlar chegaralaydi. O‘rta chiziq o‘yin maydonini har biri 9×9 m o‘lchamga teng bo‘lgan ikki maydonchaga ajratib turadi. Har bir maydonchaning hujum chizig‘i o‘rta chiziqdan 3 m oraliqda bo‘lib, 5 sm oraliqda 5 ta 15 sm li kesik chiziqlar bilan yon chiziqlar tashqarisiga davom ettirilgan bo‘ladi.
Oldingi hujum zonasida 2,3,4-zonalar joylaishadi. Orqa himoya zonasida 1,6,5-zonalar
joylaishadi. To‘p kiritish zonasi 9 m o‘lchamga teng bo‘lgan orqa chiziqning davomidir.
To‘p, to‘r va ustunlar.
To‘rning tuzilishi To‘rning kengligi 1 m va uzunligi 9,5 m bo‘lib, tEshiklari 10×10 sm kvadrat Shaklida, qora rangli ipdan to‘qilgan bo‘lishi kerak. To‘rning Yuqori qismida 5 sm kenglikdagi lenta bo‘lib, uning ichidan tros (ustunlarga mustahkamlaish uchun) o‘tkaziladi. To‘rning pastki qismidan Shnur o‘tkaziladi. To‘rning ikki tomonidan ikki yon chiziqlarga perpendikular ravishda chegaralovchi lentalar joylaishtiriladi. Lentalarning kengligi 5 sm va uzunligi 1m bo‘ladi. To‘rning ikki tomoniga joylaishtirilgan chegaralovchi lentalar bilan bir yo‘nalishda ikki antenna vertikal ravishda joylaishtiriladi. Antenna diametri 10 mm, uzunligi 1,8 m li naychadan iborat bo‘lib, qattiq egiluvchan materialdan tayyorlangan bo‘ladi. To‘r o‘rta chiziq ustidan vertikal joylaishtirilishi kerak.
UstunlarTo‘r tortiladigan ustunlar yon chiziqlardan 0,5-1,0 m oraliqda o‘rnatiladi. Ustunlarning balandligi 2,55 m. Ustunlar yumaloq va tekis Shaklda bo‘lib, o‘yinchilarga xavf tug‘dirmasligi kerak. Ustunlar tortuvchi va taranglaishtiruvchi moslamalarsiz o‘rnatilishi darkor.
To‘p
To‘pning ichidagi kamerasi rezinadan, tashqi qismi tabiiy yoki sintetik charmdan ishlanib, o‘zi qat’iy dumaloq Shaklga ega bo‘lishi lozim. Uning aylana diametri 65-67 sm, og‘irligi 260-280 g, ichki bosimi 294,3 dan 318,82 mba yoki gPa gacha bo‘lishi lozim.
Hakamlar va hakamlik qilish
Har bir uchrashuvni hakamlar tarkibi boshqarib boradi va bu tarkibga: birinchi hakam; ikkinchi
hakam; kotib; to‘rtta (yoki ikkita) chiziq hakamlari kiradi.
Birinchi hakam vakolatlari
Birinchi hakam o‘yin jarayoni boshlanganidan to yakunlanguniga qadar uni boshqarib boradi. U shu o‘yinda ishtirok etayotgan barcha hakam va o‘yinchilarga rahbarlik qiladi. Uning qarori hal qiluvchi kuchga ega. Birinchi hakam qolgan hakamlar qarorini noto‘g‘ri deb topsa, uni bekor qilish huquqiga ega. Agar biror hakam vazifasini uddalay olmasa, birinchi hakam uning vazifasini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Birinchi hakam chiqargan qarorni muhokama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin jamoa sardori iltimosiga ko‘ra u o‘z qaroriga izoh berishi mumkin. Birinchi hakam o‘yindan oldin maydon, to‘p va boshqa uskunalar holatini nazoratdan o‘tkazadi. Jamoa sardorlari bilan qur’a tashlaishni uyushtiradi. O‘yin davomida faqat birinchi hakam quyidagilar bo‘yicha qaror chiqarish huquqiga ega: jamoalarni ogohlantirish; jazolaish; to‘p kirituvchining xatosi; to‘p kirituvchi jamoa a’zolarining joylaishishidagi xatosi bo‘yicha; to‘p bilan o‘ynaish xatolari bo‘yicha; to‘r va uning ustida ro‘y beradigan xatolar bo‘yicha; orqa chiziq o‘yinchilari va «Libero»ni hujum zarbasi; «Libero»ni oldingi zonadan yuqoridan uzatilgan to‘piga hujum zarbasi qo‘llanilganda.
Ikkinchi hakam vakolatlari
Ikkinchi hakam birinchi hakam ro‘parasidagi voleybol ustuni ortida birinchi hakamga qaragan holda tik turib joylaishadi. U zaxiradagi o‘yinchilarni kuzatib turadi; tanaffus olish va o‘yinchi almashtirishga ruxsat beradi; o‘yin oldidan, har bir partiya oldidan o‘yinchilarning maydondagi joylaishuvini nazorat qilib turadi. O‘yin vaqtida hushtak chaladi va ishora bilan quyidagilar bo‘yicha qaror qabul qiladi: o‘yinchi maydon va to‘r ostidan raqib tomoniga o‘tib ketganda; o‘yinga kiritilayotgan to‘pni qabul qiluvchi jamoa joylaishuvda xatoga yo‘l qo‘yganda; o‘zi joylaishgan tomon yaqinida o‘yinchi to‘rga va chegaralovchi antennaga tegib ketganda; orqa chiziq o‘yinchisi yoki «Libero» to‘siq qo‘yganda; o‘yinchi to‘rning pastki qismiga tegib ketganda.
Kotib
Kotib o‘z faoliyatini yuqoritish uchun birinchi hakam qarshisidagi ustun ortida (ikkinchi hakam orqasida) joylaishadi. Kotib quyidagi vazifalarni bajaradi: o‘yin bayonnomasiga o‘yin va jamoa haqidagi ma’lumotlarni yozadi; yig‘ilgan ochkolar, tanaffuslar, o‘yinchilarni almashtirish; jazo choralari, to‘pni o‘yinga kiritish navbatlarini yozib boradi va nazorat qiladi; yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar buzilganda, ikkinchi hakamga xabar qiladi.
Chiziq hakamlari
Chiziq hakamlari (4 ta bo‘lganda) maydonning har bir burchagidan 1–3 m uzoqlikda
joylaishadilar va o‘z chiziqlarini nazorat qiladilar. Agar o‘yinda 2 ta chiziq hakami ishtirok etsa, ular maydon burchaklaridan 1–2 m uzoqlikda bir-biriga diagonal holatda joylaishadilar. Ular yon va orqa chiziqlarni o‘z tomonlaridan nazorat qiladilar. Chiziq hakamlari qo‘llaridagi bayroqchalarni harakatlantirib, quyidagilarni ifodalaydilar: to‘p maydonga yoki chiziq ustiga tushsa, bayroqni pastga (maydonni ko‘rsatib) tushiradilar; to‘p maydon tashqarisiga tushsa yoki chegaralovchi antenna tashqarisidan o‘tsa, bayroqni yuqoriga ko‘taradilar.
Voleybol qoidalarining barchasini ushbu kitobda yoritish mumkin emas, lekin biz eng asosiy
holatlar ustidagina to‘xtab o‘tdik. Yuqoridagi materialni o‘zlashtirishda «Voleybolning rasmiy qoidalari» qo‘llanmasidan foydalanish zarur bo‘ladi.
Voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘quv–mashg‘ulot ishlarining asosiy qismidir. Ular mashg‘ulotlardagi jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik samarasini ko‘rsatib beruvchi Yakuniy ko‘rsatkich bo‘lib ham hisoblanadi. Musobaqalar tasdiqlangan taqvimiy reja asosida o‘tkaziladi.
Sport musobaqalari sportchini tarbiyalaishda katta o‘rin tutadi. Voleybol bo‘yicha musobaqalar oldiga qo‘ygan vazifalariga ko‘ra quyidagi turkumlarga bo‘linadi: chempionatlar, kuboklar, saralaish va yordamchi musobaqalar (tayyorlov, nazorat va boshqalar).
Chempionat va kubok musobaqalari – eng asosiy musobaqalar bo‘lib, bu musobaqalarda eng kuchli jamoalar aniqlanadi. Bu musobaqalar ko‘lami turlicha bo‘ladi: jahon, qit’a, mamlakat, viloyat; Shahar miqyosidagi va boshqalar.
Saralaish musobaqalari o‘z maqsadi va vazifasiga ko‘ra asosiy musobaqalarning keyingi
bosqichiga chiqish yoki malakali o‘yinchilarni ma’lum bir jamoa tarkibiga qabul qilishni nazarda tutadi.
Yordamchi musobaqalar tarkibiga quyidagilarni kirgizish mumkin:
- ko‘rgazmali musobaqalar voleybolni ommaviylaishtirish va targ‘ib qilish maqsadida tashkil
etiladi. Ular ommaviy sport bayramlarida, o‘quv yurtlarida, tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- qisqartirilgan musobaqalar (blits turnirlar) g‘olibni aniqlaish uchun qisqartirilgan partiyalar bilan o‘tkaziladi. Bunday musobaqalar bayram kunlarida, sport mavsumlarining ochilishida tashkil qilinadi.
- tasnif musobaqalari – sport tayyorgarligi darajasini aniqlaish va sport tasniflarini (razryadlar)
berish maqsadida tashkil qilinadi.
- tenglaishtiruvchi musobaqalarning asosiy vazifasi kuchli raqib jamoasi bilan uchrashishga
imkon berish yo‘li bilan kichik tasnifdagi sportchilarning o‘sishini rag‘batlantirishdan iborat.
- nazorat va tayyorlov musobaqalari jamoa va alohida o‘yinchilarning oldindagi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik holatini aniqlaish maqsadida o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot jarayonida tayyorlov va nazorat musobaqalari katta o‘rinni egallaydi.
Yordamchi musobaqalar asosan tayyorlov va musobaqa davrlarining Yarmida rejalaishtiriladi. Tanlov va asosiy musobaqalar ko‘pincha bir yilda 2-3 marotaba o‘tkaziladi. Turli xil musobaqalarning ahamiyati va o‘rni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, boshlang‘ich bosqichlarda faqat tayyorlov va nazorat musobaqalari rejalaishtiriladi va o‘tkaziladi.
Sportchilar malakasining o‘sib borishga qarab, keyingi ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida musobaqalar soni ortib boradi, musobaqa davriga tanlov va asosiy musobaqalar kiritiladi. Musobaqalar sportchining tayyorgarlik darajasining asosiy nazorat Shakli bo‘libgina qolmay, balki sport mahoratini takomillashtirishning zarur omilidir.
Musobaqalarni rejalaishtirganda tayyorgarlikning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, musobaqalar Shunday tanlanishi kerakki, ularning yo‘nalishi, qiyinchilik darajasi ko‘p yillik tayyorgarlikning tuzilishi, vazifasi bilan qat’iy mos kelsin. Ikkinchidan, agar sportchi uni o‘zining jismoniy, texnik-taktik va psixologik qobiliyatiga qo‘yilgan vazifalarni yecha oladigan bo‘lsa musobaqalarga jalb qilsin. Uchinchidan, musobaqa va mashg‘ulot amaliyotini rejalashtirish kerak, ayniqsa, tayyorgarlik jarayoni samarali amalga oshishi va sportchi tanlov hamda asosiy musobaqalarda o‘z imkoniyatini ochib berishi zarur. To‘rtinchidan, musobaqalar dasturi va qatnashuvchilar tarkibi kuchli raqobat muhitini ta’minlaishi kerak.











