Voleybollda to`p kiritish mashqlari.
Zamonaviy voleybolda standart xolatdan ijro etiladigan to`p kiritish nafaqat o`yinni boshlash maqsadida qo`llaniladigan vosita, balki borgan sari ochkoga erishadigan o`ta salmoqli xujum usullaridan biriga aylanib bormoqda. Shuning uchun qam yetakchi trenerlar to`p kiritish maqoratini raqib o`yinchilarini maydonda joylashishi qolatiga qarab shartli ravishda yaratiladigan modellashtirilgan o`yin vaziyatlari ta’sirida muayyan o`yin vazifalariga muvofiq mashqlantiradilar.
To`p kiritish faol xujum vositasi sifatida ochko olish yoki raqib xujumini maqsadli tashkil qilishga yo`l bermaydigan texnik-taktik usuldir. Bunday natija to`p kiritish aniqligi,
seryo`nalishligi va kuchliligi bilan ta’minlanishi mumkin. To`p kiritish maqoratini shakllantirish jismoniy yuklanganlik va ruxiy zo`riqqanlik darajasini e’tiborga olgan qolda amalga oshiriladi.
Bu borada ustunlik to`p kiritish usullarining ikki turi bilan ta’minlanadi. Ulardan biri, xatto katta yuklama ta’sirida qam kuchli va ishonchli to`p kiritish bo`lsa, ikkinchisi – aniq nishonga (bo`sh yoki qaltis joyga, to`pni zaif qabul qiladigan o`yinchiga) to`p kiritish turidir. To`p kiritish texnikasini takomillashtirishda quyidagi qolatlarni nazarda tutish muqim;
- avval aniqlik, keyin kuch;
- orqa chiziq ortining turli joylaridan to`p kiritish;
- bir urinishda ketma-ket 5-10 marta to`p kiritish;
- raqib tomonidan to`pni qabul qilish xususiyatini e’tiborga olish;
Ma’lumki, to`p kiritish voleybolda muqim o`rin egallaydi, uni muvaffaqiyatli kiritish ochko olish imkoniyatini yaratsa, yo`qotish (xatoga yo`l qo`yish) raqibga ochko «sovg`a» qilish bilan yakunlanadi.
To`p kiritish raqibni to`p qabul qilishga yoki uni taktik rejasiga jiddiy salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. qar qanday to`p kiritish usuliga o`rgatishda yondashtiruvchi va texnika shakllantiruvchi mashqlarni tanlash qamda ularni qo`llash ketma-ketligi bir xil tartibda amalga oshiriladi.
ZINAPOYASIMON TO‘P KIRITISH
Maqsadi
Hisobni oldinga olib chiqishga imkon yaratuvchi raqobatli joy – maydonorti zonasiga to‘p kiritish.
Mo‘ljal
Trener har bir o‘yinchi barcha o‘yinchi o‘yinini o‘ynashga qodir aylanma tizim turnirini tashkil qiladi. O‘yinchilar trener tayinlagan juftliklarda musobaqalashadi. Birinchi juftlik to‘p kirituvchi – to‘p joylashtiradigan savat oldida turib tayyorlanadi. Maydonchaning qarshi tomoni nomerlashtirilgan 6 ta zonalarda joylashadi. Mashqlarni qo‘llash
- Har bir juftlik o‘yinchilari bir marta musobaqalashadi. To‘p kirituvchi o‘yinchi olti marta turli joylarga to‘pni yo‘llaydi: ikkita to‘p 1- zonaga, ikkita to‘p 6-zonaga va ikkita to‘p 5-zonaga.
- Belgilangan zonaga to‘g‘ri tushirgan to‘p kirituvchiga uch ochko beriladi. Boshqa zonaga – bir ochko, xatoga yo‘l qo‘yish nol ochko. To‘p kirituvchiga bitta rag‘batlantiruvchi imkon beriladi.
- To‘p kirituvchi yordamchisi uni to‘p bilan ta’minlaydi va har bir kiritilgan to‘p haqida ma’lumot beradi. Qolgan yordamchilar to‘pni yig‘ib savatga qo‘yadi.
- SHeriklar o‘z rollarini almashtiradi. Ular mashqni tugatgandan so‘ng juftlik maydonchani tark etadi. Eng ko‘p hisobga erishgan o‘yinchi natija haqida trenerga xabar beradi.
- Trener keyingi juftlikni mashqqa chorlaydi. Mashqni boshlashda savat to‘plar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. O‘yin har bir o‘yinchi barcha o‘yinchini rolida bo‘lmaguncha davom etadi.
Bandlarni mashq qilish
- Tezkor shiddatni belgilang. Mashg‘ulot qisqa bo‘lishi, ammo to‘p kiritish sifatiga ahamiyat qarating. Mashqlarni eng yaxshi yakunlaganlar o‘rtasida Pley-off o‘tkazish katta ijobiy turtki beradi.
Variantlar
- Rag‘batlantirishga imkon yarating.
- O‘yinchilar bir raundda 8 yoki 10 marta to‘p kiritishini ta’minlang.
O‘yinchilar 6 imkoniyatdan ikkita to‘pni oldingi zonalarga bajarishini ta’minlang
YASSI TO‘P KIRITISH
Maqsadi
Harakatlanayotgan o‘yinchilarga (nishonlarga) to‘p kiritish aniqligini yaxshilash.
Mo‘ljal
Uch o‘yinchidan iborat ikki guruh qo‘llarini ushlashib, yassi harakat qilish uchun tayyorlanadi. Mashq xujum va orqa chiziq oralig‘ida o‘tkaziladi. To‘p kirituvchilar orqaroqda bir qator saflanadi. Orqa chiziq ikki chiziqdan iborat bo‘lib, V tomonda bo‘ladi.
Mashqni qo‘llash
- Har bir yassi qadam tashlovchilar yon tomondan yon tomonga harakatlanadi – A. Agar bu mashq yon chiziqqa tegishli bo‘lsa, unda harakatlanish aksincha bo‘ladi.
- Har bir o‘yinchi to‘p kiritish chizig‘ida burulishlarni bajaradi, bunda ko‘p marta burilishni imkoni bo‘ladi. Birinchi o‘yinchi to‘p kiritishda to‘pni yassi qadam tashlovchilarga tekkazishga urinadi, keyin to‘p kiritish chizig‘iga qaytadi. Agar to‘p kirituvchi yassi qadam tashlovchilarga to‘pnii tekkazsa, 1 ochko ishlaydi; to‘p kirituvchida yana uch marta burilishdan yutish imkoniyati bo‘ladi. Agar to‘pni tekkaza olmasa – burilish bir marta bo‘ladi, yutish bo‘lmaydi.
- Yutkazgan ochko olmaydi va u yassi qadam tashlovchilar ortiga borib o‘yinchilar qo‘lini ushlaydi.
- 5 ochko olgan birinchi o‘yinchi raundni yutdi deb hisoblanadi. To‘p kirituvchilar va yassi qadam tashlovchilar keyingi raundda ishtirok etish uchun rollarni almashtiradi.
Bandlarni mashq qilish
- Yassi qadam tashlovchilar yon chiziqqa etganda uzulmasdan aks tomonga qaytishi kerak.
- Yassi qadam tashlashni bajarganda ularning qo‘li yuziga to‘p tegmasligi uchun ko‘tarilgan bo‘lishi kerak.
Variantlar
Yassi qadam tashlovchilar maydon ortida yoki to‘r oldida harakatlanishi mumkin.
YALPI AYLANMA TO‘P KIRITISH.
TO‘P KIRITISHDAN YUTISH UCHUN – BIR DAQIQA
Maqsadi
Turli zonalarga to‘p kiritish orqali muvofaqqitli to‘p kiritish foizini yaxshilash.
Mo‘ljal
Maydonchaning ikki tomoni o‘yinchilar joylashgan zonalarga bo‘linadi. Zonalar chegaralari konuslar, lenta yoki arg‘amchi bilan belgilanadi. To‘plar joylashtirilgan savat ikki tomonda shug‘ullanuvchilar oldiga qo‘yiladi. Uchta to‘p kirituvchi to‘p kiritish uchun saflanadi. Ikki tomondan kamida uch nafar yordamchi joylashadi, boshqalar maydon bo‘ylab tarqalib turadi. Trener taymer bilan vaqtni aniqlaydi.
Mashqni qo‘llash
- Birinchi to‘p kirituvchi har bir chiziqda zonani tanlaydi, yoki buni trener belgilaydi.
- Trenerning signali bilan birinchi to‘p kirituvchi mashqni bajaradi va belgilangan zonaga tushgan to‘plar sonini hisoblaydi.
- Maydonchadagi yordamchilar to‘plarni olib, orqa chiziqda savat oldida turgan yordamchi o‘yinchilarga uzutib beradi.
- 1 minut o‘tgach trener to‘p kirituvchilarga to‘xtash haqida ogohlantiradi. To‘p kirituvchi hisobni trenerga xabar qiladi, keyin boshqa chiziqda turgan birinchi o‘yinchi to‘p kiritishga kirishadi.
- Barcha to‘p kirituvchilar mashqni har bir chiziqda bajargandan keyin joylarini almashtiradi. O‘yin har bir o‘yinchi joy almashmaguncha davom etadi. Belgilangan zonalarga eng ko‘p to‘p tushirgan o‘yinchi g‘olib deb hisoblanadi.
Bandlarni mashq qilish
- Tezlik va samaradorlikni oshirish uchun to‘pni to‘p kirituvchiga tezlik bilan tashlash zarur.
To‘p tashlab beruvchi to‘p kirituvchi mashqni bajargan zahoti unga to‘pni etkazishi kerak.
- Mashqni musobaqa shaklida o‘tkazish shug‘ullanuvchilarni faollashtiradi.
- Mashqlarni bajarishda ikki trener va ikki taymer (vaqtni hisoblovchi) ishtirok etishi vaqtni qisqartiradi.
Variantlar
- To‘p uzatuvchi va to‘pni iluvchi qo‘shish mumkin.
Jamoa hisobini aniqlab borish kerak. Ochkolar nisbati ko‘rsatilishi mumkin. Bir zonaga yoki bir necha zona bo‘ylab mashqlarni qo‘llash mumkin.1
TO‘P KIRITISHDAN YUTISH UCHUN – BIR DAQIQA
TO‘P KIRITISHGA YUGUR
“Orqa chiziqqa yugurish” mashqlarning bu turi o‘yinchilarga o‘yinni xis qilish tuyg‘usini yaratadi. O‘yin vaziyatidek to‘p kiritishga, burilishga va uni amalga oshirishni joriy etish.
Uch nafar to‘p kirituvchidan iborat uchta guruh 3 m.li chiziqqa chiqib, mashqni A tomondan boshlash. Har bir guruhda uchtadan to‘p bo‘ladi. Yordamchilar V tomonda joylashadi. Mashqni qo‘llash
- Har bir guruhdan birinchi o‘yinchi to‘pni oladi, orqa chiziq tomon yuguradi, buriladi va 5 sekund ichida mashq bajaradi.
- Aynan shu o‘yinchi 3 m.li chiziqqa ikkinchi to‘pni oladi, orqa chiziqqa yuguradi va mashqni ikkinchi marta bajaradi.
- Shu mashq uchinchi to‘pni olib ijro etiladi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinchi ham mashqni shu tartibda bajaradi.
- SHu mashqni guruhdagi uchinchi o‘yinchi avvalgi tartibda bajaradi. Uchta guruh mashqni tugatgandan keyin har bir o‘yinchida musobaqalashish imkoniyati bo‘lishi uchun yordamchi o‘yinchilar bilan joy almashinadi.
- Mashq maqsadi to‘qqizta to‘pdan ketma-ket foydalanishdan iborat.
To‘p o‘yinga kiritilganda, hujum zarbasidan so‘ng va to‘siqdan qaytganda amalga oshiriladi. Hozirgi zamon voleybolida to‘pni qabul qilishning quyidagi usullari va variantlari mavjud: pastdan ikki qo‘llab (juda kam hollarda bir qo‘l bilan); Yuqoridan ikki qo‘llab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qo‘llab pastdan; oldinga ko‘krak-qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo‘llab pastdan.
O‘yinga kiritilgan to‘pni sifatli qabul qilish hujum harakatlarining qanchalik samarali bo‘lishini belgilaydi. O‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishning eng ko‘p tarqalgan va samarali Shakli bu to‘pni ikki qo‘llab pastdan qabul qilishdir. 19-rasmda ikki qo‘llab pastdan to‘p qabul qilayotgan o‘yinchining holati tasvirlangan.Oyoqlar bukilgan, bir oyoq oldinda, qo‘l kaftlari birlaishtirilgan holda pastga tushirilgan. To‘pni qabul qilish vaqtida tirsaklarni bukish mumkin emas. Qo‘llar bilan oldinga-Yuqoriga harakat qilinadi.1
To‘pga nisbatan kuchli qarama-Qarshi harakat qilish kerak emas. Bunda qo‘llar to‘p tomon Yaqinlaishtirilib, uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni bukib-yozish bilan to‘pga kerakli yo‘nalish beriladi. To‘pni pastdan qabul qilishda eng asosiysi to‘pning yo‘nalishi, tezligini to‘g‘ri baholay olish va bog‘lovchi o‘yinchini kuzatish hisoblanadi. O‘yinchi zarur joyni egallay olmagan bo‘lsa-yu, to‘p o‘ng tomonga yo‘nalayotgan bo‘lsa, to‘pni qabul qiluvchi qo‘llarni to‘g‘ri oldinga chiqaradi va o‘ng qo‘lni Yuqoriga chiqarib buradi, chap tomonga yo‘nalayotgan bo‘lsa, chap qo‘l Yuqoriga chiqariladi.
To‘pni pastdan ikki qo‘llab qabul qilish hujum zarbasini qabul qilishda ham asosiy usul hisoblanadi. O‘yinga kiritilgan to‘p yoki hujum zarbasining sifatsiz qabul qilinishi (past trayektoriyada uzatish, bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib bermaslik) bog‘lovchi o‘yinchi tomonidan hujum uchun beriladigan to‘p uzatishni samarasiz bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun mashg‘ulotlar vaqtida turli tezlikda, yo‘nalishda va kuchlanishda kelayotgan to‘plarni pastdan ikki qo‘llab qabul qilishga katta e’tibor berish zarur.
To‘pni bir qo‘llab qabul qilish tayanch holatda va yiqilib amalga oshiriladi. Tayanch holatda bajariladigan usul o‘yinchining yoniga tezlik bilan tushayotgan to‘pni qabul qilishda foydalaniladi. To‘pni qabul qilish yopiq holdagi kaft yuzasi bilan bajariladi.
Orqaga yoki yon tomonga yiqilib, bir qo‘l bilan to‘pni qabul qilish ko‘p hollarda ayollar voleyboliga xosdir. Harakat so‘nggida yon tomonga katta qadam tashlanib, qo‘l to‘p tomon to‘g‘ri uzatiladi. Bunda MOK (markaziy og‘irlik kuchi) keskin pasaYadi.
To‘pga zarba berilgandan so‘ng, o‘yinchi tayanch oyoqning uchida yiqilish tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o‘tiradi va do‘mbaloq oshadi (16-rasm).1
Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning orqa o‘rta qismi bilan emas, balki bir oz yonbosh bilan do‘mbaloq oshiladi, daxan ko‘krak qismiga tekkizib olinadi.
Ko‘krak-qorin qismi bilan sirg‘alib yiqilgan holda bir qo‘l bilan to‘pni qabul qilish usuli erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. O‘yinchi oxirgi qadamda (21-rasm) keskin harakat bilan gavdani pastga-oldinga 25˚-30˚ burchak ostida maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftning orqa yoki oldi tomoni bilan to‘pga zarba berib, qo‘llarini oldinga cho‘zadi va qo‘llari maydonchaga tegishi bilan oyoqlarini tizza qismida bukadi, qo‘llar esa orqaga-yonga itarilishi bilan gavdaning gorizontal holatga kelishiga yordam beradi. Bosh o‘z vaqtida maksimal orqaga tashlanadi.
Muallif: R.N.Ro`zmetov











