Voleybolni vujudga kelishi va uning mazmunini evolyutsion o`zgarishi, uning rivojlanish bosqichlari.
Voleybol 1895-yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusets Shtatidagi Xoliok Shahrida Yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari, pastor UilYam J.Morgan tomonidan Yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutgan.
1896-yilda Springfild Shahridagi kollej direktori, doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «parvoz qiluvchi to‘p» degan ma’noni bildiradi.
1896-yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi:
- Maydon chegaralari 7,6×15,2 m
- To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm
- To‘pning vazni 252-336 gr, aylanasi 63,5-68,0 sm 4. O‘yinchilarning soni chegaralanmagan va hokazo.
1895–1920-yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. 1920yildan boshlab maydon o‘lchamlari 9x18m qilib belgilandi.
O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha:
1900-y. – Kanada, 1906-y. – Kuba, 1909-y. – Puerto-Riko, 1910-y. – Peru, 1917-y. – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1908–1913-yillar – Yaponiya, Xitoy, Filippinda, 1914-y. – Angliya, 1917-y. – Fransiya.
Voleybol 1920–1921-yillarda O‘rta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) hududlarida tarqala
boshladi. 1922-yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
Moskvada voleybol bilan muntazam shug‘ullanishga san’at va teatr vakillari kirishdilar. 1923-
yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi.
Xuddi Shu yillarda voleybol Uzoq Sharqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo‘ldi. 1925-
yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi.
Jahon voleybol tashkilotlari o‘z oldilariga mamlakatda voleybolni ommalaishtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani mukammallaishtirish, o‘yinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo‘ydilar.
Voleybolni keng ommalasha borishi musobaqalarning Yagona qoidalarini ishlab chiqish zaruriyatini o‘rtaga tashladi. Jumladan, 1925-yilning Yanvarida Moskva jismoniy tarbiya Kengashi voleybol bo‘yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalarini tuzib, tasdiqladi. To‘rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o‘yin 15×7,5 o‘lchamli maydonchada o‘tkaziladigan bo‘ldi.
1926-yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o‘tkazildi. 1927-yildan voleybol bo‘yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda o‘tkazila boshladi.
Voleybol bo‘yicha ilk adabiyot 1926-yilda paydo bo‘ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoyev va A.A.Marku edi.
Shu yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, Shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq Sharq va O‘rta Volga o‘lkalarida ham keng tarqaldi.
1928-yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi.
Voleybol taraqqiyotida maktab o‘quvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega
edi. Bu spartakiada qatnashchilaridan ko‘pchiligi keyinchalik voleybol ustalari bo‘lib yetishdilar.
Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo bo‘lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, o‘yinchilar jismoniy tayyorgarligining o‘sishiga olib keldi. Shu davrda o‘yinchilar maydonga to‘pni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qo‘llay boshladilar, uzatish texnikasiga e’tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o‘yin tezkor, shiddatli bo‘la boshladi, natijada o‘yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi.
Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targ‘ib qilinishida ko‘pgina madaniyat va istirohat bog‘larining maydonchalarida o‘tkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi.
30-yillarda Olmoniyada (Germaniya) «Voleybol – rus halq o‘yini» deb nomlangan voleybol
bo‘yicha musobaqa qoidalari kitobcha holida chop etildi.
Turli Shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida birinchiliklar o‘tkazilib turildi. 1931-yilda Xarkovda Moskva, Dnepropetrovsk va maydon egalarining erkak va ayollar jamoalari uchrashdilar. Moskvalik ayollar g‘olib chiqdilar, har uchala erkaklar jamoasi bittadan mag‘lubiyat va g‘alabaga ega bo‘ldilar. Bu uchrashuvlar «tez sur’atli» o‘yinning ahamiyati ancha ortganligini ta’kidladi.
1932-yildan voleybol barcha nufuzli sport musobaqalarining dasturiga teng huquqli sport turi sifatida kiritildi. Shu sababdan voleybol bo‘yicha mamlakat musobaqalarining har yili muntazam o‘tkazib turilishi haqidagi masala ko‘tarildi.






