Xalifalikka qarshi xalq qo’zgolonlari.
Xalifalikka qarshi xalq qo’zgolonlari. 12-asrda Turk sulolalari zaiflashib, Bag’dod xalifaligi qischa mudlatga o’z qudratini qayta tiklagan edi hamki, Mug’ullarning qaqshatqich zarbasiga uchradi va 1258 y. Xuloku oxirgi Bag’dod xalifasi al- Musta’simni qatl qilgan.
Shunday qilib, Abbosiylar xalifaligi Mug’ullar tomonidan yo’q kilindi. Ammo 1261 yil Misr mamluklarining sultoni Zohir Baybars dastlab oxirgi Bag’dod xalifasining amakisi al-Mustansir, sung yana bir vakil al-Hakim I ni Qohiraga keltirib, abbosiylar sulolasini davom ettirdi. Yuqorida zikr etilgan ikkala shaxsning ham haqiqatan abbosiylarga mansub ekanini o’z vaqtida akad. V.V.Bartold qattiq shubha ostiga olgan edi. Qanday bo’lganda ham Qohiradagi Abbosiylar xalifaligi 1517 y. usmonli turklar tomonidan Misr bosib olingunga qadar davom etdi.
Arablar zulmiga qarshi xalq ozodlik kurashlari. Markaziy Osiyo xalqlari arablar istilochilik yurishining birnichi kunlaridan boshlab o’z erki va ozodligi uchun muqaddas kurashga otlanganlar, ona Vatan tuprog’ining biror qarich yeri bo’lsa uni jangsiz va kurashsiz bosqinchilarga bermaganlar. Arablarga qarshi olib borilgan erk va ozodlik kurashining eng ztiborli tomoni shundaki, bu kurashda Movarounnahrning o’trok qadimiy yerlik aholisi bilan turk qabilalari doimo birgalashib yagona ittifoqda jang qilganlar
720-722 yillarda birinchilar qatorida arablarga qarshi So’g’diyonada qo’zg’olon ko’tarilgan. Bu qo’zg’olonga Samarqand hokimi G’o’rak va Panjikent hukmdori Divashtich boshchilik qilganlar. Har safar bo’lganidek so’g’dliklarning ozodlik va erk uchun kurashlarini turklar qo’llab quvvatlaganlar. Yettisuvdan, Turkash hoqon shaxzoda Kursul boshchiligida katta qo’shinni yordam berish uchun Samarqandga yuborgan. So’g’dliklarning birlashgan kuchlari arablarga qarshi muvaffaqiyatli janglar qilib bir necha sezilarli zarbalar berganlar. Bu paytda Xurosonda Said ibi Abdulaziz noib edi. U yumshoq tabiatli va ayni zamonda kiyim-kechakka o’ch bo’lganligidan “Xuzayna” (uy bekasi) laqabini olgan edi. Xurosonga yangi tayiilangan Said ibn Amr Al-Xaroshiy (721) so’g’dliklarga qarshi keskin choralar ko’rgan.
U Iroqda ko’tarilgan halq ko’zg’olonini bostirishda o’zining shafqatsizligi bilan nom qozongan edi. Xaroshiy ko’rgan keskin choralardan jabr ko’rib norozi bo’lgan So’g’d aholisi mamlakatni tark etib, Farg’onaga ko’chishga qaror qilgan. So’g’d aholisidan taxminan 10 miig kishi yo’lga otlanib, Xo’jand shahriga yetib kelganlarida Farg’ona podshasi ularni shaharda joylashtira olmay Isfara hududlarida joylashishini taklif ettan. Bu birinchi guruh edi. Ikkinchi guruh Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida Zarafshon bo’ylab tog’lar oshib Obgar (Obargar) qal’asi oldidan o’tib ilgarilab borgan.
Birinchi guruh hali Isfaraga yetib bormasdan Al- Xaroshiy yuborgan arab qo’shinlari Xo’jandga yetib borganlar va so’g’dlilarni qamal qilgailar. Farg’ona hokimi so’g’dliklarga yordam bermagan. Qamalda qolgan so’g’dliklarni arablar batamom qirib tashlaganlar. Ba’zi ma’lumotlarda uch ming, yana boshqalarida esa yetti ming odam ana shu qirg’inda halok bo’lganligi takidlanadi. Arablar juda katta o’ljalarni qo’lga olganlar.
Said Al-Xaroshiy Divashtich boshchiligida Obargar yaqinida turgan panjikentliklarni tugatishga kirishadi. Shu maqsadda u Sulaymon ibn Abussari boshchiligida katta qo’shin jo’natadi. Bu qo’shin tarkibida Markaziy Osiyo hududlaridagi bir necha hokimlar, jumladan Xorazm vohkasi kuchlari ham bor edi. Umumiy qo’shinga rahbarlik qilish Musayyob ibn Bashir Ar-Riyohiyga yuklatiladi.
Qo’zg’olon ko’targan Divashtich boshchiligidagi kuchlar obargar qalasidan chiqib dushmanni qarshi oladi. Bu jangda arablarning qo’li baland kelib, qo’zg’olonchilar Obargar qal’asiga chekinadilar. Qala arablar tomoindan qurshovga olinadi. Kuchlar nisbatining teng emasligini hisobga olgan Divashtich Sulaymonga qalani topshirishga rozi bo’ladi va o’zini Musayyob bilan birga Xaroshiy oldiga yuborishni so’raydi. Xaroshiy Divashtichni izzat-ikrom bilan kutib oladi, samimiy qabul kiladi, so’ngra Arbinjonga (ba’zi manbalarda Rabinjon – Kattaqo’rg’onga yaqin joyda) olib borib qatl etadi.
Divashtich tanasi zardushtiylarning xilhonasi – novus devoriga qoqib qo’yiladi. Xaroshiy so’g’dliklar qo’zg’olonini bostirgach, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida “tartib” o’rnatadi. Unda ayniqsa Kesh va Nasaf katta taassurot uyg’otadi. U Sulaymon ibn Abussariyni bu shaharlarga hokim qilib tayinlaydi. Bundan tashqari Sulaymon ayni zamonda harbiy ishlarga, hamda hiroj to’plash bo’yicha ham boshliq edi Bunday masuliyatli ikkita lavozimga bir vaqtning o’zida u davrda hech kim qo’yilmasdi. Bu Sulaymonga bo’lgan o’ziga hos katta ishonch edi, albatta.
Arab istilochilariga qarshi kurash bir daqiqa bo’lsada to’xtamadi va u muttasil davom etdi. 723 yilda Farg’ona podshosi bosh ko’tardi. Uni Shosh, Nasaf aholisi va turklar qo’llab quvvatladi. Ittifoqchilarning birlashgan kuchlari arablarni Xo’janddan to Samarqandgacha bir necha zarbalar berib ta’qib etib bordilar. Bu voqealar shundan dalolat beradiki, so’g’dliklar arablardan bir necha bor mag’lubiyatga uchragan bo’lsalarda ular o’zlarini hali batamom zabt etilgan deb hisoblamas edilar va arablarga qarshi kurashni davom ettira berdilar.
725-729 yillar davomida arab xalifaligining soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro va Xuttaliyonda qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. Bu davrda Ashros ibn Abdulla As Sulomiy noib bo’lib u ikki tomonlama siyosat olib borib mahalliy aholining g’azabiga duchor bo’lgandi. U dastlab musulmon dinini qabul qilgan fuqarolardan hech qanday soliq olinmaydi, deb Xuroson va Movarounnahr aholisining ishonchiga sazovor bo’lgan edi. Ashros arablar kuchi islomda, islomni qabul qilgan mahalliy xalq arablarga hech qanday qarshilik qilmaydi, deb o’ylagandi. So’g’dliklar uning va’dasiga ishonib tezda islom diniga kirgan va musulmon bo’lgandilar.
Masalani qiziq tomoni shundaki ilgari xalq tomonida turib arablarga qarshi kurashgan Samarqand Hokimi G’o’rak endi Ashros siyosatiga qarshi chiqadi. Taboriy ma’lumotlariga qaraganda u Ashrosga hat yozadi. Bu hatda musulmonlikka o’tganlarga nisbatan tutilgan siyosat hirojning yo’qolib ketishiga sabab bo’ldi xiroj oladigan odam qolmadi, deb uni ogohlantirgan emish. Shundan so’ng Ashros G’o’rakning haq ekanligiga hayotda ishonch hosil qilibdi va ilgarigi “kuch islomda” degan fikr o’rniga “arablar hukmronligining kuchi hirojda” degan shiorni ilgari suribdi.
Ana shu asnoda Ashros islomni qabul qilgan va qilmaganlardan ham bir hilda, avvalgidek soliq yig’averishni buyuribdi. Bu tezda so’g’d aholisining keskin noroziligiga sabab bo’lib katta qo’zg’olonlarning boshlanishiga olib kelgan. Samarqandda boshlaigan bu qo’zg’olonga yetti ming kishi qatnashgan. Qo’zg’olon kengayib Buxoroga tarqalgan. Samarqand va Buxorodagi qo’zg’olon qatnashchilari o’zlarini musulmonlikdan chiqib kofirlikka qaytganliklarini ochiq-oydin e’lon qilganlar. Turklar qo’zg’olonchilarni qo’llab-quvvatlab ularga yordam berganlar. Qo’zg’olon hamma yerni qamrab olgan.
Ayniqsa, 728 yil arablar uchun juda og’ir bo’lganligi qayd etiladi. Qo’zg’olonchilar ularni juda ko’plab hududlardan haydab chiqargapnar. Faqat G’o’rakning ikkiyuzlamali va sotqinlik siyosati tufaydi Dobussiya va Samarqand arablar qo’lida qolgan. G’o’rak bu ozodlik kurashida katta rol o’ynashi mumkin edi. Ammo u bu yo’lni tanlamadi. Faqat 729 yilda juda katta urinishlardan so’ng arablar yana Buhoroni qaytarib olishga muvaffaq bo’ldilar. Turklarning qo’zg’olonchilarga ko’rsatgan yordamidan ta’sirlangan G’o’rak kechikib bo’lsada arablar bilan aloqani uzdi va sug’dliklaa qo’zg’oloniga qo’shildi.
Bu uning ilgarigi obro’sining tiklanishiga sabab bo’ldi. Taboriy ayniqsa Kesh atrofida arablarga qarshi Shosh, Farg’ona qo’shinlari va turk lashkarlarining qaxramonlarcha jang qilganligini alohida ko’rsatadi. Bu olib borilgan janglar Samarqand, Buxoro va boshqa joylarni istisno qilganda Movarounnahr xalqining yana besh yil mobaynida arablar hukmronligiga bo’yosunmagan jasoratidan bir namunadir.
736-737 yillarda Tohariston va So’g’dda arablarga qarshi yana qo’zg’olon ko’tarilgan. Natijada arablarga qarshi juda og’ir ahvolga tushib qoladilar. Og’ir vaziyatdan qutulish mahsadida Xuroson va Movarounnahrning noiblari va amirlari bir necha marta o’zgartiriladi. Xususan Nasr ibi Sayyor (738-748) davrida ko’rilgan tadbirlar tufayli arab istizyuchilari o’lkada o’z mavqelarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’ldidar. U qo’zg’olonchilarni bostirish uchun Samarqand, Shosh, Farob va Farg’onaga bir necha bor qo’shinlar tortib bordi. Nasr ibn Sayyorning noiblik davri Markaziy Osiyo yerlariniig arablar tomonidan istilo qilinishi tarixida yangi va sungi davrdir. U ma’lum bir- muddat davomida mamlakatda nisbiy osoyishtalik o’rnata oldi. Nasr bunga qanday erishdi? Avvalo u oqsuyak dehqonlar o’rtasidagi nizolardan foydalandi, ularning ko’pchiligini o’z tomoniga og’dirib oldi.
Oqsuyak dehqonlar, lashkarboshilar imtiyozlarini saqlashga alohida e’tibor berdi, ular o’tasida kon-qardoshlik va qarindosh-urug’chalik aloqalarini o’rnatishni har taraflama qo’llab-quvvatladi. Uzi bu sohada namuna ko’rsatib Tog’shoda Buxorxudotning qiziga uylandi. Va nihoyat Nasr ibn Sayyor moliyaviy islohot o’tkazdi. Unga ko’ra islom dinini qabul qilgan barcha kishilar juz’ya solihlaridan ozod qilindilar va barcha musulmonlar xuquq jihatdan tenglashtirildi. Yer egasi esa qaysi e’tikodda bo’lishidan qat’i nazar, xiroj solig’gi to’lashi shart qilib qo’yildi.
Xuddi mana shu davrda yani 746 yilda Xurosondaga abbosiylar harakatiga boshchilik qilish maqsadida Abu Muslum (asli ismi Abdurahmon ibn Asad, taxminan 727-755 yillar” bu yorga yuboriladi. Xalifalikka qarshi xalq qo’zgolonlari.
Muallif: U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.











