Xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyot haqida.

0
Xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyot haqida.

Xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyot haqida.

«Folklor» inglizcha soʻz boʻlib, uning lugʻaviy ma’nosi quyidagicha: folk – xalq, lore – donishmandlik. Goʻzallik qonunlari asosida xalq tomonidan yaratilgan har qanday ijod mahsuli tushunilishi -terminning keng ma’nosidir.

Bunda xalq san’ati, amaliy san’at, musiqa san’ati, raqs san’ati, kashtachilik kabi goʻzallik qonunlari asosida yaratilgan barcha ijod mahsuli tushuniladi. Atamaning tor ma’nosida esa faqat xalq ogʻzaki poetik ijodi, ya’ni xalq tomonidan yaratilgan ogʻzaki badiiy soʻz san’ati tushuniladi.

Xalq ogʻzaki ijodi ham, ma’lumki, adabiyot, ogʻzaki adabiyot, ya’ni soʻz san’ati. Uning adabiyotning boshqa koʻrinishi – yozma adabiyot bilan umumiy boʻlgan tomonlarini ham yodda tutmoq lozim. Mana shu jihatdan qaraganda ular orasida quyidagi umumiylikni kuzatish mumkin:

  • Har ikkisida ham soʻz san’ati, tasvir vositasi soʻzdir;
  • Har ikkisida ham hayot va undagi voqea-hodisalar tasvirlanadi;
  • Voqealar ma’lum bir estetik prinsiplarga asoslangan holda tasvirlanadi;
  • Hayot va uning lavhalari badiiy obrazlar orqali tasvirlanadi;
  • Obraz va obrazlilik umumiyligi mavjud;
  • Tasvir vositalari umumiyligi mavjud;
  • Adabiy tur umumiyligi mavjud;
  • Vazifa mushtaraqligi mavjud: ta’limiy, tarbiyaviy, estetik vazifalar umumiydir;

Ayni bir paytda folklorning oʻziga xos tomonlari ham bor boʻlib, bu belgilar quyidagilardan iboratdir:

  1. Ogʻzakilik. Folklor ogʻzaki ijoddir. Bu uning yetakchi belgisi sanaladi. Xuddi shu ogʻzakilik folklor namunalarining keng tarqalishi va ommalashuvida muhim  faktor sifatida xizmat qiladi. Folklor namunalari paydo boʻlish nuqtai nazaridan qaraganda ham ogʻzakidir, u ogʻzaki vujudga keladi, badiiy sayqal topishi, qayta-qayta qoʻlanishi ham ogʻzaki kechadi: ogʻizdan ogʻizga oʻtib borish jarayonida har bir ijod namunasi tobora badiiylashadi, polsemantik ma’no kasb eta boradi. Bu esa badiiy soʻz san’atining asosiy xususiyatlaridan sanaladi.

2.Folklorning yana bir oʻziga xos belgisi uning kollektiv ijod mahsuli ekanligidir.

3.Folklorning navbatdagi  oʻziga xos belgisi uning an’anaviyligida koʻrinadi. An’anaviylik tufayli badiiy ijod namunalari matnida nisbatan barqaror ifoda yoʻllari qat’iylashadi. Bu narsa tasvirning poetik vositalarida ham doimiylik kasb etadi.

  1. Variantlilik – folklorning oʻziga xos belgilaridan biridir. Turli urugʻ- qabilalar oʻzlarining dunyoqarashi, yashash va fikrlash tarzi, hamda ruhiy dunyosi bilan oʻzaro farqlanadi.

Mana shu farqlar turli variantlar kelib chiqishqga olib keladi.  Oʻ’zgaruvchanlik folklorga xos boshqa belgilarning, xususan, ogʻzakilik, kollektivlik, badihagoʻylik kabi xususiyatlarning mahsuli sifatida vujudga keladi.

Shuningdek, bunda jamiyat rivojining ham oʻrni bor.

  1. Anonimlik folklorning  oʻziga xos belgilaridan biridir.

Xullas, 1846 yili ingliz folklorshunosi  tomonidan fanga atama sifatida olib kirilgan «folklor» soʻzi lugʻaviy jihatdan xalq va donishmandlik ma’nolarini  anglatib, fanda xalq tomonidan yaratilgan san’at asarlarini ifodalaydi. Bu haqdagi ilm esa folklorshunoslik deb yuritiladi. Yozma adabiyot bilan umumiy tomonlari mavjud boʻlganidek, oʻziga xos xususiyatlari ham mavjuddir.

Oʻzbek adabiyoti tarixi «Tohir va Zuhra», «Boʻz oʻgʻlon», «Yusuf Ahmad» kabi xalq kitoblarini ham oʻz ichiga oladi. Bular folkloristikaning ham, adabiyot tarixining ham predmetidir. Tarjima adabiyoti ham oʻzbek adabiyoti tarixining muhim bir qismini tashkil etadi.

Oʻzbek xalqi asrlar davomida koʻpgina xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlib keldi. Shu aloqalarning mevasi sifatida tarjima adabiyot vujudga keldi. Oʻzbek tiliga tojik, ozarbayjon, Eron, hind, arab, rus va boshqa xalqlarning koʻp badiiy asarlari va tarix kitoblari tarjima qilindi. Nizomiyning

«Xisrav va Shirin», «Haft paykar», Sa’diyning «Boʻston», «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», «Yusuf va Zulayho», Hiloliyning «Shoh va Gado», shuningdek,

«Kalila va Dimna», «Ming bir kecha», «Ravzatus safo», «Badoyi-ul-vaqoe» va boshqalar shular jumlasidandir.

Xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyot haqida.

Mavzular.

manba