Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar va Turk xoqonligi hukmronligi davrida ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot.

0
Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar va Turk xoqonligi hukmronligi davrida ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot.

Xioniylar,  Kidariylar,  Eftaliylar  va Turk  xoqonligi  hukmronligi  davrida ijtimoiy-  iqtisodiy  va  madaniy hayot.

Xioniylar,  Kidariylar,  Eftaliylar  va Turk  xoqonligi  hukmronligi  davrida ijtimoiy-  iqtisodiy  va  madaniy hayot. Yangi yer egaligi munosabatlarining tarkib topa boshlashi bilan sug’oriladigan yer maydonlarining  ma’lum bir qismi mulkdor zodagon tabaqa vakillari – “dehqonlar” qo’lida to’plana boshlagan. Buning  natijasida qishloq jamoasining erkin qo’shchilari ma’lum darajada zodagon dehqonlar asoratiga tushib,  ularga qaram kadivarlarga aylana borganlar. Obikor yerlarning ibodatxonalarga tegishli qismi “vag’nze”  deb yuritilgan. Yaylovlarning asosiy qismi oqsoqol zodagonlar qo’lida bo’lgan.

V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftaliylarning o’troq-lashuvi kuchayadi. Buning oqibatida  sug’oriladigan yerlarga bo’lgan talab ortadi. Mazkur ehtiyojni qondirish maqsadida kichik-kichik zovur  va anhorlar qazilib, ko’plab yangi yerlar o’zlashtiriladi. Hozir-ga qadar saqlanib qolgan Zaxariq, Bo’zsuv,  Darg’om kanallari V asrda barpo etilgan yirik sug’orish tarmoqlarining namunalaridir

Milodiy IV-VI asrlar O’rta Osiyo tarixida ko’chmanchi qabila-larning kirib kelishi hamda yangi  siyosiy uyushmalarning yuzaga keli-shi bilan izohlanadi. Ammo shuni e’tiborda tutish lozimki, o’rga- nilayotgan davrda O’rta Osiyoga kelib joylashgan qavmlar Amudaryo va Sirdaryo hududlarida hayot  kechirib kelayotgan chorvador xalqlarga madaniy va til jihatidan ancha yaqin elatlar edilar.

Shunday  elatlardan  biri  kidariylar  bo’lib,  ular  haqidagi  asosiy  ma’lumotlar  Xitoyning  Beyshi  solnomasida hamda g’arb mualliflaridan Prisk Poniyskiy asarlarida uchraydi. Ushbu ma’lumotlarning  tahlili  kidariylar  sulolasining  asoschisi,  dastlabki  hukmdor  Sidolo  yoki  Kidara  IV  asrda  humronlik  qilganligini  ko’rsatadi.  Ammo  bu  ma’lumotlar  to’liq  emas.  Ba’zi  manbalarda  Kidara  Kushonlar  davlatining  so’nggi  hukmdori  sifatida  tilga  olinadi.  Ushbu  ma’lumotlardan  kidariylar  kushonlarning  bevosita davomchilari bo’lganligini taxmin qilish mumkin. O’sha davr tangalarini o’rgangan olimlar  fikricha, kidariylar Tohariston va Gandxarani 412-437 yillar oralig’ida o’z qo’llari ostida birlashtirganlar.

Kidariylar haqidagi ma’lumotlar nihoyatda cheklangan. Ularda kidariylarning 456 yili Hindistonga  borib Gupta davlatini bosib olganliklari, u yerda 75 yil hukmronlik qilganliklari, 477 yili Gandxaradan  Xitoyga elchilar yuborganliklari ma’lum, xolos, kengroq ma’lumotlar hozircha mavjud emas.

IV asr o’rtalarida o’lkamizga shimoldan ko’chmanchi xioniylar-ning hujumi boshlanadi. Ularga  tadbirkor hukmdor Grumbat boshchilik qilgan. Xioniylar 353 yili So’g’dga yurish qiladilar, 359 yili esa  Eron hukmdori Shopur II bilan ittifoqchilik burchini ado etib Suriyaning Amida shahri uchun bo’lgan  jangda qatnashadilar. Ushbu jangda Grumbatning o’g’li halok bo’ladi.

IV asrning 60-70-yillariga kelib xioniylarning forslar bilan munosabatlari buziladi. Eron shohi  Shopur  II  xioniylarga  qarshi  kurashib,  ikki  marotaba  yengiladi.  Ma’lumotlar  yetarli  bo’lmasada,  mutaxassislar xioniylar kidariylar bilan ittifoqda bo’lganligini taxmin qiladilar. Bunda ular shu davrda

Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi yerlar xioniylar ta’siri ostida bo’lganligi hamda ba’zi manbalarda  xioniylar kidariylar bilan yonma-yon tilga olinishiga asoslanadilar.

V asrning o’rtalarida diyorimizga shiddat bilan kirib kelgan bu yangi ko’chmanchi aholi yozma  manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. Eftaliylar, ularning etnik tarkibi, davlat  tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud.

Eftaliylar haqidagi ma’lumotlar Rim, Vizantiya, Suriya, Arman, Xitoy va Fors manbalarida hamda  Firdavsiyning “SHohnoma” asarida uchraydi. Eftaliylarning kelib chiqishi haqida yagona fikr mavjud  emas. Ba’zi tadqiqotchilar eftaliylarni O‘rta Osiyo-ning janubiy viloyatlarida yashovchi qadimgi mahalliy  elatlardan, boshqalari esa ularni Orol oldi va Xorazmdan kelib chiqqanligini qayd qiladilar. Manbalardan  birida (Lazer Parbskiy, V asr) efta-liylar etti xonadondan iborat massagetlarning etakchi urug‘laridan biri  sifatida bayon qilinadi.

Xitoy manbalarida eftaliylar yuechjilarning boshqa bir sho-xobchasi, ya’ni gaogyuy qabilasining  tarmog‘i,  yoxud  Qang‘yuy  avlodlari  sifatida  talqin  qilinadi.  O‘zlarini  alxonlar  deb  atagan  eftaliylar  Baqtriya-Toxariston  erlarida  yashagan  azaliy  boxtar  qavmidan  chiqqan  etnik  guruh  ekanligini  qayd  qiluvchi fikrlar ham mavjud. Zamonaviy tadqiqotlar eftaliylarning haqiqiy vatani Baqtriya-Toxaristonga  muvofiq kelishini ko‘rsatmoqda.

Eftaliylar  davlati  ulkan  hududni  qamrab  olgan  bo‘lib,  O‘rta  Osiyoning  asosiy  qismi,  SHarqiy  Turkiston hamda SHimoliy Hin-distonning yarmi Gandxara bilan birgalikda mazkur davlat tarkibi-ga  kirgan. Asli eftaliylarda ikkita davlat mavjud bo‘lib, ulardan biri Afg‘onistonning janubi-sharqiy qismi,  Pokiston va SHimoliy Hindiston hududlarini qamrab olgan. Milodiy V va VI asrning birinchi yarmida,  Toroman  va  Mihrqul  ismli  podsholar  davrida  ushbu  davlat  gullab  yashnagan.  Ikkinchi  davlat  O‘rta  Osiyoning  janubi  va SHimoliy  Afg‘oniston  hududlarida  tashkil  topgan.  Bu  erdan  eftaliylar  SHarqiy  Turkiston erlarini zabt etganlar.

Eftaliylar  davrida  shaharlar  ravnaq  topib,  ularning ahamiyati  ortadi.  Kushoniya  (Kattaqo‘rg‘on  yaqinida), Rivdad, Poykend, Tallikon, Termiz, Gurgon, Varaxsha shaharlari shular jumlasidandir. Efta- liylar davlati hukmdorining qarorgohi Varaxsha saroyida bo‘lgan-ligi taxmin qilinadi.

Eftaliylar qudratli va ulkan davlat barpo etdilar. Uning hududlari Kushon davlati hududlaridan ham  katta  edi.  Eftaliylar  Eron  sosoniylarining  harbiy  qudratini  sindira  oldilar.  Sosoniy-larning  sharqqa  yurishlari eftaliylarning qarshiligi tufayli to‘xtadi. Ular Eron shohlarining ichki siyosatiga ham aralashib,  hatto  kimni  taxtga  o‘tqazish  masalasini  hal  qilish  ularning  qo‘lida  bo‘lgan.  Eron  davlati  har  yili  eftaliylarga katta miqdorda o‘lpon to‘lab turgan.

Eftaliylar manbalarda dastlab 453-454 va 457 yillar voqealari bilan bog‘liq tarzda tilga olinadi.  Ularda keltirilishicha, eftaliylar ularga hujum qilgan YAzdigerd II qo‘shinini tor-mor keltirib, Eronning  ichkarisiga  ham  talon-taroj  yurishlarini  amalga  oshirganlar.  Mazkur  voqealar  453-454  yillarda  sodir  bo‘lganligi  qayd  qilinadi.  SHuningdek,  457  yilda  eftaliylar  hukmdori  Vaxshunvar  CHag‘oniyon,  Toxariston  va  Badaxshonni  o‘ziga  bo‘ysundirgan.  456  yilda  eftaliylardan  Xitoyga  dastlabki  elchilar  kelgan.

459 yili Eron taxtiga o‘tirgan Pero‘zning hokimiyatga kelishi manbalarda eftaliylar bilan bog‘liq  ravishda bayon qilinadi. Dastlab eftaliylar yordamida hokimiyatga kelgan Pero‘z keyinchalik ularning  g‘animiga aylanadi hamda 459-484 yillarda eftaliylarga qarshi uch marta yurish qiladi.

Birinchi  yurishdayoq  Pero‘z  mag‘lubiyatga  uchrab  asirga  tushadi.  Vizantiya  imperatori  Zenon  o‘rtaga tushib katta mablag‘ evaziga uni eftaliylar tutqunligidan xolos qiladi. SHartnomaga muvofiq  Pero‘z chegara yaqinidagi Talikon shahrini eftaliylarga topshirish hamda ikki o‘rtadagi chegarani qayta  buzmaslik majburiyatini oladi.

Ammo o‘z mag‘lubiyatini tasodifga yo‘ygan Pero‘z tez orada yana eftaliylarga qarshi yurish qiladi.  Bu  gal  ham  mag‘lubiyatga  uchragan  Pero‘z  katta  miqdorda  o‘lpon  to‘lashga,  yosh  o‘g‘li  Qubodni  eftaliylar qo‘lida garovda qoldirishga majbur bo‘ladi hamda eftaliylarga 2 yil mobaynida soliq to‘lab  turish majburiyatini o‘z zimmmasiga oladi. Mazkur mag‘lubiyat natijasida Xuroson hududi to‘laligicha  eftaliylar tasarrufiga o‘tadi.

Manbalarda yozilishicha, eftaliylar va forslar o‘rtasidagi uchinchi urushga Pero‘zning eftaliylarni  aldashi  sabab  bo‘lgan.  Pero‘z  eftaliylar  hukmdori  Kunxa  bilan  go‘yo  do‘stona  munosabat  o‘rnatish  maqsadida o‘z singillaridan birini uning nikohiga berishni va’da qiladi. Ammo singilning o‘rniga o‘z

cho‘rilaridan birini yuboradi. Bunday haqoratdan g‘azablangan Kunxa o‘z qo‘li ostidagi Eron harbiy  mutaxassislarini qatl etishga farmon beradi.

Vizantiya   yordamidagi   uchinchi,   so‘nggi   yurishida   Pero‘z   o‘z   qo‘shin-lari   bilan   maxsus  tayyorlangan bo‘ri o‘ralariga tushib halok bo‘ladi. Mazkur voqea 484 yili Marv yaqinida sodir bo‘lib,  ushbu mag‘lubiyat natijasida Sosoniylar davlatining qudrati Eftaliylar tomonidan sindirildi. Pero‘zning  qizi asirga tushib, Vaxshunvarning nikohiga olindi.

Eftaliylar   jamiyati   ijtimoiy-iqtisodiy   tuzumining   tahlili   bu   davrda   aholining   asosiy   qismi  dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lib, qolgan qismi esa ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganligini  ko‘rsatadi. Eftaliylarning ko‘pchiligi mahalliy aholi bilan arala-shib, o‘troq turmush tarziga o‘tgan hamda  shahar hayotini o‘zlashtirgan-lar. Ko‘chmanchi turmush tarzini afzal ko‘rganlari esa kigiz o‘tovlarda  yashab, keng va sersuv yaylovlarga ega bo‘lishgan. SHu boisdan ular man-balarda goh chorvadorlar, goh  shaharliklar sifatida tilga olinadi.

YAngi er egaligi munosabatlarining tarkib topa boshlashi bilan sug‘oriladigan er maydonlarining  ma’lum bir qismi mulkdor zodagon tabaqa vakillari – “dehqonlar” qo‘lida to‘plana boshlagan. Buning  natijasida qishloq jamoasining erkin qo‘shchilari ma’lum darajada zodagon dehqonlar asoratiga tushib,  ularga qaram kadivar-larga aylana borganlar. Obikor erlarning ibodatxonalarga tegishli qismi “vag‘nze”  deb yuritilgan. YAylovlarning asosiy qismi oqsoqol zodagonlar qo‘lida bo‘lgan.

V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftaliylarning o‘troq-lashuvi kuchayadi. Buning oqibatida  sug‘oriladigan erlarga bo‘lgan talab ortadi. Mazkur ehtiyojni qondirish maqsadida kichik-kichik zovur va  anhorlar qazilib, ko‘plab yangi erlar o‘zlashtiriladi. Hozir-ga qadar saqlanib qolgan Zaxariq, Bo‘zsuv,  Darg‘om kanallari V asrda barpo etilgan yirik sug‘orish tarmoqlarining namunalaridir.

VI asr boshlarida Oltoy o’lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O’sha paytda hozirgi Mo’g’uliston  va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida  Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug’ining mavqyei ko’tariladi. Ashin urug’iga mansub Asan va  Tuu 460-545 yillarda boshqa urug’larni o’zlariga bo’ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga  asos  soladilar.  Tuuning  o’g’li  Bumin  Telye  qabilasini  ham  bo’ysundiradi.  Bumin  Jujan  xonligiga  tobelikdan  chiqish  uchun  kurashadi  va  551  yilda  Jujan  xonining  qo’shinlarini  yengib,  ularni o’ziga  bo’ysundiradi. Bumin 552 yilda Xoqon deb ye’lon qilinadi va yangi davlat – Turk hoqonligiga asos  soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O’tukan shahri yedi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug’i ortib  borgan. U ko’p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi  Turk xoqonligiga har yili o’lpon tariqasida yuz bo’lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur bo’lgan.

553 yilda Buminxon vafot yetgach, hokimiyatga uning katta o’g’li Mug’anxon (553-572) o’tiradi.  Mug’anxon 558 yilda jo’janlarga so’nggi bor qaqshatqich zarba berib, o’z davlati hukmronligini Tinch  okeangacha  bo’lgan  hududlarda  mustahkamlaydi.  Uning  amakisi  Istami  (unga  «Yabg’u»  –  bahodir  unvoni ham berilgan) bo’lsa, bu davrda xoqonlik hududini g’arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar  va boshqa hududlarni yegallaydi.

563-567 yillar davomida Istami yabg’u qo’shinlari yeftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib,  O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlarni yegallashga muvaffaq bo’ladi. Buning oqibatida  Yeftaliylar  davlati  qulaydi.  Turk  xoqonligi  O’rta  Osiyo  yerlarini  ishg’ol  yetgach,  uning  hududlari  bevosita Yeron chegarasiga tutashadi.

Xoqonlik  Eron  bilan  yaxshi  qo’shnichilik,  savdo-sotiq  aloqalarini  o’rnatishga  intiladi.  Shu  maqsadda Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Yeronga yelchilar yuboriladi.  Biroq Turk xoqonining Yeronga ikki bor yuborgan yelchilari faoliyati muvaffiyasiz chiqqach, Yeronning  xoqonlik bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi ma’lum bo’ladi. Buning boisi Yeron  shohining O’rta Osiyo hududlariga da’vogarligida yedi. Bu yesa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning  Yeron bilan urushlar olib borishiga sabab bo’ladi. Istami qo’shinlari Yeron shohi Xisrav I ni yengadi.  Yeron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillosi hajmida tovon to’lashga majbur bo’ladi.  Mug’anxon   va   uning   avlodlari   g’arbda   Qora   dengizga   qadar   hududlarni   zabt   yetib   o’zlariga  bo’ysundirganlar.

Turk xoqonligi 568-569 yillarda o’sha davrning qudratli davlati-Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo- sotiq aloqalarini o’rnatishga intilib, sug’d savdogari Maniax boshchiligidagi yelchilarni u yerga yuboradi.  Yelchilar  imperator  Yustinian  II  qabulida  bo’ladi.  Shundan  so’ng  Vizantiyannig  Zemarx  boshliq yelchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu yesa shu davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch va savdo-tijorat  munosabatlarini o’rnatishda muhim ahamiyat kasb yetgan. Xioniylar,  Kidariylar,  Eftaliylar  va Turk  xoqonligi  hukmronligi  davrida ijtimoiy-  iqtisodiy  va  madaniy hayot.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba