Bosh sahifa mavzular Xitoy va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ta’lim tizimlari.

Xitoy va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ta’lim tizimlari.

0
Xitoy va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ta’lim tizimlari.

Xitoy va Lotin Amerikasi mamlakatlarida  ta’lim tizimlari.

Xitoy va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ta’lim tizimlari.

Xitoy ta’lim tizimining tarixi juda uzoqdir, uning ildizi qadimiy davrlarga borib taqaladi. Xitoyda dastlabki maktablar eramizdan ancha  ilgari vujudga kelgan. Qadimgi

Xitoy faylasufi va pedagogi (eramizdan oldingi V-IV asrlarda yashagan) Kun Tszi

(Konfutsiy) qator ilg’or pedagogik g’oyalarni olg’a surgan va xususiy o’qitishga asos solgan.

XXR tashkil topguncha boshlang’ich maktab 1946 yilda rivojlanishning eng yuqori darajasiga etgan. O’sha paytda Xitoyda 290 mingdan ortiq maktablar mavjud bo’lib, ularda 23 million nafardan ziyod o’quvchilar ta’lim olgan. 1946 yilda boshlang’ich ta’limga bolalarning taxminan 20 foizi jalb qilingan. Shu bilan birga katta yoshli aholining 90 foizidan ko’prog’i savodsiz edi.

1949 yilda xalq inqilobi g’alaba qozonganidan keyin Xitoyda savodsizlikni tugatish va maktab ta’limini keng tus oldirish bo’yicha juda katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Xalq ta’limini isloh qilish to’g’risidagi (1951 yilgi) qarorda bolalar va o’smirlar uchun ham, kattalar uchun ham boshlang’ich hamda o’rta maktablarning keng tarmog’ini yaratish ko’zda tutilgan edi. Islohotga muvofiq o’qish muddati boshlang’ich maktabda 5 yil va o’rta maktabda 6 (3-3) yil qilib belgilandi. Lekin keyinchalik boshlang’ich maktab ham 6 yillik bo’ldi.

XXR tashkil topgan dastlabki yillarda mamlakatdagi maktablar tizimi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish rejalariga muvofiq jiddiy takomillashtirildi. Ammo 1958 yilda Mao Tsze – dun va uning guruhi “katta sakrash” yo’li bilan barcha sohalardagi, shu jumladan, ta’lim borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atini sun’iy ravishda tezlashtirishga qaror qildi. Shundan so’ng moddiy sharoitlar hisobga olinmay, ta’limning sur’atlarini jadallashtirish boshlandi,  bu harakat ta’lim va tarbiyaning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Yangi tashkil qilingan minglarcha boshlang’ich maktablar tegishli binolarga, darsliklar va  o’quv qo’llanmalariga, zarur asbob anjomlar va yaxshi tayyorlangan o’qituvchilarga ega emasdi. Maktab ta’limining inqirozi 1966 yilda nihoyatda kuchaydi.

Mamlakatda uzoq vaqt davom etgan 1966 – 1976 yillardagi “madaniy inqilob” davrida Xitoy xalqining aqliy imkoniyatlarini ham zaiflashtirdi. Shunga ko’ra mamlakat rahbariyati ta’lim tizimini qayta tiklash va yanada takomillashtirish tadbirlarini qo’llashga kirishdi.

XKP MKning 1985 yil 27 mayda qabul qilingan “Ta’lim tizimini isloh qilish to’g’risida”gi qarori hozirgi bosqichda ta’limini rivojlantirishning muhim omili bo’ldi. Unda ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarini qayta qurish va takomilllashtirish tadbirlari belgilandi. 1986 yil 12 aprelda Umumxitoy xalq vakillari majlisining sessiyasida Xitoy Xalq Respublikasining “Majburiy ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi va bu Qonun 1986 yil 1 iyuldan kuchga kirdi.

Mana shu Qonunga muvofiq majburiy ta’limning muddati boshlang’ich va to’liqsiz o’rta maktabda 9 yil, to’liq o’rta maktabda 3 yil qilib belgilandi.

Hozir Xitoyda boshlang’ich maktablarning ikki turi mavjud bo’lib birinchi turida o’qish muddati 5 yil va ikkinchi turida 6 yil. Boshlang’ich va o’rta maktablardagi ta’lim hamma tushunadigan putun xua tilida olib boriladiki, u xitoy tilining pekin shevasiga asoslangan.

Xitoydagi balalarning bir qismi boshlang’ich maktabga kirishdan oldin bolalar bog’chalarida tayyorlanadi.

Xitoyda so’nggi 20 yil mobaynida har qaysi oila bittadan bolaga ega bo’lishi siyosati yurgizilishi sababli o’quvchilarning soni ancha kamaydi.

Boshlang’ich maktab o’quv rejasiga 9 ta predmet: axloqiy tarbiya, ona tili, arifmetika, “Jamiyat” (tarix, geografiya), tabiatshunoslik, jismoniy tarbiya, ashula va musiqa, badiy tarbiya, mehnat ta’limi kiritilgan. Mana shu asosiy o’quv predmetlaridan tashqari, haftada 6-8 soat faoliyatning har xil turlariga: mustaqil tayyorlanishga, (1-2 soat), sinf majlislari  o’tkazishga (1 soat), sport o’yinlariga (2-3 soat), qiziqishlar bo’yicha mashg’ulotlarga (2 soat) ajratiladi.

Lotin Amerikasi mamlakatlari 1961 yilda AQSh taklif etgan iqtisodiy yordam dasturini, ya’ni “Taraqqiyot yo’lidagi ittifoqi” dasturini qabul qilishga majbur bo’ldi. Unda xalq ta’limini rivojlantirishning o’n yillik rejasi ham ifodalangan, umuman, mazkur dasturda maktablar tarmog’ini kengaytirish, o’quv maskanlarini bartaraf etishning, butun jamiyatni zamonaviylashtirishning asosiy omili ekani qayd etilgan, ammo dasturda asosan xorijiy mustamlakachilar va mahalliy zodagonlarning maqsad hamda manfaatlari nazarda tutilgan bo’lib, ularning niyati avvalo xodimlarni etishtirish va taraqqiyparvar jamoatchilikning diqqat e’tiborini dolzarb siyosiy muammolardan chalg’itish edi.

60-70 yillarda Lotin Amerikasidagi barcha mamlakatlarda maorif organlarining faoliyati keskin kuchaydi. Hukumat maktab va universitetlar ishiga, ularni moliyaviy ta’minlashga jiddiy e’tibor berdi. Amerika davlatlararo organlari va BMT tashkilotlarining, avvalo YuNESKOning harakatlari tufayli o’qituvchilar tayyorlash, shuningdek, maktab xodimlariga yangicha o’qitish usullarini o’rgatish keng tus oldi. 60yillar oxiridan ko’pgina Lotin Amerikasi mamlakatlarida maktab va universitet ta’limi tizimi isloh qilina boshlandi. Islohotning asosiy g’oyasi o’quv maskanlarini ma’rifiy mazmundagi yoki mahalliy maqsadlarni ko’zlangan vazifalarni bajarishga, fan texnikani takomillashtirish negizida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirishdan iborat edi.

Ta’lim siyosatini ana shu tariqa o’zlashtirishlarini Shimoliy Amerika o’quv markazlari asosida ta’limni zamonaviylashtirish deb baholash mumkin edi. Mazkur o’zlashtirishlar pedagogik jihatdan muayyan amaliy maqsadlarni ko’zlashga da’vat etdi. Yosh avlodni o’qitish sohasidagi mazkur o’zgarishlar ko’pchilikni ishonchini oqlamadi va umidini puchga chiqardi. Tub ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirmay, ta’lim sohasida ham muvaffaqiyatlarga erishib bo’lmasligi to’g’risidagi fikrlarni isbotladi.

60-70 yillarda ta’lim sohasini rejalashtirish asta-sekin yo’lga qo’yildi, o’quv yurtlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibga solindi. Maktab ishlarini markazlashtirish kuchaydi va bu hol o’quv dasturlarini tuzish,  kadrlardan foydalanish, maktab binolarini kurish kabi ishlarni muvofiqlashtirish imkonini berdi.

Mintaqadagi (Barbasdan boshqa) hamma mamlakatlarda bolalarni majburiy ravishda 14 yoshgacha (Peruda 16 yoshgacha) o’qitish joriy etildi. Boshlang’ich maktabdagi, ayrim mamlakatlarda, hatto o’rta maktabdagi o’qish ham bepul qilindi. Lekin bu qoida faqat davlat sektoriga qarashli maktablarga taalluqli edi.

Lotin Amerikasi mamlakatlarining ba’zilarida maktablarning azaliy tizimini o’zgartirish bo’yicha ham islohotlar o’tkazildi. Boshlang’ich maktablarni va o’rta maktablarning dastlabki bosqichlarini birlashtirgan maktab ta’limi bazaviy turkumi tuzildi. Chunki boshlang’ich maktabga asoslanib kelgan kasbkorlik maktablarining umumta’limiy saviyasini oshirish zarur edi. Dastlab 1965 yilda Chilida 8 yilga mo’ljallangan bazaviy turkum tashkil topgan bo’lib, 70-yillarda Boliviya va Braziliyada ham 8 yillik. Peru, Salvador va Venesuelada 9 yillik Argentinada 6 yillik, Yamayka va Kolumbiyada 5 yillik ana shunday turkumlar joriy etildi. Peru, Panama va boshqa qator mamlakatlarda majburiy ta’lim faqat boshlang’ich maktablarga emas, balki butun bazaviy turkumga ham tatbiq qilindi.

Lotin Amerikasi mamlakatlarining ayrimlaridagi o’quv dasturlarining tor ixtisoslashuvi va muayyan amaliy yo’nalishiga ega bo’lishi yoshlarning umumta’limiy tayyorgarligi uchun zararli bo’lib, tayyorgarlik darajasi pasayishiga olibkeldi. Braziliya, Kolumbiya, Venesueladagi maktablar ixtisoslashtirilganining oqibati ana shu  fikrni yaqqol isbotlaydi. Mazkur islohot aholini ish bilan ta’minlashning, davlat korxonalari uchun kadrlar tayyorlashning ba’zi muhim milliy muammosini va boshqa ba’zi masalalarini hal etish imkonini bergan bo’lsada, qator salbiy natijalarga olib kelishi ham muqarrardir. Chunki ushbu ixtisoslashtirish bir tomonlama xarakterga ega bo’lib, maktab tizimining amerikachalashuviga, uning insonparvarligi buzilishiga sabab bo’ladi. Mintaqadagi mazkur o’zgartirishlardan ko’zlangan asosiy maqsad  ajnabiy manopoliyalar va mahalliy katta  kompaniyalar korxonalarini erlik mehnat  resurslari hisobidan malakali kadrlar bilan ta’minlash edi. Shunga ko’ra ta’limning isloh qilish dasturining bir tomonlama xarakteri tez orada yaqqol ayon bo’ldi.

Shunga qaramay, mintaqada ta’limni isloh qilish, shu jumladan,  o’rta maktablarni ixtisoslashtirish milliy iqtisodiyotni kadrlar bilan  ta’minlashda ma’lum darajada yordam berdi. Shuning uchun ham davlat boshlang’ich  maktablar bilan bir qatorda o’rta va oliy o’quv yurtlarini ham mablag’ bilan ta’minlashni kuchaytirib bordi. Mintaqada xususiy o’quv yurtlari tarmog’i ham kengaydi. Ta’limning hamma bosqichlaridagi o’quvchilar kontingenti, ya’ni soni ancha ortdi. Lotin Amerikasi mintaqasi 1975 yilda  bolalarni boshlang’ich ta’limga jalb etish bo’yicha dunyoda birinchi o’ringa chiqdi va qolgan hamma ko’rsatkichlar  bo’yicha rivojlanayotgan  mamlakatlardan ancha ilgarilab ketdi.

Mavzular.

manba