XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar .

0
Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug’bek davrida maktab islohoti.

XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar

XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar . Jahon dinlaridan, umumbashariy ta’limotlardan bo’lib hisoblangan islom dini insonga mohiyat, faoliyatiga maqsad va yo’nalish beruvchi, jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib, birlashtirib, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizmat qiladigan ma’naviyat, ma’rifat odob-axloq tarbiyasining barcha muammolarini o’z ichiga qamrab oladi. Umuman olganda, islom dini yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga oid bo’lgan fikrlar, qarashlar, ta’limotlarning mukammal manbai, yaxlit ilmiy-dunyoviy, diniy tizimidir.

Islom dini necha-necha asrlar mobaynida odamlarni, bani bashariyatini ulug’ maqsadlar yo’lida birlashtirishga, hamjihat bo’lishga, tinchlik-totuvlikni mustahkamlashga, axloqiy va ma’rifiy kamolotga, halollik va poklikka, iymon va e’tiqodga mehnatsevarlik va  vatanparvarlikka, ezgulik va saxovatga, bahri kenglik va mehr-oqibatlilik, ezgulik maqsadlari yo’lida qo’lni qo’lga berishga, o’zaro nizolar, qonli to’qnashuvlarga, milliy, irqiy, diniy kamsitilishlarga yo’l qo’ymaslikka, umumiy uyimizkurrai zaminda do’st-birodarlar, ahil-hamkor bo’lib yashashga, umuminsoniy madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat boyliklaridan, jahon tsivilizatsiyasi yutuqlaridan o’zaro bahramand bo’lishga da’vat etib kelmoqda.

Islom dinining umumbashariy qadriyat, ilohiy, ilmiy-dunyoviy ta’limot  sifatida barhayotligini ta’minlab kelayotgan asosiy manbalari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardir.

Qur’oni Karim bilan tanishar ekanmiz, “Ilm” so’zi asosidagi “alima” (bilmoq) fe’l negiziga tayangan kalimalar turli hollarda 750 marta takrorlanganligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan bo’lib, bu o’zak faqat “Alloh”, “Rabb” (Parvardigor ma’nosida), “bo’lmoq” va “gapirmoq” kabi eng ko’p ishlatilgan o’zak-so’zlardan keyin beshinchi o’rinda turar ekan.

Rasullohga nozil bo’lgan 5 oyat hozirgi Qur’oni Karim matni 96-surasi (“Alaq”)ning birinchi oyatlari bo’lib, shunday boshlanadi: “Iqra’ bi-ismi robbikal-lazi xalaq!” (“Yaratgan rabbing nomi bilan o’qi!”). Oradan bir oyat o’tib yana “o’qi!”so’zi qaytariladi: “Iqra’ va robbikal akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insona ma lam ya’lam” (“O’qi! Sening o’ta karamli parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatdi”).

XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar . Ilmga qiziqtirish borasida Alloh Qur’onda shunday deydi: «Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo’la oladilarmi albatta bu haqda faqat aqlli kishilargina eslaydilar: (“Zumar” surasi, 9-oyat). Boshqa bir oyatda ilmli kishilar Allohning huzurida boshqalardan ko’ra yuqori darajada turishlari ochiq-oydin aytilgan: «Alloh taolo sizlardan imon keltirganlarni va ilmli bo’lganlarning darajasini ko’taradi» («Mujodala» surasi, 11-oyat).

Alloh o’zining yagonaligiga ham ilmli kishilarni guvoh qilgan: «Alloh albatta uning o’zi yagona iloh, undan boshqa ibodatga sazovor zot yo’qligiga shohidlik beradi. Shuningdek, farishtalar va ilm egalari ham bu narsaga adolat bilan shohidlik berdilar» («Oli Imron» surasi, 18-oyat).

Shu oyatda Alloh ilmli kishilarning shohidligini o’z farishtalarining shohidligi  bilan tenglashtirgan. Bu esa, ilmli kishilarning hurmati Alloh huzurida naqadar yuqori ekanligini ko’rsatadi.  Aksincha, Qur’on ilmsizlarni  tanqid qiladi: “Shunday qilib Alloh ilmsizlarning qalbini berkitib qo’yadi”.  (“Rum” surasi, 59-oyat). Qur’on ilmning chegarasi yo’q ekanligini ham bayon qilib o’tgan: “Har bir ilmlining ustidan undan ham ilmliroq bor” (“Yusuf” surasi, 76-oyat).

Bu oyatdan maqsad shuki, olimlar o’z ilmlari bilan mag’rurlanib, o’z ustida ishlashni tark etmasinlar, doimo ularni ham birov tanqid qilib qolishiga o’zlarini tayyorlab tursinlar, demakdir. Qur’on musulmonlarni barcha narsaning haqiqatini bilish uchun doimo ilm payida bo’lishga chaqiradi: «Ey, parvardigor, mening ilmimni ziyod qilgin deb ayt” (“Toho” surasi, 114 -oyat).

Islom kishilarni ilmga chaqirish bilan kifoyalanib qolgan emas, balki aqliy va fikriy harakatsizlikning oldini olish asos-larini kishilarga ko’rsatgan. Bu quyidagi narsalarda ayon bo’ladi:

  1. Ilm biror narsani hujjatli, aniq dalil bilan bog’lamaguncha, uni haqiqat deb tan olmaydi. Qur’on ham musulmon-larga dalilsiz narsani qabul qilmaslikni buyuradi: «Ular aytdilar, jannatga kim yahudiy yoki nasroniy bo’lsa kiradi. Bu ularning orzusi xolos. Sen, agar gaplaringiz  to’g’ri bo’lsa, dalil va hujjat  keltiringlar, deb aytgin” (“Baqara” surasi,111-oyat).

Bir narsaga dalil va hujjat bo’lmasa, ishonib bo’lmaydi. Boshqalarga taqlid qilib, shirk e’tiqodida bo’lganlarni Alloh so’roq qiladi: «Kim Alloh bilan qo’shib boshqa ilohga dalil va hujjatsiz ibodat qilgan bo’lsa, uning hisob-kitobi Allohning huzurida bo’ladi. Albatta kofirlar najot topmaydilar» («Mo’’minun» surasi, 117-oyat).

Ilm doimo mavhum narsani deb aytishdan qaytaradi. Gumonni  rost deyish  to’g’ri emas. Bir masala  to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini  bilish uchun uning hujjati, kuchiga qaraladi, agar xujjati kuchli bo’lsa, masala haqiqat, hujjat kuchli bo’lmasa, masala gumon. Mana shu ilmiy farqlash Qur’on  ta’limotlariga  ham to’g’ri keladi.

Qur’on haqiqiy – ilmiy narsalarga suyanishga, gumon va xayollardan uzoqda bo’lishga buyurgan va gumonga ergashganlarning holi yomon bo’lishini aytib o’tadi: «Balki zolimlar ilmsiz ravishda havoyi-nafslariga ergashadilar» («Rum» surasi, 29-oyat).

Alloh musulmonlarga ilmiy asosda ish olib borishni ko’rsatib, shunday deydi: «O’zing bilmagan narsaga ergashma. Albatta, ko’z, quloq va qalb barcha narsadan so’raladi» («Isro» surasi, 36-oyat). Oyatning ma’nosi shuki, o’zing aniq bilmasang, senga aytiladigan turli-tuman narsalarga ergashma. Chunki inson qiyomat kunida qulog’i eshitgan, ko’zi ko’rgan, qalbi jo qilgan barcha narsalar haqidagi so’roqlarga javob berishi kerak. Biz eslab o’tgan oyatlarning barchasi ishning asosi aniq, sobit, ilmiy ravishda bo’lishi zarurligini, gumon va turli fikrlar bo’lmasligini anglatadi.

XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar . Ilm ko’r-ko’rona taqliddan qaytarishda Qur’on bilan muvofiqdir. Qur’onda bir fikrni ota-bobomiz qilgan, deb, o’zlari aql ishlatmay yurganlarni tanqid qilingan: «Agar ularga Alloh tushirgan narsaga va payg’ambarga yaqin kelinglar, deyilsa, ular otabobolarimizdan qolgan narsa bizga kifoya qiladi, deydilar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan, va to’g’ri yo’lda yurmagan bo’lsalar, unda nima bo’ladi» («Moida» surasi, 104-oyat).

Boshqa bir oyatda shunday deyilgan: «Agar ularga Alloh tushirgan narsaga ergashinglar, deyilsa, ular, yo’q biz ota-bobolarimizdan ko’rganimizni qilamiz, deydilar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan bo’lsalar va to’g’ri yo’lda yurmagan bo’lsalar, unda nima bo’ladi. Kofirlar xuddi bir qo’y podasiga o’xshaydilarki, ular cho’ponning qichqirig’ini eshitadilar-u, ma’nosiga tushunmaydilar. Ular kar va ko’rdirlar, aqllarini ishlatmaydilar»   («Baqara» surasi, 170-171-oyatlar).

Qur’onning shu oyatlaridan ko’rinib turibdiki, aql ishlatmay, o’zi ishonch hosil qilmay — ko’r-ko’rona taqlid qilish kofirlarning ishi ekan. Har bir inson Islomni bilib, unga ishonch hosil qilmaguncha, ko’r-ko’rona taqlid qilgani bilan mo’’min bo’la olmaydi. Qur’on xalqlarni boshliqlar va yo’lboshchilarga ko’r-ko’rona taqlid qilishdan ehtiyotlanishga chaqiradi. Uning aytishicha, yo’lboshchilar ham va unga ergashganlar ham noto’g’ri yo’lda bo’lsalar — qiyomat kunida teng azob chekadilar.

Buning ma’nosi shuki, bu dunyoda yo’lboshchilik qilganlar, qiyomat kunida o’ziga ergashganlardan qochar ekan. Ikki guruh ham azobga duchor bo’lib oralaridagi aloqa uzilar ekan.

Qur’on ota-bobolarga, boshliqlarga va yo’lboshchilarga ko’r-ko’rona taqlid qilishdan qaytarish bilan birga, faqat bir taraflama fikrlashdan ham qaytardi va biror narsa qilmoqchi bo’lsa o’sha narsaning yaxshisini tanlab olishga chaqiradi: “Ular (musulmonlar) gapni eshitganlaridan so’ng, eng yaxshisiga ergashadilar. Shunday kishilarni Alloh to’g’ri yo’lga boshlaganlar va ular aql egalaridirlar” (“Zumar” surasi, 18-oyat).

Mana shu oyatda Alloh musulmonlarni barcha gaplarni eshitib, tushunib, so’ngra yaxshisiga ergashishga buyuradi. Alloh shunday qilganlarni ilohiy hidoyatga erishganlar va o’tkir aql egalari, deb ataydi.

Aslida ilm degani ishlarni aql yordamida bajarishga aytiladi.  Aql esa, uchragan narsani  tushunib olish qobiliyatidir. Qur’on barcha ishlarda aqlni ishlatishga chaqiradi, aqlni ishlatmaganlarni qattiq tanqid qiladi. Qur’onda aqlga taalluqli  so’zlar 50 marta ishlatilgan. Aql egalarining so’zi esa  10 martadan ko’proq ishlatilgan. Shuning o’zi ham Qur’on aqlga  katta e’tibor berganini dalililidir. Qur’on aqlning ulkan ne’mat  ekanligini  bayon qiladi: “Albatta bu narsalarda aqlli kishilar uchun  belgilar bor” (“Ra’d” surasi, 4oyat). “Biz oyatlarni aqlli kishilar uchun bayon qilib qo’ydik. Aqlni ishlatmaydilarmi” (“Baqara” surasi, 76-oyat) va hokazo.

Boshqa oyatlarda esa, aqlni ishlatmaganlarni ayblaydi: “Allohning huzurida eng yomon jonzotlar kar-soqov, aqlni ishlatmaydiganlaridir” (“Anfol” surasi, 22-oyat). “Sen ularning ko’plari eshitadilar va aql ishlatadilar, deb hisoblaysanmi. Ular xuddi hayvonlarga o’xshaydilar, balki hayvonlardan ham battardurlar” (“Furqon” surasi, 34oyat).

XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar . Boshqa bir oyatda aqlni ishlatmaslik oxirat azobiga sabab bo’lganligini eslatadi: «Ular (do’zaxilar) agar eshitganimizda va aql ishlatganimizda do’zaxilardan bo’lmas edik, deyishadi» («Mulk» surasi, 10-oyat).

Mana shu narsalarning barchasi Islomdan aql va aqliy tarbiyaning naqadar ulkan baholanishini ko’rsatadi.

Ilmning asoslaridan  biri shuki, tabiiy haqiqatlar o’zgarmasdir. Ishonchli dalil bilan sobit bo’lgan haqiqat barcha vaqtlarda  haqiqatligicha qolaveradi. Bu narsa Qur’onda shunday ta’kidlab o’tilgan: “Avvalgilarning qilganlariga  qaramaydilar-mi, Allohning  qilgan ishlariga hech qachon o’zgarish topa olmaysan. Allohning qilgan ishlarini hech qachon boshqachasiga aylantir-ganini ham topa olmaysan”  (“Fotir” surasi, 43-oyat).

Boshqa bir oyatda “Allohning yaratganini o’zgartirib bo’lmay-di” deyilgan (“Rum” surasi, 30-oyat).

Bu oyatlarda  tabiiy qonunlar va Alohning qilgan ishlari o’zgarmasdan o’z holiga sobit qolajagi ochiq-oydin aytilgan.

Biror narsani atroflicha o’rganish Qur’on buyurgan ilmiy asoslardan biridir. Qur’on oyatlarida bir narsani atroflicha o’rganish uchun ko’z, quloq, xususan aqlni ishlatib oldinga suriladi. «Ankabut» surasida shunday deyilgan: «Er yuzida yurib, maxluqotlar qanday yaratilganligini o’z ko’zingiz bilan ko’ringlar» (20-oyat).

Shunga o’xshash oyatlar Qur’onning boshqa suralarida ham ko’plab uchraydi. Ularning umumiy  ma’nosidan ma’lum  bo’ladiki, inson onadan tug’ilganidan so’ng ko’rish, eshitish va aqlni ishlatish orqali ilm hosil qiladi.

Qur’on oyatlarida  tabiiy  ilmlarni  o’rganishga  chaqiriqlar bor. “Rum”  surasida  shunday deyilgan: “Osmonlarning  va erning yaratilishi  Allohning alomatlaridandur, shuningdek, sizlarning tillaringiz, ranglaringizning turlicha bo’lishida ham, albatta, olimlar uchun alomatlar bor” (22-oyat). “Fotir” surasida esa: “Ko’rmaysanmi, Alloh osmondan suvni  tushiribdi va u suv bilan  ranglari  turlicha  bo’lgan mevalarni  o’stiribdi. Shuningdek, tog’larning ham rangi  turlichadir – oq, qora, qizil. Odamlar, jonzotlar va uy hayvonlarining ham ranglari turlicha. Albatta, olim bandalar Allohdan qo’rqadi” (27-28-oyatlar).

Bu oyatlarda zikr qilingan “Olimlar”dan murod, Alloh  er yuzida  yaratgan mahluqotlarning sir-asrorlarini  biluvchi shaxsdir. Bu oyatlarning  mavzui  ham tabiiy ilmlardir. Chunki tabiiy  ilmlar  borliqdagi  narsalarni va ularning  xususiyatini o’rganadi. Avvalgi oyatda  aytib o’tilgan  “osmondan suv tushirish sirini” faqat tabiiy ilm orqali bilinadi. Bu so’zning  tarkibini  va xususiyatlarini  kimyo ilmi orqali  bilinadi. Shu suv sababli  o’sib chiqqan  o’simliklar  va mevalarning sirini  esa tabiyot ilmi  tushuntiradi. Tog’lar va ulardagi oq, qizil, qora turlarin jug’rofiya  o’rganadi. Inson jinslarini va hayvonot olamini esa, antropologiya, zoologiya, biologiya o’rganadi. Oyatning oxridagi  “Albatta olim bandalargina Allohdan qo’rqadi” degan jumlaga nazar solsak, unda Allohni haqiqiy tan olib, unda haqiqatan qo’rqadigan kishilar, tabiiy ilmlarni yaxshi  biluvchi kishilar ekanligini tushunamiz. Chunki bunday olimlar agar imonli  bo’lsalar, ularning ilmi Allohdan qo’rqishga chorlaydi.

Qur’on oyatlarida  insonni o’ziga nazar solish va qanday vujudga kelganini tafakkur qilishga  da’vat bor: “Inson nimadan yaratilganligiga nazar solsin, u bir otilib chiquvchi suvdan yaratilgandir, bu suv sulbdan (orqa umurtqa suyak) va  taroibdan (ko’krak suyagi) chiqadi” (“Tortiq” surasi, 5-7-oyat).

Vujudga kelishning asliga nazar solish orqali  inson biologiya ilmiga etishadi, bu ilm esa, unga inson bir xujayradan  rivojlanib borib, o’zining to’liq inson bo’lib yaratilganicha bosib o’tadigan  bosqichlarining sir-asrorlarini bildiradi.

Qur’onda insonni o’z nafsi haqida fikr yuritishga chaqiruvchi oyatlar bor: “Va o’z  nafsingizda ham alomatlar bor, bularni ko’rmaysizmi” (“Zariyot” surasi, 21-oyat). O’z nafsiga  nazar solish orqali psixologiya ilmiga etib boriladi. Bu psixologiya ilmi esa, insondagi his-tuyg’ular, sezgi – hayajonlar va boshqa ko’pgina holatlarni o’rganadi.

Qur’on musulmon kishining ko’z oldida  turgan mavjudotlarni o’rganishga chaqiribgina qolmay, avvalgi o’tgan halqlarning tarixi, ularning obodonchilik yo’lida  olib borgan ishlari, havoyi-nafsga berilib, oqibatda halokatga uchraganlarini ham o’rganshiga undagan. “Rum” surasida shunday deyilgan: “Er yuzida yurib o’zlaridan avval o’tganlarning oqibati nima bo’lganiga nazar solmaydilarmi. O’tganlar bulardan  ko’ra quvvatliroq  edilar, er yuzida asar qoldirgan edilar, bulardan ko’ra er yuzini  ko’proq obod qilgan  edilar va ularga payg’ambarlari ochiq-oydin xabarlar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmoqchi emas edi, lekin ular o’zlariga – o’zlari zulm qildilar”. (9oyat).

Qarang, bir xalqqa shunday  ta’limotlar kelibdi. Unda o’tgan ummatlarning taraqqiyot, obodonchiligi, yuz tuban ketishi va harob bo’lishi sabablarini  o’rganishga chaqiriq bor ekan. Bu chaqiriq tarix va sotsiologiya ilmini o’rganishga chaqiriq emasmi?

Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) Hadisi Shariflarida ilm inson kamolotining negizi, ezgulik va poklik insonlarni turli ofatlardan saqlovchi vosita deb qaraladi. Hadislarda ilm poklik, halollik, kishilarni yaxshilik sari boshlovchi, qorong’ilikda yo’l ko’rsatuvchi mash’al tariqasida talqin qilinadi. Ilm-bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik johillik, u bilan shug’ullanmaslik nopoklikka va jaholatga olib kelishi ham, ham ulardan ta’kidlanadi.

Islom dinining asosini imon, e’tiqod tashkil etadi. Shuning uchun hadislarda “Dinning ofati uchtadir: 1) beamal olim; 2) zolim hokim; 3) bilmasdan fatvo aytuvchi ulamo” deyiladi; Shuning uchun ilmni qadrlovchi kishiga o’rgatish lozimligi, uni xo’rlovchi, mensimaydigan kishiga o’rgatish gunoh, deb qaraladi.

Ilm bilan shug’ullanishning o’zi etarli emas. Boshqalarni undan xabardor qilish muhimdir. Hadislarning birida ilm o’rganmoq uni tarqatmoq bilan barobar olib boriladi, deyiladi: “Kimki ummatlarimga mening sunnatimga oid 40 hadisni yodlab etkazsa, qiyomat kunida men uni shafoatimga loyiq kishilar safiga kirgizaman” (112-Hadis).

XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar . Tolibi ilmning xolis, kamtarin bo’lishi o’ta muhimdir. Bilganini ko’z-ko’z qilish, maqtanish gunohdir. Kishi bilganini e’tirof etish bilan birga bilmaganini ham tan olishi joiz. Ayniqsa, diniy faoliyat bilan shug’ullanadigan ulamolar, maktab va  madrasalarda tolibi ilmlarga saboq beruvchi ustoz-mudarrislar aytadigan gapini, qiladigan ishini, chiqaradigan fatvosini va beradigan bilimini o’ylab berishi kerak. Hatto aytadigan maslahati ham holisona, beminnat bo’lishi lozim. Hadislarning birida shunday deyiladi: “Kimki birodariga bir ish qilishga bilib noto’g’ri maslahat bersa, demak birodariga xiyonat qilgan bo’ladi” (110-Hadis).

XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar .

Mavzular.

manba