Bosh sahifa mavzular Xiva va Qo’qon xonliklarining tashkil topishi.

Xiva va Qo’qon xonliklarining tashkil topishi.

0
Xiva va Qo’qon xonliklarining tashkil topishi.

Xiva va Qo’qon xonliklarining tashkil topishi.

Xiva va Qo’qon xonliklarining tashkil topishi.

Xiva va Qo’qon xonliklarining tashkil topishi.  Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasida qo’ng’irot,  mangit, nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko’p sonli va eng kuchli qabilalar bo’lgan. Shayboniyxon  bosqini  arafasida Xorazm  temuriy  Sulton  Husayn  Boyqaro boshliq  Xuroson  davlati  tasarruflda  edi.  Xorazmda  qo’ng’irot  qabilasidan  chiqqan  Chin So’fi  hokim  edi.  U  rasman  Husayn Boyqaro  noyibi  hisoblanardi.  1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq  shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Vazir shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar  hukmronligiga qarshi harakat boshlanadi.

Xorazmning  mo’tabar  zotlari  mamlakat  taxtiga  Shaybon  avlodlaridan  Berka Sultonning o’g’li  Elbarsxonni o’tqizishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni  Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo’lsa-da, ular o’zaro dushmanlik munosabatida  edilar. 1480-yilda o’zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o’z bobokaloni  Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o’Idirilganligi buning sabablaridan biri edi.

Xorazmning   erksevar   xalqi   Elbarsxon   yetakchiligida   1511-1512-yillarda   Eron  qo’shinlarini  mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Shu tariqa 1511-yiIda Xorazm mustaqilligi  tiklandi  va  bu  davlat  endi  Xiva  xonligi  deb  atala boshlandi. Bu  davlat  asoschisi  ham  shayboniylar  vakillari bo’ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770-yilgacha davom etdi.

Elbarsxon  davrida  mamlakat  poytaxti  Vazir  shahridan  Urganch  shahriga  ko’chirildi. Elbarsxon  Vazir shahrini Eron qo’shinlaridan ozod etgach, bu g’alaba sharafiga o’z o’g’illari nomiga ,,g’ozi» laqabini  qo’shib aytishni buyurgan.

Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko’pgina qabilalarning ko’chib kelishi yanada  kuchaydi. Natijada xonlik hukmdorlarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi. Bu omil Xiva hukmdoriga  xonlik hududini qo’shni davlatlar hisobiga kengaytirib olish imkonini berdi. Chunonchi, Elbarsxonning  1516-yilgacha bo’lgan hukmronlik davrida Shimoliy Xuroson, Saraxs, Orol va Mang’ishloq egallandi.

Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati singari Xiya xonligi ham bir qancha katta kichik mulklarga  bo’lingan. Xiva xonligining aholisi etnik, madaniy va til jihatdan bir-biridan keskin farq qiluvchi uch  guruhga bo’lingan:

1) qadimiy xorazmliklarning bevosita avlodlari;

2) turkman qabilalari;

3) Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko’chib kelgan qabilalar.

Ayni paytda ular markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka, mustaqillikka intilishgan. Bu hoi o’zaro nizolarni keltirib chiqargan. Xiva xonligida yirik o’zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk  egalariga aylangan. Ular xonlikning butun ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal etuvchi ta’sir ko’rsatib kelganlar.

XVI  asrda  Xiva  xonligi  iqtisodiy  inqirozga  duchor  bo’ldi.  Buning  asosiy  sabablaridan biri  –  Amudaryoning o’z o’zanini o’zgaitirib, 1573-yildan boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo’y-ganligi bo’ldi.  Daryo 15 yil davomida Orol dengizi yo’nalishiga burildiki, natijada eski o’zan atrofidagi yerlar cho’lga  aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan. Bundan tashqari, Xiva  xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o’zaro qabilaviy  urushlar, og’ir soliqlar hamda turli to’lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qilgan. Bu hoi  savdo-sotiqqa katta putur yetkazgan. Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan ikki davlat – Buxoro va  Xiva xonligi o’rtasida doimo o zaro dushmanhk munosabatlari hukm surgan.1 Buning asosiy sababi –  xonliklarning doimo bosqinchilik urushlari hisobiga o’z hududlarini kengaytirishga urinishlari  bo’lsa,  ikkinchisi, Buxoro va Xiva xonligida hukmron sulolalarning bir-biriga g’anim bo’lib qolgan xonadonlarga  mansubligi edi.Xivani Buxoroga bo’ysundirish harakati Ubaydullaxon davrida boshlandi. Ubaydullaxon  1537-  1538-yillarda  Xorazmga  hujum qilib,  Xiva  xonligini  Buxoroga  bo’ysundiradi.  Xiva  xoni  Avaneshxon (1525-1538) qo’shinlari tor-mor keltirildi, xonning o’zi esa o’ldirildi. Ubaydullaxon o’g’li  Abdulazizni Xorazmga  noib  etib  tayinladi.  Biroq  bu  ahvol  uzoq  davom  etmadi.  Mahalliy  xalq  Avaneshxon avlodlari boshchiligida mamlakatni ozod etdi. Ubaydullaxon yuborgan qo’shin ham tor-mor  keltirildi. Abdulazizxon Urganchdan Buxoroga qochib ketadi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu ikki  xonlik o’rtasidagi adovat va dushmanlik to’xtamadi.

Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II 1593-yili Xiva xonligini bosib oladi. Xiva xoni Hojimxon  (1558-1602) oilasi bilan Eron shohi Abbos huzuriga qochishga majbur bo’ladi. 1595-yilda Xiva sultonlari  xonlikning yirik shaharlarini egallaydilar. Lekin shu yili Abdullaxon II Xiva xonligi ustiga yana qo’shin  tortib keladi. Hoji Muhammad (Hojimxon) yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili Abdullaxonning  vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o’zaro toj-u taxt uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva  xonligi taxtini qayta egallashga va o’z hokimiyatini mustahkamlab olishga erishadi. Bu davrda Xiva  xonligi Mang’ishloq,  Bolxon  tog’lari,  Dehiston,  O’zboy,  Shimoliy  Xuroson  hududlarini  ham  o’z  tasarrufiga olgan edi. XVII asr Xiva xonligining siyosiy hayotida o’ziga xos ikki xususiyat — bu, bir  tomondan, markaziy hukmron sulola nufuzining pasayishi bo’lsa, ikkinchi tomondan, qabila bosh-liqlari  ta’sirining kuchayishi bo’ldi. Qabila boshliqlari: beklar, biylarning kuch-qudrati shu darajaga borib yetgan  ediki, ular oliy hukmdorga o’z xohish-istaklarini o’tkaza olganlar.

Xiva  xonligidagi   siyosiy   vaziyat   hukmron   tabaqalarning   urushlari   va   qabilalar  o’rtasidagi  mojarolarni  to’xtatishga  qodir  bo’lgan  kuchli  markaziy  hokimiyatning  barpo etilishini  taqozo  etardi.  Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasi chiqdi.  Bu  zaruriyatning  natijasi  o’laroq,  XVIII  asrning 60-yillaridan  boshlab,  Xiva  xonligida  hokimiyatni  qo’ng’irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o’z qo’llariga ola boshladilar.

Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo’ng’irot qabilasining yo’lboshchisi  Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko’tarilgan.2  U turkmanlarning yovmut va chovdur  qabilalariga  qarshi  kurash  olib  borgan.  Biroq  u dastlab  muvaffaqiyatsizlikka  uchrab,  Buxoroga  –  Doniyolbiy otaliq yoniga ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat,  Shohobod shaharlarini  xonavayron  qiladilar.  Ocharchilik  va  vabo  tarqalib,  o’zbeklar  Orolbo’ylari va  Buxoroga ketishga majbur bo’ladilar.

1770-yilda   Muhammad   Amin   inoq   Buxorodan  qaytib  kelib,  yovmutlarga  qarshi  kurashni  uyushtiradi va ularni Xorazmdan haydab chiqaradi.  Muhammad  Amin  mahalliy beklarni  ham  bo’ysundirishga  muvaffaq  bo’ldi.  U  xon  avlodidan  bo’lmagani  sababli taxtga  Abulxayrxonning  o’g’li  Bo’lakayxonni  nomiga,  qo’g’irchoq  xon  sifatida  o’tqizadi. Hokimiyatni esa o’zi boshqaradi. 1782-yilda Buxoro amirligi qo’shinlarining hujumini qaytarib,  Xiva xonligi mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin inoq 20 yil  davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan.

Hukmronligining  so’nggi  yillarida  o’z  qabilasining  faol  qatlamiga,  savdogarlar  va ruhoniylar  madadiga tayangan hamda turli turkman qabilalari o’rtasidagi o’zaro nizolardan oqilona foydalana olgan

Muhammad  Amin mamlakatda  nisbatan  siyosiy  osoyishtalik  vaziyatini  yaratishga erishdi.  Bularning  barchasi mamlakat iqtisodining ko’tarilisliini ta’minladi. Jon saqlash uchun o’zga yurtlarga qochib ketgan  fuqarolar yana qaytib kela boshladilar. Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan  ancha mustahkamlandi. Muhammad Amin ham, uning o’g’li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini  inoq unvonida boshqarganlar. Chingiz biylaridan soxta xonlar chaqirilib turilgan, Hokimiyat amalda inoq  va maxsus kcngash tomonidan boshqarilgan. Kcngash tarkibiga qo’shbegi, mehtar, vazir va otaliqlar  kirgan. Inoq va kcngash soxta xon nomidan ish yuritgan.

Faqat  Avazning  o’g’li  Eltuzar  (1804-1806)  hukmronligi  davrida  chetdan  soxta  xon chaqirish  to’xtatildi. Nafaqat to’xtatildi, ayni paytda, 1804-yildayoq chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg’oziyni  taxtdan tushirib, o’zini xon deb e’lon qildi. Shu tariqa qo’ng’irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman  egalladi. Bu sulola 1920-yilga qadar Xiva xonligini idora qildi.

Eltuzarxon  xonlikda  markazlashgan  davlat  siyosati  yuritish  uchun  harakat  qildi.  1804-yilda  Eltuzarxon  Buxoroga  yurish  qildi.  1806-yilda  Amudaryo  bo’yida  bo’lgan  hal qiluvchi  jangda  Xiva  qo’shinlari  tor-mor  etildi,  Eltuzarxon  ham  halok  bo’ldi, Eltuzarxon  vafot  etgach,  taxtga  uning  ukasi  Muhammad Rahimxon I o’tirdi. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga  kirishdi.  Ayni paytda, turkmanlarni bo’ysundirish masalasi yctakchi o’ringa chiqdi. Turkmanlarning turli  qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko’rsatmasinlar, birin-ketin bo’ysundirib borildi.

Muhammad Rahimxon I o’zbeklar va turkmanlardan tuzilgan qo’shinga tayanib yirik zodagonlar  qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o’z raqiblarini birin-ketin bo’ysundira bordi. Muhammad  Rahimxon  I  ga dushmanlik  ruhidagi  Orolbo’yi  zodagonlari  guruhi  qattiq qarshilik  ko’rsatdi.  1811-  yilda  ularning  ham  qarshiligi  sindirildi.  Qo’ng’irot  shahri  yakson  qilindi.  Xiva  xoni  mustaqil bo’lib ajralib chiqqan qoraqalpoqlarni bo’ysundirishga kirishdi. Qoraqalpoqlar Buxoro amiri  Haydardan yordam olishga harakat qildilar. Biroq bunga erisha olmagach, Xiva xonligiga bo’ysunishga  majbur bo’ldilar.

1812-1820-yillar oralig’ida qozoqlarning Kichik juz xonligi hududiga 2 marta hujum uyushtirildi.  Buning oqibatida, xonlik hududlarining yanada kengayishiga erishildi.  1813-yilda   Shimoliy   Xurosonda   joylashgan   turkmanlarning   takya   qabilasi   Xiva  xonligiga  qaramligini tan olishga va belgilangan hajmda soliq to’lab turishga majbur etildi.

1822-yilda esa Marv shahri xonlikka qo’shib olindi. 1824-yilda Yangi Marv shahri bunyod etildi.  Muhammad  Rahimxon  I  bo’ysundirilgan  qabilalar  zodagon-larining  qabila  orasidagi mavqeyi  nihoyatda qudratli bo’lganligini hisobga olib, ularga xon yer-mulk va turli imtiyozlar in’om etgan. Bu omil  xonlikda siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi kerak edi.  Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda, mamlakatda  nisbiy barqarorlik ta’minlandi. Uning hududlari yanada kengaydi.

Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842) va Muhammad Aminxon (1846-1855) davrida ham o’zaro  urushlar to’xtamadi. Olloqulixon Buxoroga 7 marta, Xurosonga 5 marta yurish qilgan bo’lsa, Muhammad  Aminxon Marvga 10 marta yurish qiladi. O’nlab shahar va qishloqlar talanadi. Zulm, talonchilik davom  etdi. Xalq turmushi og’irlashib bordi.  Xiva va Qo’qon xonliklarining tashkil topishi.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba