XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.

XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. O’zbekiston tarixi sahifalaridan o’ziga munosib o’rin olgan ma’rifatchilik harakati tasodifiy ravishda yuzaga kelgan emas. Uning paydo bo’lishini taqazo etgan, ob’ektiv zaruriyatga aylantirgan bir qancha sabablar, ehtiyojlar bo’lgan.
Ma’rifatchilik, jadidchilik harakati qadimiy Turonu Turkistonning XIX asrning ikkinchi yarmilaridan boshlab chor Rossiyasi tomonidan zo’ravonlik yo’li bilan bosib olinib, mustamlaka, qilinishiga qarshi norozilik belgisi sifatida hamda xalqimizning ozodlik, mustaqillik yo’lida olib borayotgan kurashlarini qo’llab-quvvatlash, ularga g’oyaviy rahnamolik qilish maqsadida yuzaga keldi.
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Turkistonning chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi o’lkamiz tarixidagi eng qora, eng qonli sahifadir. Mustamlakachilik oqibatida xalqlarimiz o’zining erki va ozodligidan mahrum bo’ldi. Iqtisodiy, siyosiy, harbiy tazyiqlar, oshkora zo’ravonlik siyosati, milliy kamsitishlar o’lkamiz tarixidagi eng qora, eng qonli sahifadir. Mustamlakachilik oqibatida xalqlarimiz o’zining erki va ozodligidan mahrum bo’ldi. Iqtisodiy, siyosiy, harbiy tazyiqlar, oshkora zo’ravonlik siyosati, milliy kamsitishlar o’lkamiz mustamlaka qilib olinishining dastlabki kezlaridanoq boshlangan edi. Xalqimiz, millatimizning ko’rmagan jabr-jafosi, chekmagan azob-uqubati, g’amanduhi qolmadi. Mustamlakachilik zulmi siyosiy, harbiy tazyiqlar, chorizm amaldorlari zo’ravonligi bilan qo’shilib ketdi. Abdurauf Fitrat Turkiston chor hukumatining tom ma’nodagi mustamlakasiga aylanib qolganidan afsuslanib va g’azabga kelib, “ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo’limiz bog’landi, tilimiz kesildi, og’zimiz qoplandi, erimiz bosilda, molimiz talandi, sharafimiz yumurildi, nomusimiz g’asb qilindi, huquqimizga tajovuz bo’ldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi.. Ko’rdim, kezdim, eshitdim, o’qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo’qdir”, – deb yozgan edi.
Chor hukumatining mustamlakachilik zulmi Turkiston xalqi uchun dahshat, ozodlik, erk va mustaqillik yo’lida kishan ekanligini, erki yo’q xalq, millat va vatanning istiqboli bo’lmasligini o’lkamizning taraqqiyparvar, iymon e’tiqodi but, millat ravnaqini o’ylaydigan kishilar, ziyolilarning ilg’or qatlami birinchilardan bo’lib tushunib etishgandi. Ular xalqning milliy ongini oshirish va o’zligini anglatishning asosi, najot va istiqbolning kaliti deb ilmu urfonini tushundilar.
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Birinchidan, ma’rifat yuksaltirmay, milliy ongni o’stirmay, xalqni g’aflat uyqusidan uyg’otmasdan turib mustaqillik uchun kurashib, ozodlikka erishib bo’lmasligini mintaqamizning aqli raso, zukko, siyosiy ziyrak kishilari, donishmand farzandlari yaxshi bilardilar. Shunga ko’ra millat, xalq, Vatan qayg’usi va istiqboli bilan tashvish chekib yashovchi fidoiy yoshlar xalqni qudratli kuch sifatida oyoqqa turg’azishni ilmu urfondan, ma’rifatdan boshlashga azmu qaror qilganlar. Ma’rifatparvarlik harakati yuzaga kelishi va rivojlanishining asosiy ijtimoiy-siyosiy sababi, eng avvalo, shundan iborat edi.
Ikkinchidan, chor hukumati o’lkamizni bosib olgandan keyin mahalliy aholini madaniyatidan, milliy urf-odatlari, an’nalari tarixiy merosi, milliy qadriyatlaridan mahrum etish, ma’naviy kamolotini cheklab qo’yish aholini madaniyatidan, milliy urfodatlari, an’analari, tarixiy merosi, milliy qadriyatlaridan mahrum etish, ma’naviy kamolotini cheklab qo’yish uchun zo’r berib harakat qildi. Madaniy qoloqlik, ma’naviy bo’hron siyosiy va iqtisodiy qoloqlikka asos bo’lishini, bu tadbir o’lkada mustamlakachilik tuzumini saqlab qolish va mustahkamlashda qo’l kelishini, ma’naviy tushkunlikka tushgan, manqurtlik holatiga kelib qolgan millat hech vaqt o’z manfaatlarini anglab mustaqillik uchun uyushib kurash olib borolmasligini chor hukumati amaldorlari juda yaxshi anglab etgan edilar.
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Tarixda isbotlanganidek, barcha tushkunliklar, turg’unlik holatlari, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar ma’naviy bo’hronning natijasi bo’lgan. Butun insoniyat tarixida barcha bosqinchilar biror mamlakatni bosib olib hukmronlik qilish, xalqni asoratda ushlash uchun uning madaniyati, ma’naviyatiga tajovuz qilganlar. Erli xalqlarni ma’naviy qashshoqlik holatida saqlashga zo’r berib intilish barcha mustamlakachi davlatlar singari chor hukumati siyosatida ham katta o’rin tutgan.
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.





