Xonliklarning hududi va aholisi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti.

0
Xonliklarning hududi va aholisi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti.

Xonliklarning hududi va aholisi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti.

Xonliklarning hududi va aholisi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti.

Xonliklarning hududi va aholisi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti. Shayboniylar  davlati  o’z  moxiyatiga  ko’ra  yirik  davlat  bo’lib,  davlat  tepasida cheklanmagan  xokimyatga ega bo’lgan xon o’tirgan. Xonlikning siyosiy tizimida va davlat boshqaruvida Temur va  temuriylar davrida qaror topgan tartib qoidalar, xususiyati bilan birga ko’chmanchi o’zbeklar davlatiga  xos bo’lgan an’analar ham mavjud edi. Davlat boshqaruvida islomiy shariat va odat qonun-qoidalariga  amal qilingan.

Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi xayotiga bog’liq barcha masalalarni hal qiladigan  dargox-saroy devonida jamlangan edi. Davlatning oliy darajadagi amaldorlari a’zo bo’lgan va odatda  bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu maxkam mamlakatning siyosiy, moliyaviy, xar

Biy, tashkiliy va boshqa masalalarni ko’rib chiqardi. Bunda qabul qilingan qarorlar faqatgina xon  tasdiqlangandan so’ng kuchga kirar edi.

Davlat boshqaruv apparatida ko’kaldosh, otaliq, naqib, a’zam, vazir, devonbegi va boshqa oliy  amldorlar katta o’rin tutardi. Davlat boshqaruvida xarbiy-ma’muriy amaldorlardan tashqari, ulamolar, din  peshvolari, shayxlar va xojalar, xususan, Shayx ul islom, Qozi kalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining  ham ta’siri katta bo’lgan. Bu davrda ayniqsa, Jo’ybor shayxlarning mavqei oshib ketgan edi.

Shayboniylar davlatida 40 dan ortiq soliq turlari va jarimalar bo’lgan. Soliq to’lovchi axoli raiyat  (fuqaro)  deb  atalgan  va  ulardan  olinadigan  soliqlardan  tashqari  jarimalar  ham undirib  olingan.  Shayboniylardan so’ng Buxoro xonligi taxtiga Ashtarxoniylar (Joniylar) sulolasi chiqdi va xokimyatni  150 yildan ortiqroq (1601-1756) o’z qo’lida saqlab qoldi. Bu davr o’zbek davlatchiligi tarixidagi eng  ziddiyatli davr xisoblanadi.

Ashtarxoniylar davlati tizimi o’z tuzilishiga va moxiyatiga ko’ra Shayboniylar davlat tizimidan  deyarli farq qilmasdi. Xon rasman oliy xokimyat boshlig’i xisoblanardi va barcha farmon va qonunlar  uning  nomi  bilan  chiqarilar  edi.  Biroq,  amalda  ko’pgina ashtarxoniy  xonlar  yirik  saroy  amaldorlari  qo’lida o’yinchoq bo’lib, joylardagi davlat boshqaruvi viloyatlar xokimlari qo’liga o’tib qolgan edi. Bu  esa o’z navbatida markaziy xokimyatning zaiflashuvi va siyosiy-iqtisodiy inqiroziga olib kelar edi.  Ashtarxoniylar  davrida  Buxorodan  keyingi  eng  nufuzli  shaxar  Balx  bo’lib,  uni  taxt vorisi  boshqargan. Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo’lib, markaziy va maxalliy boshqaruv tizimiga ega edi.

Mamlakat iqtisodiy xayotida savdo-sotiqning axamiyati xatto urushlar bo’lib turgan vaqtda ham  pasaygani yo’q. Asosiy savdo markazlari Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx va boshqalar edi.  Tashqi savdoda asosan Rossiyaning turli shaxarlari (Astraxan, Orenburg, Sibirdagi shaxarlar), Xindiston,  Xitoy, Turkiya, Eron, Qoshg’ar bilan aloqalar mustaxkamlandi. Ashtarxoniylar davlatida soliq tizimi shayboniylar davlati soliq tizimiga o’xshash xolda yuritilgan. Biroq bu davrda tinimsiz urushlar sababli  axolidan soliqlar yig’ib olish ko’paygan. Xatto Subxonqulixon davrida bir yo’la yetti yillik soliqni yig’ib  olishxaqida farmon berilgan va bu xalqning qashshoqlashuviga narxlarning oshib ketishiga olib kelgan  edi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ashtarxoniylar garchi davlat tepasida bir  yarim asrdan ortiqroq vaqt davomida turgan bo’lsalarda, kuchli markaziy xokimyatni saqlab qolishga  erisha olmadilar, bu esa mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, xarbiy saloxiyatining tushkunlikka uchrashiga  va  inqiroziga  olib  keldi  hamda  XVIII  asr o’rtalaridan  ular  xokimyatni  mang’it  amirlari  qo’liga  topshirishga majbur bo’ldilar.

Qo’qon davlat boshqaruv tizimida eng oliy xukmdor «xon» bo’lib, u deyarli chelanmagan xuquqqa  ega edi. Qo’qon xonlari dastlab «biy» unvonida bo’lib, Olimxon davridan boshlab (1805 yildan boshlab)  «xon» unvoni joriy etilgan. Uning vorisi Umarxon(1810-1822) esa o’ziga «amir al-mo’minin» unvoni  oldi va amalda siyosiy va diniy xokimyatni birlashtirdi. Garchi xon cheksiz xokimyat egasi sanalsada,  saroyda urug’ boshliqlari va qo’shin qo’mondonlarning ta’siri kuchli edi. Bu esa xonning siyosiy kuch- qudrati ma’lum iqtisodiy asoslarga va ijtimoiy guruxlarga bog’liq ekanligini ko’rsatadi.

Xon saroyda tuzilgan Kengash muxim ishlarni ko’rib chiqqan va unga mingboshi raxbarlik qilgan.  Bu kengashning davlat boshqaruvida axamiyati katta edi. Saroy amaldorlari ichida mingboshi (bosh  vazir) va amirlashkar (xarbiy vazir), qushbegi- xon maslaxatchisi yoki viloyat xokimi, parvonachi (xon  maslaxatchisi), shig’ovul (vaziri ilmiya) va boshqa amaldorlar katta o’rin tutgan. Ular o’z xizmatlari  evaziga yillik maosh olganlar. Shuningdek, ularga xizmatlari uchun yer-mulklar ham in’om etilgan.

Ichki savdo munosabatlari mahalliy maxsulotlar asosiy o’rin tutardi. Tashqi bozorga chiqadigan  maxsulotlarning asosini qishloq xo’jalik mahsulotlari (paxta, jun, ip, mato, quruq meva va boshqalar)  tashkil etib, ular XIX asrdan boshlab, bevosita Rossiyaga chiqarila boshlandi. Tashqi davlatlardan (Xitoy,  Rossiya, Hindiston) asosan metall va metall buyumlar, fabrika mahsulotlari, choy va boshqalar keltirilar  edi. Xonlikdagi asosiy soliq hiroj bo’lib, u pul va mahsulot tarzida undirilib olinardi. Zakot va boshqa  soliqlar bilan birga kanallar qazish, ariqlarni tozalash, obodonchilik ishlari, turli qurilishlar kabi majburiy  ishlar ham mavjud edi.

Xonlikdagi barcha mansab va unvonlar 3 toifaga:

xarbiy-ma’muriy. Xarbiy.

Diniy amallarga bo’lingan.  Saroy unvonlari ichida xondan keyin turuvchi eng nufuzli amaldorlar inoq, otaliq, biy xisoblangan. Ular xonning eng yaqin maslaxatchilari bo’lib, davlatning siyosiy, moliyaviy, iqtisodiy, xarbiy xayotini  nazorat qilib turganlar. Xonlikning siyosiy – iqtisodiy xayotida ulardan tashqari naqib, amir al – umaro,  mextar, qo’shbegi, beklarbegi, devonbegi, parvonachi, dasturxonchi, eshikog’asi, shotir, yasovulboshi,  udaychi, mingboshi, mirobboshi va boshqalar muhim o’rin tutardi. Shayxulislom boshchiligidagi din  peshvolari diniy hokimiyatni boshqarar edi.

Xiva xonligida davlat tili o’zbek tili bo’lib, barcha ishlar va hujjatlar yagona tilda – o’zbek tilida  olib borilar edi. Xiva xonligi XVI – XVIII asrlarda viloyatlarga bo’lingan bo’lsa, XVIII asr oxiri – XIX  asr boshlaridan boshlab, davlatdagi siyosi ma’muriy birlik bekliklarrga aylantirildi. Bu davrda xonlikda  16 ta beklik, ikkita noiblik mavjud edi. Ular Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Ko’hna Urganch, Qo’shko’prik,  Pitnak, G’azovot, Qiyot, Shobboz (Shoxabboz), Shovot, Toshhovuz, Ambarmanak, Urganch, Xo’jayli,  Shumanay va Qo’ng’irot bekliklari hamda Beshariq va Qiyot – Qo’ng’irot noibliklaridir.

Bu noiblik va bekliklarni xon tayinlaydigan beklar va noiblar boshqarar edi. Xiva shaxri esa xon va  bosh  vazir  (inoq)  ning  izmida  bo’lgan.  Xonlikda  o’troq  dexqonchilik tumanlarida  asosan  o’zbeklar  yashar,  ular  mamlakat  aholisining  asosiy  ko’pchiligini tashkil  etardi.  Xonlikda  saroy  amaldorlari,  markaziy  va  mahalliy  boshqaruvning  yuqori  pog’onalari  egallab  turgan  ijtiomiy  tabaqalar,  harbiy  ma’muriy amaldorlar va mansab egalari katta xuquq va imtiyozlarga ega ijtimoiy tabaqa edi.

Xonliklar orasida Xiva xonligi boshqa davlatlarga nisbatan o’zining tajovuzkor yurishlari bilan  ajralib turardi. Bunday yurishlar asosan Buxoro va Eron davlatlariga nisbatan olib borilgan. Xonlikda oliy  bosh qo’mondon xon hisoblangan. Inoq harbiy – ma’muriy amaldorlarga yetakchilik qilardi. Qo’shinlar boshlg’i sarkarda bo’lib, amir – ul umaro deb yuritilgan. Xonning shaxsiy gvardiyasiga yasovulboshi  qo’mondonlik qilgan.

Qo’shinlar otliq va piyoda qismlarga bo’lingan. Shuningdek, yollanma turkmanlardan ham iborat  qo’shin mavjud bo’lib, ular o’zbek sarbozlari bilan birgalikda qo’shinningsh asosiy kuchi sanalgan. Jang  olib borish usuli Chingizxon va Amir Temur davridagi qoidalarga asoslangan. Asosiy qurollari o’q – yoy,  qilich, nayza, dubulg’a, kam miqdorda miltiq va zambaraklar bo’lib, qalqon va sovut himoya vositasi  hisoblangan.

Xonlikda asosiy sudlov mahkamalari qozilik idoralari bo’lgan. Bu mahkamalar bir necha pog’onali  bo’lgan. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat yoki oliy shaxs xon hisoblangan. Uning o’zi og’ir  jinoiy ishlarni shaxsan ko’rib chiqqan. Undan keyingi o’rinda bosh sudya – qozikalon turgan. Xonlikda  har  bir  viloyat,  tuman,  qasaba,  shaxarlarda xon  tomonidan  tayinlangan  qozilar  bo’lib,  ular  o’z  yordamchilari – muftilar yordamida mulkchilik bilan bog’liq masalalarni hal qilish, mayda jinoyatlarni  ochish va shu singari ishlar bilan shug’ullangan. Viloyatlarda jinoyi ishlarni ko’rib chiqishga maxalliy  xokimning ham xuquqi bor edi. Qishloqlarda mayda mojarolar qishloq oqsoqoli tomonidan xal etilgan

Xonlikda  barcha  yerlar  davlat  yerlari,  vaqf  yerlar  va  xususiy  mulklarga  bo’linar  edi. Voxa  iqtisodiyotining  asosini dexqonchilik  va  chorvachilik,  xunarmandchilik  va  savdo-sotiq  tashkil etardi.  Dexqonchilikda Amudaryo quyi oqimidan bosh oladigan kanallar va ariqlar katta o’rin tutgan. Asosiy  yerlar quydagi 11 kanaldan sug’orilgan: Pitnak, Polvon, Qazovot, Shoxabboz, Yarmish, Qilich Niyoz biy,  Karakuz, Arna, Bo’zsuv, Suvvoli va Xon kanallari. Xonlikda  paxtachilik  va  bug’doy  asosiy  ekinlar  bo’lgan.  Chorvachilikda  yilqi,  tuya, qoramol  boqilgan.  Xunarmandchilik  ancha  keng  tarqalgan  bo’lib,  asosiy  yirik shaxarlarda  to’plangan  edi.  Mamlakat iqtisodiyotining asosini savdo-sotiq tashkil etgan. Xonlikning geografik qulayligi uning ichki  va tashqi savdosi rivojlanishiga ta’sir ko’rsatardi. Xonlikda tranzit savdo aloqalari ham yaxshi yo’lga  qo’yilgan edi.  Xonliklarning hududi va aholisi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba