Bosh sahifa mavzular Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari tahlili.

Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari tahlili.

0
Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari tahlili.

Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari tahlili.

Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari tahlili.

Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o’qitish, ya’ni didaktika katta o’rin egallaydi. Uning didaktikasida tabiiylik metodi asosiy rol o’ynab, bu metodning mohiyati, bolaning yoshini, bilim hajmini, psixologik xususiyatlarini hisobga olib, darsni tabiat borlig’iga moslab o’tishdan iboratdir.

Masalan: Qush o’ziga uya yasaydi, uya issiq va yumshoq bo’lishi kerak. Maktab ham xuddi shunday bo’lishi kerak.

«Buyuk didaktika» da didaktik printsiplar berilib, dars jarayonida o’qituvchi qo’llash kerakligi ko’rsatiladi. Komenskiy ko’rsatmalilik printsipini nazariy jihatdan isbotlab berdi. U bu printsipni faqat ko’rsatib o’qitish usuli tariqasidagina emas, balki barcha sezgi organlarini narsa va hodisalarni asosli va yaxshi o’zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to’g’ri tushunadi.

Ko’rsatmalilikni o’qitishning «Oltin qoidasi» deb atadi. Ko’rsatmalilik printsipida:

  1. a) bolaga real narsalarni ko’rsatish, b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish, v) narsalar modelini ko’rsatish, g) o’qituvchining so’zi. Komenskiy «Mir chuvstvenno’x vehey v kartinkax», («Dunyodagi narsalarning rasmlarda aks etishi») asarida o’qitilayotgan, o’rganilayotgan narsalarni ushlash, ko’rish, eyish, hidlash kerakligini aytib, bu o’rganilayotgan materialni chuqur bilishiga va esda uzoq vaqt saqlanishiga olib keladi, deydi.

Komenskiy onglilik printsipini o’qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og’zaki yodlashga qarshi chiqadi. «Aql-idrok bilan yaxshi tushunib olingan narsadan boshqa hech bir narsani zo’rlab yodlatmaslik kerak». O’quvchilar «O’rganilayotgan narsa kundalik hayotda qanday foyda etkazishini o’qituvchi yordamida anglab olishlari kerak. Shu bilan hodisalarning sabablarini anglatmoq, har bir narsani to’la tushuntirib bo’lguncha, shu narsa ustida to’xtamoq kerak» deb hisoblaydi.

Komenskiy ta’limning tizimli bo’lishini talab qiladi. O’qitilayotgan material o’quvchilarga asosiy qoidalar tariqasida lo’nda bayon qilinishi kerak. O’qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o’tish, dalillar va misollarni qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo’lib qoladi. Konkretdan abstraktga, ya’ni mavhumga osondan qiyinga, umumiydan xususiyga o’tish kerak; avval narsa, ya’ni hodisaga umumiy tushuncha berib, keyin uning turli tomonlarini ayrim-ayrim o’rganish kerakligini ko’rsatadi.

Izchillik printsipida kun, oy, yilga vazifa qo’yish va uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi. Bunda a) aniq vaqtni belgilash, b) o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi v) material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni bugungi material ertagi bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish kerak.

Komenskiy materialni mustahkam, asosli o’zlashtirib olishlariga katta ahamiyat berib, «mustahkam asos» vujudga keltirish, o’qitilayotgan narsalarni bir-biriga bog’lagan holda olib borish lozim, deydi. Har bir mavzu qisqa, aniq qoidalar asosida berilishi kerak.

O’tilgan materialni mashq qildirish va takrorlatish o’quvchilarni materialni mustahkam o’zlashtirishiga olib keladi. Takrorlangan dars materiali esda yaxshi saqlanib qoladi. Ovoz chiqarib takrorlashning foydasi ko’pligini ko’rsatadi. Mashqlar o’rnida bir qancha qoidalarni belgilab, takrorlash yo’llarini aniqlab beradi. O’qitishda taqrib bilan tahlilni bir-biriga qo’shib olib borish kerakligini ko’rsatadi.

Komenskiy o’quvchilarning bilish qobiliyatini  o’stirishga bilimga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytirishga va ilm ishiga bo’lgan g’ayratini oshirishga intiladi.

Sinf-dars tizimi. Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bo’lib ish olib borishini, ya’ni sinf-dars tizimid o’qitishni olib borishni tavsiya etdi. Komenskiy sinfdars tizimini ishlab chiqdi. Dars vaqtida o’tgan darsni qaytarish yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa beri kerakligini ko’rsatdi. Darsni rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar berdi. Har bir darsning o’z mavzusi va o’z vazifasi bo’lishini aytdi. O’qituvchi o’quvchilarning dars mashg’ulotlarida faol qatnashishlarini ta’minlashi, kuzatib borishi, sinfda intizom saqlanishi kerakligini aytdi. O’quv jarayonini tashkil qilishni haddan oshirib yuborib, o’qituvchi bir vaqtda 300 o’quvchi bilan dars olib borishi mumkin, deb hisobladi. O’qituvchi o’ziga yaxshi o’quvchini yordamchi qilib olishi mumkinligini aytdi.

Maktabda o’quv yili va uni o’quv choraklariga bo’lish, ta’tillar berilishini kiritdi. O’quv kunini (ona tili maktabida 4 soat, lotin maktabida 6 soat) belgilab berdi. O’quvchilar maktabga bir vaqtda qabul qilinib, o’qish kuzda (sentyabrda) boshlanishi kerak, deb hisobladi.

Komenskiy darslik qanday bo’lishi to’g’risida qimmatli fikrlar aytib, o’z zamonasi uchun namunali bo’lgan bir necha darsliklar yozdi. O’zining nazariy fikrlarini darsliklarida amalga oshirdi. Darslikda o’quv materiali etarlicha bo’lishi, qisqa, mazmunli, tushunarli, izchil berilishi kerak. Darslik oddiy, bolalarga tushunarli tilda yozilishi, rasmlarga boy bo’lishi kerak. Darslikdagi material muntazam tartlb bilak joylashtirilishi, bolalarning yoshiga qarab ravshan bayon etilishi shart. Komenskiyning «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» va «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» darsliklari mashhurdir.

«Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» darsligini o’zining didaktik printsiplariga amal qilgan holda tuzdi. Darslik turli sohalarda bolalar tushuna oladigan bilimlar bilan tanishtiradi.

«Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari»ni boshlang’ich bilimlarning bolalar uchun yozilgan entsiklopediyasi deyish mumkin. 150 ta suratlar bilan berilgan qisqa maqolada tabiat haqida (olam, geografiyaga doir, o’simliklar, hayvonlar, inson tanasi haqida), odamning faoliyati haqida (kasb-hunar, qishloq xo’jaligi, madaniyat), ijtimoiy hayot haqida (davlat boshqarmalari, sud haqida) ma’lumotlar beradi.

Bu kitob ko’p tillarga tarjima qilindi, boshlang’ich ta’lim uchun 150 yildan ko’proq yaxshi darslik bo’lib xizmat qiladi.

Axloqiy tarbiya. Intizom. Komenskiy yoshligidan boshlab bolada axloq va odob hosil qilish kerakligini aytdi. Mardlik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, vaqt va vaziyat talab qilganida foyda etkazishga tayyor bo’lib turish, burchni ado qilish kabi xislatlarni o’z ichiga olgan fazilatdir. Shu asosiy fazilatlardan tashqari kamtarlik, mo’min-qobillik, kishilarga xayrixohlik, pokizalik, puxtalik, xushmuomalalik, kattalarni hurmatlash, mehnatsevarlik xislatlarini tarbiyalashni ham muhim vazifa deb hisoblaydi.

U quyidagilarni axloqiy tarbiya vositalari deb biladi: a)ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarining namunasi; b) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbatlar o’tkazish; v) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik, o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish.

Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib, «Intizomsiz maktab suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Kaltak, xipchin – qullik qurolidir, deydi. Bolalarga insoniy muomalada bo’lishini aytdi. Intizom: a) o’qituvchining namuna ko’rsatishi, samimiy, ochiq xayrixohligi, b) o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri munosabati (agar u bolani sevsa, uning yaxshi bo’lishini istasa, darsi mazmunli bo’lsa, tushuntira olsa intizomlilik vujudga keladi), v) bolani ko’pchilik oldida, o’rtoqlari ichida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi.

O’qituvchining roli va unga qo’yiladigan talablar. Komenskiy o’z davridagi iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni qattiq tanqid etdi. O’qituvchilikni «er yuzidagi har qanday kasbdan ko’rayuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi. Bu o’qituvchiga nisbatan yangi ilg’or qarash edi, chunki o’sha davrda o’qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy aholining o’qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etishi bilan o’qituvchining o’zi jamiyatda muhim vazifani bajarayotganini tushunib olishi va o’z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi.

O’quvchi sof vijdonli ishchan, sabotli, axloqli bo’lishi, o’z ishini sevishn, o’quvchilarga otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi lozim. «O’zi» namuna ko’rsatib, o’quvchilarni o’ziga qapatishi o’qituvchining birinchi vazifasidir, degan edi. Dindorlikni o’qituvchining yaxshi xislati deb biladi.

Shunday qilib, Yan Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika ilmiga asos solib maktabning taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Mavzular.

manba