Yangi ijtimoiy mavqeiga erishishi va kasbiy o‘zini o‘zi anglash.
Yangi ijtimoiy mavqeiga erishishi va kasbiy o‘zini o‘zi anglash.Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g’alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta`sir etadi. Natijada unda takkaburlik, mag`rurlik xislari paydo bo’ladi, o’zining boshqalardan ustun qo’ya boshlaydi yoki aksincha, hayot zaxmatlari unda
loqaydlik tuyg’usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko’rinishga ega bo’lgan ruxiy xolat ham oila a`zolari, tengqurlari, mehnat jamoasi, a`zolarining ta`siri orqali asta-sekin muayyan yo’nalishga tushib qoladi. Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan harakat qiladi, voqelikka turmush ikir-chikirlariga.
Tabiat, jamiyat koinot, hodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, totuvlik, tinchlik, do’stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg’usi bilan yashaydilar. Yetuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o`z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o’z ifodasini topuvchi yangi xislat namayon bo’ladi. ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo’lsalar, endi mehnat maxsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydilar.
Oilaviy turmushga ijtimoiy hayotga, yashashning
maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o’zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar. Turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy-xodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan hayot tajribasiga suyangan holda munosabatda bo’ladilar, har bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati haqida o’z fikrlarini biladiradilar. Hayotda qo’ldan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari ularda etti o’lchab, bir kes qabilida ish tutish tuyg’usini vujudga keltiradi.
Shuning uchun ular umrining biror daqiqasi bekor o’tishiga achinadilar. Yoshlik yillarida yo’qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan to’ldirishga intiladilar. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko’proq o’rin egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra bu chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo’lishi mumkin. Shu sababli yosh davrning chegaralari faqat shartli belgilanadi. Bu omil odamlar yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga jo’g’rofiy iqlim va xokozolarga ham bog’liqdir.
Yangi ijtimoiy mavqeiga erishishi va kasbiy o‘zini o‘zi anglash. Mazkur yosh davrning o’zgaruvchanligini insonning biologik, ijtimoiy va tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muhit, uzluksiz tarbiyaviy ta’sir) belgilaydi. Yu.N.Kulyutkin bir xil davrdagi odamlarda har-xil jarayonlar, xolatlar, xossalar, xususiyatlarning o’sishi, o’zgarishi baravar emas, balki ularning birovdan oldin xotira, keyin tafakkur, boshqa birovda aksincha, rivojlanishni, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisini jadal sur`at bilan o’stirishini o’qtiradi.
Shaxsning o’z ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga intilishi faoliyatning barcha turlarida ma`naviy va ruhiy jihatdan o’zini anglashini yanada takomillashtirdi. Yetuklik davridagi erkak va ayollarning o’zligini anglashdagi «Men» uch xil ko’rinishdan ifodalanadi: «Men» ko’pincha «Men-obraz» shaklida o’zi tomonidan talqin qilinadi.
Shaxsning «Men-obrazi»
1.Retrospektiv «Men» dan iborat bo’lib, o’tmishdagi o’zligini aks ettiradi;
2.Aktual «Men» sifatida tasavvur etilib, o’zining hozirgi davrini ifodalaydi;
3.Ideal «Men» obrazi esa yaqin kelajakda o’zini qanday tasavvur qilish bilan bog’liq holda
yaratiladi.
Shuning uchun o’z imkoniyatlarini hayotda to’la safarbar qilish istagi ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida o’zining o’tmishi obrazini xozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modeliga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-harakat
maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o’tmishdan hozirgi kunda, xozirgi kundan kelajakka intilishi o’zini anglashning bosh mezoni hisoblanadi.
O’zligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bo’lib, o’zini o’zi baxolash, nazorat qilish, tekshirish, qo’lga olish, o’ziga buyruq berish kabilarda aks etadi. O’zini anglash ko’pincha, o’ziga boshqa kishilar: A)yoshi ulug’ odamlar; B)tengdoshlar; V)o’zidan kichik odamlar nuqtai-nazaridan qarashda ko„rinadi. Yangi ijtimoiy mavqeiga erishishi va kasbiy o‘zini o‘zi anglash.












