Yelka tagliklarini ulash.
Elka tagliklarini ulash. Kiyim tayyorlaShda kiyimning yelka qismi ko’tarilibroq, tekis turishi uchun tepa yelka tagliklar, yengning qiyama qismi tekis turishi uchun qiyama tagliklar
tayyorlanadi. Klyim avrasi bilan astari ulaniShi oldidan namlabisitib ishlov bergandan keyin
uning tepa yelka tagliklari va qiyama tagliklari qo’yiladi. Qiyama taglik yengning qiyama qismiga Germaniya «Pfaff» firmasining 38011/13 kl ikki ipli zanjirsimon baxyali mashinasida ulanadi.
Yelka tagliklarini ulash.Tepa yelka taglikning o’rtasi yelka chokiga o’rtasi to’g’ri keltirilib, Germaniya «Pfaff» firmasining 1—175H4702/01913/02 kl. moki baxyali maShinasida o’tqaziladi. Bunda taglikning o’miz tomondagi cheti yeng o’mizi qirqimidan 4 mm. chiqib turadigan qilib, yengning o’tkazma chokidan 0,1 sm. narida o’tqaziladi, buchok yelka chokidan old bo’lak tomonga 67 sm., orqa tomonga 45 sm. davom etadi.
Taglikning oval qismi yelka chokiga yoki bort qotirmasiga qo’lda 56 qaviq solib chatib qo’yiladi. Isituvchi qatlamni avraga ulash Isituvchi qatlam avraga moslab tekshiriladi. Bunda isituvchi qatlam yelka chokidan 1 sm chiqib turiShi, adipning ichkari qirqimi tagiga 22.5 sm kirib turishi, yon qirqimlari esa yon choklardan 2 sm. o’tib turishi kerak. Isituvchi qatlamning bort qirqimi yashirin baxyali maShinada bort qotirmasiga tikiladi.
Yelka tagliklarini ulash.So’ngra isituvchi qatlamning yon va yelka qirqimlari tikiladi. Isituvchi qatlamning yon choklari avraning yon choklariga ulanadi. Bunda yeng o’mizining 810 sm pastidan baxyaqator boshlanib, bel chizig’idan 2025 sm pastroqqacha davom etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlarida isituvchi qatlamning yon choklari avraning yonchoklariga tikib qo’yilmaydi.
Isituvchi qatlam yoqa o’mizi bo’ylab ostki yoqaning o’tkazma chokiga yoki ort bo’lak qotirmasiga (ai ar ostki yoqa o’mizga bostirib tikilgan bo’lsa) tikiladi. Isituvchi qatlam yeng o’mizlarini avra yeng o’mizlari qirqimiga to’g’rilab qirqiladi. Isituvchi qatlam yenglarning o’tkazma chokiga yeng isituvchi qatlamlari bilan birga to’rsimon mashinada tikiladi.
Astarning etagi avraga ulanadigan kiyimlarda isituvchi qatlamning etak uchi avraning bukish haqi tagiga 11,5 sm kirib turadigan qilib, astar etagi avraga ulanmaydigan kiyimlarda esa avraning bukiSh haqi qirqimiga 23 sm yetmaydigan qilib qirqiladi. Ort bo’lak kesimi bor kiyimlarda isituvchi qatlam qirqimlari avra kesimi chetlari tagiga kiritilib, kesim qotirmasiga yashirin baxyali mashinada tikiladi.
Muallif: Raximova G.P , Dushamov S. X.












