Yeng o’tqazish.
Yeng o’tqazish. Isituvchi qatlam yeng avrasiga tirsak choki bo’ylab tikuv maShinasida ulanadi,pastki qismi esa yeng uchidagi qotirmaga yaShirin baxyali maShinada ulanadi.
Isituvchi qatlamni yeng bilan yelimli qotirma va astar bilan birga ulaSh mumkin. Bunda yengning buklash haqiga bir vaqtda old choki tikilgan astar, yelimli qotirma va isituvchi qatlam tikiladi.
Yeng o’tqazish.So’ngra astarni bukib isituvchi qatlamga bostirib tikiladi .Englarni yeng o’miziga maxsus 302 kl va 541 kl «Dyurkopp» maShinalarida 1 sm chok bilan old bo’lakdan o’mizning yuqori qismida 1,52 sm, old bo’lakdagi o’mizning pastki qismida 0,71,5 sm, boShqa joylarida salgina solqi hosil qilib o’tqaziladi. Eng o’tqazilib bo’lgandan keyin, yengdagi solqilar dazmollab kiriShtiriladi, uning o’tkazma choklari esa yorib dazmollanadi.
Eng o’tqazilayotganda bort qotirmasi qo’shib tikib yuboriliShi ham mumkin. Bunday holda old bo’lak bort qotirmasi bostirib ko’klaniShi paytida baxyaqatorni yeng o’miziga parallel qilib, uning qirqimidan 1,52 sm masofada yuritiladi. Qotirmaning ortiqcha joylari old bo’laqtsagi yeng o’mizi qirqimlariga tekislab qirqib tashlanadi. Chok yorib dazmollanadi.
Yeng o’tqazish. Reglan yengni o’tkazayotganda o’miz qirqimi cho’zilib ketmasligi uchun, shu o’miz qirqimi bo’ylab, undan 0,5 sm. masofada yelim uqa tarangroq qilib qo’yiladi. Eng o’miziga 1 sm chok bilan solqi hosil qilib, yeng tomondan tikiladi. O’mizning yon tomonlardagi chokining kertimlari orasidagi qismi yorib dazmollanadi.
Yengnio’miz ochiq vaqtida, ya’ni kiyim yon choklari tikilmasdan oddin o’tkazsa ham bo’ladi. Bunday holda yelka choki tikilgandan keyin yeng o’mizga o’tkazilaveriladi.Buning uchun oldin yengning tirsak choki, kesimi tikib olinadi. Agar yengning old choki kiyim yon chokiga to’g’ri keladigan bo’lsa, yeng bilan o’miz kertimlarini birbiriga to’g’rilab, yeng o’mizga boShdanoyoq to’la o’tkaziladi.
Kiyim yengining old choki bilan kiyim yon choki birdaniga tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi va yeng uchiga ishlov beriladi. Yaxlit bichilgan yengda, ya’ni old bo’lak va ort bo’lak bilan birga bichilgan yoki bir qismi old bo’lak (ort bo’lak) bilan bichilib, ikkinchi qismi ort bo’lakka (oldbo’lakka) o’tkaziladigan yengda ikkita chok bo’ladi.
Ulardan biri yelka chokining davomi, ikkinchisi esa yon chokning davomi bo’ladi. Agar yengning bir bo’lagi o’tkazma bo’lsa, u tegiShli detalga 1 sm kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi va yorib dazmollanadi. Keyin yeng ostki choki kiyim yon choki bilan bir vaqtda biriktirib tikiladi.
Muallif: Raximova G.P , Dushamov S. X.












