Bosh sahifa mavzular Yer osti kommunikatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

Yer osti kommunikatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

0
Yer osti kommunikatsiyalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.

Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari.

Yer osti kommunikatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

Yer osti kommunikatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Yer osti  kommunikatsiyalarining  turlari. Hozirgi  zamon  sanoat va fuqaro  inshootlari  katta  tarmoqli  yer  osti kommunikatsiyalari  bilan  xarakterlanadi. Yer  osti  kommunikatsiyalarini   texnik  ro‘yhatga  olishda, ya’ni joyning  kadastrini  barpo  etishda ularni barcha  o‘zgarish  va  qo‘shimchalari  bilan  aniq  va to‘liq  tasvirlangan  plani  kerak  bo‘ladi.

Geodezik  o‘lchashlar  nuqtai nazaridan  barcha yer osti kommunikatsiyalarini uch turga   bo‘lish  mumkin.

1.O‘zioqar quvur o‘tkazgichlar-ifloslangan  suvlarni  tozalash  inshootlariga yuboradi.        Ular   600mm   va   undan      katta      diametrli      quvurlardan     quriladi.   Bu     turdagi kommunikatsiyalarga  drenajlarni  ham kiritish  mumkin.

O‘zioqar  quvur o‘tkazgichlarni  yotqizishda  loyihaviy  nishabliklarga  katta ahamiyat  beriladi,  nishablikning    eng  kichik  qiymati  200  mm  diametrli    quvur  uchun    0,003-0,001  va  1250mm  va katta diametrli  quvurlar  uchun  0,0005 ni tashkil  etishi kerak.

  1.  Bosimli    quvur  o‘tkazgichlar-  metal  quvurlardan    yasalgan    bo‘lib,    suyuq  va  gaz  mahsulotlari  bosim  ostida  oqiziladi.
  2. Kabel  tarmoqlari – elektr bilan  ishlovchi  transportlar  va yoritish   uchun  ishlatiladigan   yuqori    va  past    kuchlanishli  kabellar    hamda  telefon    va  telegraf    aloqasi,  radioeshittirish,  signallashtirish  uchun  ishlatiladigan  tarmoqlarga  bo‘linadi. 

    Plan  olish usullari. Eng sodda  va shu bilan birga eng aniq  va ishonchli plan olish  usullaridan  biri,  zovurlarga  yotqizilgan  yer  osti kommunikatsiyalarini  ijroiy   planini  olish   hisoblanadi. Planda  burilish  burchak  uchlari,  quduqlar  va boshqa  xarakterli  nuqtalar geodezik    asos  punktlariga yoki  inshoot  o‘qlariga  bog‘lanadi. Balandlik  hisobini  aniqlash  uchun quvur  o‘tkazgich  nivelirlanadi.

    Ijroiy  hujjatlar  mavjud  bo‘lmagan  shahar  hududlarida,  yer osti kommunikatsiyalar   planini  tuzish uchun, shurflash  usuli qo‘llaniladi, bir-biridan  ma’lum  masofalarda  joylashgan   chuqur  bo‘ylama  zovurlar  qaziladi. Zovurlar  joyda quvur o‘tkazgichlar  va  kabellar  zarar   etkazmagan  holda  ehtiyotlik  bilan  qaziladi.

    Induktivl qidirish  asboblari. Yer  osti kommunikatsiyalarini  qidirishda  ishlatiladigan   barcha asboblar  bir  xil prinsipda  tuzilgan  va faqat  sxemalari  va  texnik  xarakteristikasi  bilan   farq  qiladi.  Ular  ikkita  blokdan  tuzilgan  bo‘ladi:  uzatuvchi   va  qabul  qiluvchi.  Yer osti kommunikatsiyalarini qidirish usullari. Yer osti  kommunikatsiyalari   holatini   induktiv  asboblarda  aniqlash  bog‘langan  va  bog‘lanmagan  usullarda  bajarilishi  mumkin.

    Bog‘langan  usul  nisbatan  aniqroq  hisoblanadi.  Bu  usulda  generator   bevosita  quvurga   ulanadi  va   uning  atrofida  elektromagnit  maydoni  tashkil  etiladi.

    Generator  ta’minlash  manbaiga  ulanadi  va  qabul  qiluvchi  qurilma  yordamida,  tovush   eshitish  yo‘li  bilan  yer  osti  kommunikatsiyalari  o‘qlarini  qidirish  boshlanadi.

    Agarda  generatorni  quvur yoki  kabel  o‘tkazgichga  ulash  imkoniyati  bo‘lmasa,  u  holda   qidiruv  bog‘lanmagan  usulda  amalga  oshirilishi  mumkin. Bu  usulning  mohiyati  shundan   iboratki,  generator  kamida  ikkita  nuqtada  erga  sim  orqali  ulanadi, natijada quvur  yoki  kabel   atrofida  elektromagnit  maydoni  hosil  bo‘ladi,  bundan  esa  o‘z  navbatida  qidirish  uchun   foydalaniladi.

    Bog‘lanmagan  usulda  eshitilish  uzoqligi  bog‘langan  usuldagidan  2-4 marta  kam   bo‘ladi. Bu   usulning  aniqligi  kam  hisoblanadi,  shuning  uchun  bog‘lanmagan  usul  asosan   kommunikatsiyalarning  dastlabki  holatini  aniqlashda  qo‘llaniladi.  Yer osti kommunikatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba