Yer yuzaisdagi nuqtalarning absolyut va nisbiy balandliklari.

0

Yer yuzaisdagi nuqtalarning absolyut va nisbiy balandliklari.

Yer yuzaisdagi nuqtalarning absolyut va nisbiy balandliklari. Geodezik balandlik deganda, Yerning tabiiy yuzidagi biror nuqtaning Yer ellipsoidi yuzasidan balandligi tushuniladi. Xaqiqatda nuqta Yer ellipsoidi yuzida emas, balki Yerning tabiiy yuzida joylashgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra nuqtaning Yer yuzidagi o‘rnini aniqlashda uning ellipsoid yuzidan balandligi e’tiborga olinadi.
Yer yuzidagi nuqtaning (1.7.1 -shaklda M nuqta) geodezik balandligi (Ng) bu nuqtadan
ellipsoid yuzasigacha bulgan normal (Mm) uzunligiga teng. Lekin shuni aytish kerakki, Yer
yuzidagi nuqtaning balandligini aniqlashda ellipsoid yuzasi emas, balki geoid yuza boshlanhich deb qabul qilinadi. Geoid yuza dengiz satg‘i deb ham yuritiladi. Yer yuzidagi nuqtaning balandligi dengiz sathiga nisbatan geodezik o‘lchash (nivelirlash) yo‘li bilan aniqlanadi.
Nuqtaning dengiz sathiga nisbatan balandligi absolyut balandlik bo‘lib, N bilan belgilanadi.
Yer yuzidagi har bir nuqtaning absolyut balandligi shu nuqtadan dengiz sathigacha bo‘lgan shovun chizig‘ining uzunligiga teng. Masalan, A nuqtaning absolyut balandligi NA chizik bilan, V nuqtaniki esa Nv chiziq uzunligi bilan ifodalangan (1.7.1- shaklga qaralsin). Odatda har bir mamlakat territoriyasidagi nuqtalarning absolyut balandligi shu mamlakat territoriyasida joylashgan biron-bir dengiz sathiga nisbatan aniklanadi. Masalan, MDX davlatlarida nuqtalarning absolyut balandligi Kronshtadt (Baltika dengizi) futshtogining noliga nisbatan hisoblanadi. Kronshtadt futshtogi—Kronshtadt aylanma kanalidagi ko‘prikniig granit ustuniga mahkamlangan mis reykadir. Bu reykaga Fin qo‘ltig‘i suvining ko‘p yillar davomida kuzatish natijasida aniqlangan o‘rtacha sathi chizilgan. Ana shu chiziqqa Kronshtadt futshtogi noli deyiladi. U nuqtaning balandligini boshlang‘ich deb qabul qilingan. Baltika dengizi sathiga nisbatan aniqlashning iloji bo‘lmagan joylarda biror nuqta boshlang‘ich deb qabul qilinib, shu nuqtaning balandligi shartli balandlik hisoblanadi. Yer yuzidagi nuktalarning absolyut balandliklari o‘rtasidagi farq nisbiy balandlik deyilib, h bilan belgilanadi. Nuqta absolyut balandligining raqam bilan ifodalangan miqdori shu nuqtaning otmetkasi deyiladi. Nuqtaning geodezik balandligini aniqlashdageoid bilan ellipsoid yuzalari o‘rtasidagi farqni e’tiborga olish zarur. Balandlik anomaliyasi deb ataluvchi bu farqe bilan belgilanadi. Balandlik anomaliyasi astronomik-gravimetrik nivelirlash natijasida topilib, undan geoid (kvazigeoid) shaklini aniqlashda foydalaniladi. Kichik territoriyada bajariladigan injenerlik-geodezik ishlarda geoid bilan ellipsoid yuzalari bir-biriga to‘g‘ri keladi deb qabul qilinadi. Yer yuzaisdagi nuqtalarning absolyut va nisbiy balandliklari.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba