Yerning shakli va o‘lchamlari to‘g‘risida tushuncha.
Yerning shakli va o‘lchamlari to‘g‘risida tushuncha.Yerning shakli juda murakkab va o‘ziga xos xususiyatga ega. Yerning tabiiy yuzasi balandlik
va chuqurlik, tog‘lik va tekislik, tizma tog‘ va vodiylardan iborat. Yerning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Yerning shakli deganda, uning tabiiy shakli e’tiborga olinmaydi, faqat uni matematik shakli tushuniladi. Ana shu matematik shakllardan yerning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir.Shakli 1.4.1 Geoid – okean suvi tinch turgan paytda satxi bo‘yicha okeanni quruq ostidan satxiy yuza o‘tkazilganda hosil bo‘ladigan yumaloq shakldir. Yer yuzasidagi har bir nuqtadan satxiy yuza o‘tkazish mumkin. Satxiy yuza o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning barcha nuqtalarida shovun chizig‘i perpendikulyar yo‘nalgan bo‘ladi. Bu shakl yer shakli deb qabul qilingan. Yerning shakli deyilganda quruqlikdagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi. CHunki yer yuzining ko‘p qismi 71% okean va dengiz, oz qismi 29% quruqlik tashkil etadi. Yerni geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa yer bag‘ridagi jinslarni joylanishi va zichligiga bog‘liq. Yerning ichki tuzilishi bir xil bo‘lsa, yer yuzasi silliq bo‘lardi. Yerning ichki qismi har xil jinslardan tashkil topganligi uchun geoid yuzasi to‘lqinsimon bo‘ladi.
Hozirgacha geoid shakli matematik formula bilan ifodalangan emas.Lyokin olib borilgan
geodezik ishlar geoidni aylanma ellipsoidga yaqinligini ko‘rsatdi. Geoid bilan ellipsoidni bir-
biridan farqi(yer yuzining ba’zi nuqtalarida)150 m dan oshmaydi. Bu farq yerning umumiy
kattaligiga nisbatan juda kichikdir. SHuning uchun geodeziyada yer shakli aylanma ellipsoid
shaklida deb qabul qilingan. Yer ellipsoidini o‘lchamlari quyidagicha:a – katta yoki ekvatorial yarim o‘q (radius).
b – kichik yoki qutbiy radius
l – qutblar ortiqligi.
Yer ellipsoidi kichik va katta radiuslari bir-biridan farqi juda kichikdir. SHuning uchun katta
aniqlik talab qilinmaydigan geodezik va kartografik ishlarda yer shar shaklida deb qabul qilingan.Shakli 1.4.2. Yer sharini kattaligini aniqlash bilan juda qadimdan shug‘ullanganlar. Eramizdan avval yashagan Pifagor asarlarida yer shar shaklida bo‘lsa kerak degan fikrni uchratish mumkin. Aristotel asarlarida esa yerni shar shaklida ekanligi haqida dalillar keltirilgan. Yerni kattaligini aniqlash metodini eramizdan oldingi Erotosfyer asarlarida uchratish mumkin. Yer shari kattaligini aniqlashni geodezik metodi gradus o‘lchash metodidir. S – meridianni 1 yoyi uzunli D S , R – meridian aylanmasining radiusi.Gradus o‘lchash metodi ikki qismdan:
1. Meridianda joylashgan 2 nuqtani oralig‘idagi masofani geodezik usulda o‘lchash.
2. SHu nuqtalarni geografik kengligini o‘lchash natijasida 2 nuqta orasidagi joyni grafik
nuqtasini o‘lchashdan iborat.
Yer ellipsoidini elementlari gradus o‘lchash natijalariga asoslanib hisoblab chiqariladi.
Fransuz olimi Delambyer (1800 y) hisoblab chiqargan yer ellipsoidi hozir faqat tarixiy ahamiyatga ega.
MDHda 1946 yilgacha geodezik ishlarda nemis astronomi F. V. Bessel (1841 y) hisoblab
chiqargan yer ellipsoidi elementlaridan foydalanilar edi. Keyingi yillarda Rossiya olimi Bessel
ellipsoidi MDH territoriyasida geoid shakldan ancha farq qilishini aniqlashdi.
Amerikalik olim Xeyford yer ellipsoidini elementlarini hisoblashda AQSHda o‘tkazilgan
gradus o‘lchash natijasiga asoslandi. 1924 yilda Xalqaro geodeziya va geofizika jamiyati bu
ellipsoidni xalqaro ellipsoid deb qabul qilishni taklif etdi.
1940 yilda Krasovskiy yer ellipsoidini elementlarini hisoblab chiqdi. Bu ellipsoidga
Krasovskiy referens-ellipsoidi deb nom berildi. Krasovskiy ellipsoidi yerni haqiqiy shakli geoidga yaqin.
1946 yildan MDHda hamma geodezik ishlar uchun katta yarim o‘qi a = =6378245 m,kichik
yarim o‘qi b = 6356863 m va yer ellipsoidi qutblari siqiqligi: 1:298,3 bo‘lgan F.krasovskiy
ellipsoidi qabul qilingan. Yer shakli radiusi 6371,11 km bo‘lgan shar sirtiga teng deb olinadi.Yerning shakli va o‘lchamlari to‘g‘risida tushuncha.












