Yetuklik davrini davrlashtirish.
Umuman olganda yetuklik davrini davrlashtirish yosh davrlar psixologiyasida anchagina
muammo bo`lgan. Yetuklik davrini Sh.Byuler 5 ta bosqichga bo`ladi va uning bu ishlari
birinchilardan hisoblanadi. Yetuklik davrini davrlashtirish. Bu davrlar quyidagilardir:
Birinchi bosqich-(16-20 yosh)
Ikkinchi bosqich-(16-20yoshdan 25-30gacha)
Uchinchi bosqich-(25-30 yoshdan 45-50gacha)
To`rtinchi bosqich-(45-50yoshdan 65-70gacha)
Beshinchi bosqich-(70yoshdan keyin)
Antropologlar va fiziologlar tomonidan yetuklikning ilk bosqichi, ya`ni yoshlik davrini
quyidagi yoshda boshlanadi deyishadi: 17 yoshdan(D.Birren), 21yoshdan (D.B.Bromley),
20yoshdan ayollar, 21yoshdan erkaklar (xalqaro klassifikatsiya bo`yicha), 25yoshdan (V.V.Bunak). Ilk yetuklik bosqichida saylov huquqiga ega bo`lish, to`liq huquqiy va iqtisodiy javobgarlik, ijtimoiy faollikning barcha turlari bilan shug`ullanish imkoniyati bilan sjrslib turadi.Bu davrga kelib muhim hayotiy qarorlar qabul qilinadi, kasbiy ta`lim olish tugallanib, ma`lum bir kasbni egallanadi, ma`lum muloqot doirasi shakllanadi.
Yetuklik davrini davrlashtirish. Bu davrda ko`pchilik oila qurgan va birinchi farzandli bo`lishadi, er-xotin va ota-ona rollari egallanadi, amalga oshiriladi. Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo’lib, bu darvning o’ziga xos bo’lib, bu davrning o’ziga xos xusuiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabahalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa Yosh davrlardan farqlanadi:
1. Mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga, mehnat jamoasi a`zolarining xususiyatiga moslashish (ko’nikma)- mehnat faoliyatining dastlabki yillari (tahminan1 yildan 3 yilgacha) jamoada o’z o’rnini topish va qadr qimmatga erishish;
2. Mutaxassis sifatida o’zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki
kasbkorlik maxoratini egallash; 3. Maxorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko’rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki ijod faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko’rsatish.
Yetuklik davrini davrlashtirish.Yuqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo’lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o’rtasida yosh jixatdan tafovut mavjud bo’ladi. Masalan, kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yigit-qizlar o’z mehnat faoliyatini oliy ma`lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o’tishlari shart. Hozirgi mutaxassislarning ko’pchiligi o’quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko’nikmalar o’rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar.
Bu qiyinchiliklar o’z mohiyatiga ko’ra 3 xildir: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlarlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma`naviyati, anxanalari va xakazo;
b)bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o’quv yurtida olgan bilimlaridagi uzilishlar,
saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog’liq o’ziga xos qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning moxiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko’nikmaning bo’shligi yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to’la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari oldida lol qolish.












