Yoqa tayyorlash va yoqani yoqa o’miziga o’tqazish.
Yoqa tayyorlash va yoqani yoqa o’miziga o’tqazish.Yoqalar konstruktsiyasi bo’yicha turli tuman bo’lib, ular asosiy yoki bezak matolardan, sun’iy yoki tabiiy mo’ynadan tayyorlanadi. Yoqalar 3 detaldan: ustki yoqa va qotirmadan iborat. Yoqalarning tikiliShi 3 bosqichdan iborat: ostki yoqa tayyorlaSh, ustki yoqaga ostki yoqani ulaSh va yoqalarni o’mizga o’tkaziSh.
Ostki yoqa tayyorlash Gazlamalarni tejaSh va yoqalarga yaxShi Shakl beriSh uchun ostki yoqalar bir necha bo’lakdan tikiliShi mumkin. Bo’laklar kengligi 1 sm chok bilai 904 kl. PMZ yarim avtomatida yoki universal maShinada tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi yoki yorma chok solinadi. Ostki yoqaga qotirma ip yordamida yoki yelimlab ulanadi. Yoqa qotirmasi bir tomoniga yelim kukuni qoplangan zig’ir tolali gazlamadan bichilgan bo’lib, press yordamida quyidagicha ulanadi.
Erkaklar paltosi va yarim paltosi, o’g’il bolalar paltosida qotirma ip yordamida tikuv maShinasida ulaniShi mumkin. Yoqa qotirmasining qismlari quyma chak bilan tikiladi. Ko’tarmasi qattiqroq bo’liShi talab qilinadigan kiyimlar yoqasida ko’tarma qismi zichroq baxyaqator yuritib, yoqa qaytarmasidagi qismi universal maShinada siniq baxyaqator yuritib qavib ulanadi. Ko’tarmasi alohida qavilmaydigan yoqalarda birinchi baxyaqator ko’tarma qirqimiga parallel hodda undan 2 sm. masofada siniq baxyaqator yuritib qaviladi.
Yoqa tayyorlash va yoqani yoqa o’miziga o’tqazish.Ayollar paltolarida piShiqroq yoqa mo’ljallangan bo’lsa ostki yoqa yaShirin baxyali maShinada qaviladi.Birinchi baxyaqator ko’tarma qirqimidan 2 sm. masofada parallel qilib, qolganlari unga parallel qilib 0,7 sm. masofada bajariladi. Ostki yoqa tayyorlaSh, Erkaklar va o’g’il bolalar qiShlik kiyimlarida ko’Shimcha vatin qatlamini yoqa yelimli qotirmaning yelimsiz tomoniga qo’yib, universal maShinada siniq baxyaqator bilan pressda ulanadi.
Oxirida ostki yoqa ustiga andaza qo’yib bo’rlanadi va qirqimlarini aniqlab qirqish bilan birga ko’tarmasiga yoqa o’miziga ulaSh joyini aniqlab bir nechta kertik qo’yiladi.Pressda dazmollab,konstruktsiyasiga muvofiq Shakl beriladi. Hozirgi paytda, ko’pincha ostki yoqalar qalinligi 2 mm. bo’lgan noto’qima mato filtsdan tayyorlanadi. Bu mato beriladigan formani tez qabul qiladi, natijada namlabisitib iShlov beriSh vaqti kamayadi, asosiy gazlama tejaladi, u yaxlit bichiliShi sababli ulaSh choki kamayadi.
Yoqa tayyorlash va yoqani yoqa o’miziga o’tqazish.Ustki yoqani tayyorlash Yoqaning ko’riniShini yaxShilaSh va sifatli qiliSh uchun ustki yoqaning uchlariga pressda qo’Shimcha yelimli qotirma qo’yiladi . Ustki yoqalarning ko’tarmasi ko’pincha alohida bichiladi. Ular siniq baxyaqatorli yoki universal mashinada kengligi 0,7 sm. chok bilan ulanadi. Chok haqini ko’tarma tomonga qayirib, chokdan 0,2 sm. naridan bostirib tikiladi .
Muallif: Raximova G.P ,Dushamov S. X.












