Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish haqida.
2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmonning 4-bandida «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur Farmonning 1-bandi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega YOSHlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, YOSH avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llabquvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va YOSHlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, YOSHlarni ijtimoiy himoya qilish, YOSH oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, YOSHlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, YOSHlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish 20172021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «YOSHlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish» deb nomlangan alohida band (4.5-band)da aks ettirildi va ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoevning tashabbusi bilan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb atalgan 2017 yilda YOSHlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida jiddiy ishlar qilinishi 25 ta topshiriqning bajarilishi aniq qilib belgilab qo‘yildi.
Ma’lumki, 2016 yilning 14 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining 33 moddadan iborat «YOSHlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘RQ-^Yu6-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida YOSHlarga oid davlat siyosatining asoslari 1o‘g‘risida»gi 429-XP-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Qonunlarni qabul qilish masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish uning boshqa bir jihatidir. Shu o‘rinda «YOSHlarga oid davlat siyosati» tushunchasi nimani anglatishini bilib olishimiz lozim. YOSHlarga oid davlat siyosati deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda YOSHlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining «YOSHlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 6-moddasining 1qismida «YOSHlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin», deb belgilab qo‘yilgan. O‘sha modsaning ikkinchi qismida «Davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar YOSHlarni ijtimoiy kullab-kuvvatlash, YOSH fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqaari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan zarur shartsharoitlarni yaratish, jamiyat hayotidaularningo‘rni va faolligini oshirish, soglom va barkamol YOSH avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi», deyiladi. Shundan kelib chiqib, 2017 yilda YOSHlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tasdiqlanadigan mazkur dastur doirasida YOSHlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar YOSHlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy taxdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, iqtidorli YOSHlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, YOSHlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasbhunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks choratadbirlar amalga oshiriladi. Mazkur dasturning ijrosi bo‘yicha davlat hokimiyati mahalliy organlarining mutasaddi xodimlari YOSHlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi ijrosini joylarda sifatli ta’minlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladigan davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazadi. Bunday ishlarni butun yil davomida amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Shu o‘rinda «YOSHlar» tushunchasining yuridik mazmuniga to‘xtalib o‘taylik. Xo‘sh, YOSHlar deganda qonun hujjatlari kimni nazarda tutadi? «YOSHlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, «YOSHlar (YOSH fuqarolar) o‘n to‘rt YOSHga to‘lgan va o‘ttiz YOSHdan oshmagan shaxslar»dir. YOSH oila deganda, er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz YOSHdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz YOSHdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikoxdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi. YOSH mutaxassis deganda, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bulmagan o‘ttiz YOSHdan oshmagan xodim tushuniladi. YOSHlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxs tashkil etmagan holda YOSH fuqarolar tomonidan, shuningdek, ta’sischilari YOSH fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
«YOSHlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida YOSHlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana shunday yo‘nalishlardan biri sifatida YOSH oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Qonunning 9-moddasida YOSHlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, prokuratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir qatorda, bu borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkinligi belgilab berilgan. Shundan kelib chiqib, YOSH oilalarni qullab-quvvatlash va uy-joy bilan ta’minlash maqsadida hududlarda «Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol YOSHlarga taqdim etish vazifasi belgilandi. Bunday uylar loyiha-smeta hujjatlari asosida tijorat banklari kreditlari evaziga quriladi. Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan YOSH oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uyjoylar bilan ta’minlanadi va ularga uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi.
O‘zbekiston Prezvdentining xalqimiz 5ftasvda, ayniqsa YOSHlar orasvda kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari diqqatga sazovordir. Ana shu yo‘lda 2017 yilning sentabr oyida o‘quvchi YOSHlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarida «Men sevib o‘qigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari tashkil etiladi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar va xayriya mablag‘lari hisobidan 160 million so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. Bunday tadbirlar vositasida o‘kuvchi YOSHlar turli yot goya va mafkuralardan himoya qilinadi, ularning mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi hamda jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror tontirishga hissa qo‘shiladi.
2017 yil davomvda aholi, ayniqsa, YOSHlarning intellektual va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida «Adabiyotga e’tibor ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» an’anaviy tadbiri va uning doirasida «Kitob millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya va «Bolalar kitoblari» an’anaviy respublika festivali tatikil etiladi va o‘tkaziladi. Har bir tuman markazvda kitob do‘konlari ochiladi va ular yangi asarlar bilan boyitiladi. 40 ga yaqin nomdagi o‘zbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz adabiyoti durdonalari nashr etiladi va hududlarda, xususan, respublika axborot-resurs markazlarida ularning taqdimoti o‘tkaziladi. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirishdan adabiyot orqali xalsma’naviyatini yuksaltirish, oilaviy kitobuqish an’analarini keng targib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, yoitarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga etkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatiga, kitob mutolaasi madaniyatiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish maqsad qilib olingan.
O‘sib kelayotgan avlodning kitob va boshqa bosma mahsulotlarga qiziqishini o‘stirish maqsadida O‘zbekiston xalqining madaniy-ma’rifiy merosi, tarixi bo‘yicha adabiyotlar chiqaruvchi nashriyot uylari, bosmaxonalar, asar mualliflariga soliq va boshqa preferensiyalar taqdim etiladi, iqtisodiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
YOSHlarni ona Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda san’atga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish maqsadida butun yil davomida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va bir qator vazirliklar tashkilotchiligida yurtimizning chekka hududlarida Badiiy akademiya tizimi tashkilotlari va ta’lim muassasalari hamkorligida xalqrassomlari, xalqustalari bilan bolalar, YOSHlar vaularning ota-onalari uchun «Bunyodkor xalqim bilanmuloqot ijodim ilhomi» mavzusida maxorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
2017 yilning birinchi choragida 2016/2017 o‘quv yilining 450 ming bitiruvchisi bilan 200 ming korxona va tashkilot, shuningdek, bir qancha ta’lim muassasalari ma’muriyati o‘rtasida to‘rt tomonlama shartnomalar tuziladi, 803 ta ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bevosita kasb-hunar kollejlarida o‘tkaziladi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan talabalarga 360 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi, nogiron va kam ta’minlangan oila farzandlari bo‘lgan kollej bitiruvchilari uchun 50 mingta ish o‘rinlari band qilinadi (kvotalanadi). O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan bunday vazifalarni belgilashdan maqsad YOSHlarni kasb tanlashga yo‘naltirish, 5fta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bitiruvchilarga ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashlari uchun korxona va tashkilotlar belgilash va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashishdan iborat.
YOSH avlodni tarbiyalash, uning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Bu chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
«Biz-Vatanga tayanchmiz», «Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz-YOSHlar» degan shiorlar ostida aksiyalar tashkil etish;
«Adabiyot va san’at shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili» mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish; badiiy adabiyotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, axborot-resurs markazlarini yangi
kitoblar bilan boyitish;
«Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi» mavzusida axborot va metodik materiallar tayyorlash;
Vatanimiz ravnaqini ta’minlashda YOSHlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan «Eng buyuk jasorat ma’naviy jasoratdir» mavzusida davra suhbatlari tashkil etish;
YOSHlar ongiga tahdid soluvchi axborot xurujlarining oldini olish, YOSHlarda Internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminartreninglar tashkil qilish;
«Fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasi va unda oila institutining o‘rni» mavzusida anjuman o‘tkazish.
2017 yil uchun belgilangan vazifalar qatorida Vazirlar Mahkamasining kirish sinovlarida chin etim, etim va nogironlarga imtiyozlar yaratish, pedagoglarning ilmiy, uslubiy, ma’naviyma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlari samaradorligini oshirishni ko‘zda tutuvchi qarorini qabul qilish ham bor. Mazkur qarorni qabul qilish asosida to‘liq davlat ta’minotidagi etim bolalar, otaona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1-guruh ko‘zi ojiz nogironlarga ta’lim olishda keng imkoniyatlar yaratiladi. Ularga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda alohida davlat granti ajratgan holda, imtiyozlar belgilanadi, hududlarda ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli qabul kvotalari tasdiqlanadi, pedagoglarning ilmiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlari bo‘yicha faoliyatini soatlar miqdorisiz, ish turlari va mazmuni asosida lavozimlarga qo‘yilgan malaka talablariga muvofiq belgilanadi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish lozim. Buning uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kerak.
Xalqimizda «Yaxshi dam mehnatga hamdam» degan maqol bor. YOSH avlodni barkamol qilib voyaga etkazish davlat siyosati darajasidagi vazifalardan biri ekan, YOSHlarning, ayniqsa, talaba YOSHlar yaxshi hordiq chiqarishlari va mazmunli dam olishlarini ta’minlash maqsadida ko‘p va jiddiy ishlar amalga oshirilishi lozim. Ana shunday ishlardan biri bu Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida madaniy dam olish markazini tashkil etish va undan bepul foydalanishni yo‘lga qo‘yishdir. Bu ishlar investitsiya dasturi doirasida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2017 yil yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi. Bu borada YOSHlar bilan ham bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari izchil faoliyat olib borishlari kerak. Respublikada YOSHlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ijtimoiy tarmoqparda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladigan ochiq muloqotlar tashkil etish maqsadga muvofikdir. Muloqotlar YOSHlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilib, unda YOSHlar masalalariga oid savollarga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan to‘liq javob beriladi.
Alohida ta’kidlash lozimki, uyushmagan YOSHlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu maqsadda mahallalarda zamonaviy sport maydonchalarini barpo etish, uyushmagan YOSHlar o‘rtasida musobaqalar tashkil etish ($1gee1: $rog1) lozim. Agar jamiyat a’zolarining barcha qatlamlari, ayniqsa YOSHlar sport bilan muntazam shug‘ullansa, bu sog‘lom avlod to‘g‘risidagi maqsadlarimiz va intilishlarimizning hayotiy ifodasi demakdir.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, YOSHlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan uch bosqichli sport musobaqalari («Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada») yo‘lga qo‘yilgan. Mana shunday tadbirlar doirasida Jizzax viloyatida 2017 yilning may oyida «Barkamol avlod» sport musobaqalari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan sport musobaqalari final bosqichi utkaziladigan ta’lim muassasalari ta’mirlanadi va jihozlanadi. Buning natijasida o‘quvchi YOSHlarning sog‘lom va barkamol bo‘lishlari uchun tegishli sharoitlar yaratiladi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin etim, Mehribonlik uyida tarbiyalangan va ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, kam ta’minlapgan oilalardagi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida «Ta’lim granti», «Kasaba uyushmalari stipendiyasi» loyihalari asosida stipendiyalar to‘lash butun yil davomida amalga oshirib boriladi. Ushbu ishlarni tashkil etish natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, iqtidorli talabalarga oliy ta’lim muassasasida ta’limni davom ettirish uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning harakati, bilimi va intilishi moddiy-ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi.
Xalqimiz boy tarixga va milliy an’analarga ega. Milliy an’analarimiz va urfodatlarimiz orasida o‘zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan qator milliy o‘yinlarimiz mavjud. Ana shunday o‘yinlarimizni zamonaviy axborot texnologiyalariga chiroyli tarzda joylashtirsak va bundan YOSHlarimiz bush vaqtlaridan unumli foydalangan holda o‘z salohiyatini va qobiliyatini boyitish maqsadida foydalansa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Ana shu maqsadda mobil Internet foydalanuvchilariga mo‘ljallangan, YOSHlarni yuksak axloqiy ruxda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyati va ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladigan milliy o‘yinlarni tashkil etish lozim. Buning natijasida YOSHlarning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasidagi mobil Internet foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan milliy o‘yinlar yaratiladi.
Yurtimizda ilg‘or YOSHlarni birlashtirgan «Kamolot» YOSHlar ijtimoiy harakati faoliyat yuritmokda. Mazkur ijtimoiy harakatning mablag‘lari hisobidan butun yil davomida mamlakatimizning har bir hududi markazida «Kamolot» kitob do‘konlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Bunday xayrli ishlar orqali YOSHlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlariga, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga erishiladi.
YOSHlar o‘rtasida madaniyat va san’at asarlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan hunarmandlik an’analarini targ‘ib qilish, YOSH avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga qiziqishini oshirish maqsadida «Xalq amaliy san’ati YOSHlar qalbida» xalqaro amaliy san’at ko‘rgazmasini o‘tkazish belgilangan. Iqtidorli YOSHlarni izlab tonish, ularni rag‘batlantirish, ijodiy salohiyatini yuksaltirish va katta sahnalarga olib chiqish, YOSHlar e’tiborini musiqa va san’atga qaratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, YOSH iqtidorli ijodkorlarni izlab topish va ularning ijodini rag‘batlantirish, YOSHlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi «Bahor nafasi» xalqaro san’at festivalini, «Musiqaga chorlaydi, YOSHlar!» madaniyat haftaligini, «Seni kuylaymiz, zamondosh!» O‘zbekiston teatrlarining IV Respublika ko‘rik-festivalini, «Onam aytgan allalar» festivalini, «YOSHlik bahori» respublika YOSH opera ijrochilari festivalini, «Sozlar navosi» xalq cholg‘ulari ijrochilari respublika tanlovini va YuNESKO reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan «Shashmaqom», «Askiya», «Palov» va boshqa nomoddiy madaniy meros namunalari buyicha «O‘zbek madaniy merosi jahon nigohida!» nomli festivalni o‘tkazish 2017 yilning eng muhim va yirik madaniy tadbirlaridan deb hisoblanishga loyiq tadbirlardir.
Mana, bir necha yillarki, yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nihol» mukofoti saralash bosqichlari va uni tantanali ravishda topshirish marosimi yuqori saviyada o‘tkazib kelinadi. Bunday tadbir 2017 yilda ham bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirning bosh maqsadi ijodiy salohiyatga ega va iste’dodli YOSHlarni ro‘yobga chiqarish, kashf etish, san’at olamiga kirib kelayotgan YOSHlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Turli sohalarda mehnat qilib, xalqimiz hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan zamon qahramonlari faoliyati to‘g‘risida hujjatli filmlar yaratish, ular bilan muntazam ravishda adabiy kechalar utkazish doimo diqqatimiz markazida bo‘lib kelgan. O‘z kasbi bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan turli soha vakillari faoliyatini targib qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish, ularni YOSHlarga namuna sifatida etkazish va keng targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega.
YOSHlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ularga tibbiy ko‘rikdan doimiy o‘tiitning ijobiy tomonlarini tushuntirish maqsadida ta’lim muassasalari, mahallalar hamda tibbiyot punktlarida «Salomatlik kunlari»ni tashkil etish belgilangan. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi aholi, ayniqsa, YOSHlar orasida sog‘lom turmush tarzi shakllantirilishiga, ularning tibbiy madaniyati yuksaltirilishiga hissa qo‘shadi, YOSH avlodni sog‘lom va barkamol qilib voyaga etkazishda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi.
Ota-onalarning pedagogik madaniyatini, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas’uliyatini oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ini huzurida «Ota-onalar universiteti» faoliyatida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqish, fuqarolar yigini xodimlari va faollari uchun «YOSH avlod tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish choralari belgilandi. Ushbu choratadbirlar barkamol avlodni huquqiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ota-onalarning savodxonligini oshirish, namunali, ibratli oilalar tajribasini ommalashtirishni, mavjud ibratli an’ana va qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
YOSHlarimiz o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, axloqiy va media madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish, mahallalarda aholi va YOSHlar bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi va bu borada ham tegishli vazifalar belgilandi.
Notinch oilalar farzandlari, uyushmagan YOSHlar, ish bilan band bo‘lmagan, «ommaviy madaniyat» ta’siriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini nazoratga olishda otaonalarning mas’uliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilish va boshqa illatlar profilaktikasiga oid tadbirlar, seminarlar o‘tkazish, buklet, plakat, ko‘rgazmali qo‘llanmalar chop etish, ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil kilish YOSHlarning «ommaviy madaniyat» ta’siriga qarshi immunitetini mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarziga, sog‘lom oila qurishga intilishlarini rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.











