Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvi.
Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini o’rgangan B.Shevchuk ijtimoiy faoliyatga
kirishishning eng yuqori cho’qqisi 25 yosh ekanini aniqlab, bu hol odamlarning 45.4 foizida
bo’lishini ma`lum qiladi. Uning fikricha, qolgan yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, hatto, u 45 yoshda 3 foizga teng bo’ladi.
Kishilarda ko’rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o’rgangan L.N.Kuleshova va
M.D. Aleksandrova 18-35 yoshlardagi haydovchilarda uning ush xil: normadan ortiq 11 foiz,
normada47 foiz, qolganlarida etalon bo’yicha normadan kam bo’lishini ta`kidlaydilar.
23-28 yoshgacha davrda qator funksiyalar darajasining o’zgarishi, takomillashuvi; ko’rish
maydonining ko’lami, ko’z bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o’zgarmasligining o’sishi boshqa faoliyat va ko’rish ta`sirchanligi, qisqa muddatli ko’rish xotirasi yoki mustaxkamlanishi namoyon bo’ladi; 22-25 yoshlarda ikkixil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur)va attensional (diqqat xususiyati va xossasining) majmuasidan iborat bo’ladi.
Yoshlik davrida yigit – qizlar kamolotiga uchta muhim psixologik mexanizm, y`ni mehnat
jamoasi, oila mikromuhiti va norasmiy ulfatlar ta`sir ko’rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi psixologik muhit, ma`naviyat olami, barqaror maslak, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an`analar va odatlar yangi a`zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o’zgarishni vujudga keltirishi mumkin. Mazkur ta`sir natijasida asta- sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai nazar yo’qolishi mumkin.
Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvi.Mehnat jamoasiga yangi qo’shilgan a`zo unda o’z o’rni va qadr- qimmatini qaroa toptirish uchun bir qator yon berishga, o’z maslagidan sal bo’lsa-da chetlashishga majbur boladi. Bu yo’l jamoadagi psixologik muxitga moslashishi maqsadida ichki ruxiy ziddiyatlarga, murakkab kechinmalarga, unsiz tug’yonga qarshi qo’yilgan qadam hisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi yoki uning mustaxkam ichki rishtalarini
yemiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir. Jamoaga bo’ysinish har bir a’zoning
burchidir.
Ayrim hollarda ko’pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipallik, adolatlilik, singari hislar, shaxsiy nuqtai nazar bo’shashib qoladi, natijada unda ikkilanish tuyg’usi paydo bo’ladi. Bu davrdagi yigit-qizlar ota-onasiga, buva-buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, tirmush o’rtog’iga, farzandlariga oqilona munosabatda, oila a’zolarining har biri bilan to’g’ri muloqotda bo’lishi, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilishi shart.
Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvi.Oiladagi shaxslararo munosabatning ko’lami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanish kerak. Lekin oila tichligi, totuvligi, va ahilligiga halal bermaslik niyatida yosh yigit va qizlar (kelinlar) vijdon amriga qarshi hatti-harakat qilishga ham majbur bo’ladilar, o’z maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yo’l tutadilar.
Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvi.Dilkashlik uchun har bir oila a`zosi bilan umumiy “til” topishga intiladilar. Shunga ko’ra, oila muhiti ham yigit va qizlarning ruhiyati hamda ma`naviyatini o’zgartiradigan omil vazifasini o’taydi.












