Yoshlik davri.

0
Yoshlik davri.

Yoshlik davri.

Yoshlik davri 23-28 yoshlarda bo’lib, bu davrning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab
chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta belgisi bilan boshqa yosh davrlardan farqlanadi:

Yoshlik davri.1.Mutaxassizlikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart – sharoitiga va mehnat jamoasi a`zolarining xususiyatiga moslashish (qo’niqish) – mehnat faoliyatining dastlabki yillari (naxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o’z o’rnini toppish va qadr- qimmatga erishish; 2.Mutaxassis sifatida o’zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi 3 yildan 8 yilgacha- ish staji nazarda tutiladi) yoki kasb- korlik maxoratini egallash;

Maxorat sirlaridan foydalanish, tasabbus ko’rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko’rsatish.

Yuqoridagi bosqichlar barcha kasb- kor egalariga xos bo’lsada, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o’rtasida yosh jihatdantafovut mavjud bo’ladi. Masalan, kasb – hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar o’z mehnat faoliyatini oily ma`lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o’tishlari shart. Hozirgi mutaxassislarning ko’pchiligi o’quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko’nikmalar o’rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar.

Yoshlik davri.Bu qiyinchiliklar o’z mohiyatiga ko’ra uch xildir; a)Ijtimoiy qiyinchiliklar, notanish muhit shart- sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma`naviyati, an`analari va xakozo.

b) Mutaxassislik bilan bog’liq o’ziga xos qiyinchiliklar; ishlab chiqarishning mohiyati, xususiyati, texnologiya, qurulmalar, asboblar, amaliy ko’nikmaning bo’shligi yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtimisodiy negizini to’la anglab yetmaslik, xavfsizlik  texnikasi, mahsulot ishlab chiqarishning chizma – yoyilmasi va grafik ifodasini taqqoslash murakkabligi, muammolar oldida esankirab qolish.

Bu qiyinchiliklarni engish davrida insonning ruhiy xolatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqdor hamda sifat o’zgarishlari ro’y beradi. Psixofiziolog P.P.Lazerevning fikricha eshitish, ko’rish, pereferik va kinestetik sezgirlikning  o’zgarishi 20 yoshdan boshlanadi.

Yoshlik davri.Bu ma`lumotni chet el psixologlari Ful`ds, Raven, Pako kabilar
yanada rivojlantirib, aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisobladilar. B.G.Anan`ev o’zining ilmiy tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o’zgarishlarni murakkab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik funksiyalar) soda jarayonlargacha (organizmda issiqlik paydo bo’lishidan metobolizm- modda almashinuvigacha), hatto shaxsning xususiyatigacha bo’lgan xolatlarni o’z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma`lumotlar va ularning chuqur sifat taxlili orqali ko’rsatib o’tadi.

Mavzular.

manba