Yoshlik davrida ijtimoiy faollik.
Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga 3 ta muhim psixologik mexanizm; mehnat
jamoasi, oila mikro muhiti va norasmiy ulfatlar ta`sir ko`rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma`naviyat olami, berqarorlik, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an`analar va odatlar yangi a`zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o’zgarishni vujudga keltirish mumkin.
Mazkur ta`sir natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai-nazar yo’qolishi mumkin. Mehnat jamoasiga yangi quyilgan a`zo unda o’z o’rni va qadr-qimmatini qaror toptirish uchun bir qator yon berishga, o’z maslagidan sal bo’lsada chetlashishga majbur bo`ladi.
Yoshlik davrida ijtimoiy faollik. Bu yo’l jamoasidagi psixologik iqlimga moslashish maqsadida ichki ruxiy ziddiyatlarga, murakab kechinmalarga, unsiz tug’yonga qarshi qo’yilgan qadam hisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi yoki uning mustaqil ichki rishtalarini yemiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir.
Jamoaga bo’ysunish xar bir a`zoning burchidir. Ayrim xollarda ko’pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari xislar, shaxsiy nuqtai-nazar bo’shashib qoladi, natijada unda ikkilanish tuyg’usi paydo bo’ladi. Yoshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva-buvisiga, opasingillariga, aka-ukalariga, turmush o’rtog’iga farzandlariga oqilona munosabatda, oila a`zolarining har biri bilan to’g’ri muloqotda bo’lishi, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilish shart.
Yoshlik davrida ijtimoiy faollik. Oiladagi shaxslararo munosabatlar ko’lami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanishi shart. Lekin oila tinchligi, totuvligi va axilligiga xalal bermaslik niyatida Yosh yigit va qizlar vijdon amriga qarshi xatti-harakat qilishga ham majbur bo’ladilar.
O`z maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yo’l tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila a`zosi bilan umumiy «til» topishga intiladilar. Shunga ko„ra oila muhiti ham yigit qizlarning ruxiyati hamda ma`naviyatini o„zgartiradigan omil vazifasini o’taydi. Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashalri, yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir.
Yoshlik davrida ijtimoiy faollik. Ko’ngilchanlik, do’stlar ra`yiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar xarakterida xislar, barqaror e`tiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg’ulari namayon bo’ladi, ya`ni «Do’sting uchun zaxar yut» qabilida ish tutiladi. Natijada ma`suliyatsizlik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlarni ishbilarmonlikni, amaliy ko’nikmalarni egallash imkoniyati ham yuzaga keladi.
Shu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtai-nazaridan yondoshmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalnish ayni muddaodir. Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga orzu havasga, ijodiy rejalariga, izlash va izlanishlariga, imkoniyatlarga boy davridir.
Kelajak taqdiri, mo`l-ko`lchilik, farovonlik, madaniyat yoshlarga bog’liq, shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyixalari, shakllanayotgan ma`naviy va ruxiy olami xech kimni befarq qoldirmasligi kerak.












