Yozuvni paydo bo‘lishi va uning tarixiy bilimlar ravnaqidagi ahamiyati.

0
Yozuvni paydo bo‘lishi va uning tarixiy bilimlar ravnaqidagi ahamiyati.

Yozuvni paydo bo‘lishi va uning tarixiy bilimlar ravnaqidagi ahamiyati.

Yozuvni paydo bo‘lishi va uning tarixiy bilimlar ravnaqidagi ahamiyati.

Kishilik jamiyati tarixida tarixiy bilimlarga kuchli ehtiyoj dastabki davrlardanoq vujudga kelgan. Zero, jamiyat taraqqiyoti tarixiy bilimlar rivojidan kelib chiqib belgilanadi. Bu ehtiyoj kecha yoki bugun emas, kishilik jamiyati vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan. Moddiy madaniyat qurollarining paydo bo‘lishi insonlar hayotiga qanchalik katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, qo‘lyozma va bosma kitoblarning paydo bo‘lishi ham insoniyat madaniyati taraqqiyotiga shunchalar katta ta’sir ko‘rsatgan.  

Ma’lumki, yozuvlar vujudga kelgunga qadar epik asarlar tarixni o‘rganish uchun yagona manba hisoblangan. Kishilik jamiyatining dastlabki davrida kishilar dunyoning paydo bo‘lishi va voqea-hodisalarni tushuntirish uchun afsonalar yaratganlar. Bu asotir va afsonalar asta-sekin to‘planib ko‘payib borgan va ma’lum bilimlar majmuini tashkil etadi. Shubhasiz, har qanday afsona va asotirlar asosida ma’lum bir haqiqat bor. Zero, faylasuflar aytganidek, “Afsonalar haqiqatdan darak beradi”. Shunday ekan, asotir va dostonlar emas, balki to‘qimalar bilan voqealar rivojlantirib yuborilgan afsonalarda ham haqiqat mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki, eng qadimgi, hali yozuv ham to‘la shakllanmagan davr haqida ma’lum bir tassavvurlar paydo etish muhim rol o‘ynovchi afsona va dostonlarni o‘rganish ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan: “Odisseya” va “Illiada” dostonlaridagi voqea va hodisalar qadimgi Troya shahri tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mashhur “Go‘ro‘g‘li”, ”Alpomish” dostonlarida qadimiy turk xalqlari tarixidan ma’lumotlar olishimiz mumkin. Biroq keyinchalik ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni shakllanishi va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zidan yozuvga ehtiyoj vujudga keladi.

Kishilik jamiyati o’z tarixining ko’proq qismini yozuvsiz o’tkazgan. U yozuvga etib kelguncha uzoq yo’lni bosib o’tgan va nutqni yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo’llanila boshlagan.

Yozuv bu – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig’indisi hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoda hammasi bo‘lib taxminan 5621 ta til va sheva bor bo‘lib, hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos. Lekin ularning hammasining ham yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir. Demak, hamma tillarda ham yozma shakl mavjud bo‘lavermas ekan.

Yozuvning paydo bo’lishi kishilik jamiyati yaratgan eng yirik madaniy kashfiyot hisoblanadi. Insoniyatning qo’lga kiritgan  eng yirik davrga xos madaniy obidalar yig’indisi, fikriy natijalarning hozirgi davrga yetib kelishida yozuvning roli kattadir. Agar yozuv bo’lmaganda, qadimgi ajdodlarimizdan qolgan meros, ular yaratgan ijodiy yodgorliklar  bizgacha yetib kelmagan bo’lar edi.

Til makon va zamonda cheklangan bo‘lsa, yozuv makonda ham, zamonda ham cheklanmagan. Agar yozuv bo‘lmaganda edi, taraqqiyot juda ibtidoiy holatda qolgan bo‘lar edi. Negaki, buyuk kashfiyotlarning barchasi: atomdan tortib elektr tokigacha, mashinalardan tortib internetgacha qilingan ixtirolar yozuv bilangina amalga oshirildi. Yozuv tufayli bilim, hayotiy tajriba keyingi avlodlarga etib keladi. Yangi avlod o‘tgan ajdodlarning ishini yangidan boshlamay, balki uni davom ettiradi. Ya’ni, tayyor tajribaga ega bo‘lib boraveradi.

Hayotimiz davomida to‘plangan g‘oya va tajribani yozuvsiz avlodlarga etkazish juda qiyin va katta yo‘qotish orqali ma’lum foizlardagina amalga oshiriladi. Buning uchun tinimsiz takror qilib turish shart bo‘lar edi biroq og‘zaki nutq ko‘p mehnat talab etadi.Yoki boshqacha qilib aytmoqchi bo‘lsak, psixologlar bir voqeani 6 kishi bir-biriga so‘zlab berish orqali ma’no butkul o‘zgarib ketishini tajribada sinab ko‘rganlar. yozuv mana shularga yo‘l qo‘ymaydi, fikrni o‘zgartmasdan boshqa birovlarga etkazib berishga imkon beradi.

Odamning tajribasi va bilimi orta borgan sari unda bilganlarini yodda tutish va boshqalarga berish zarurati tug’ildi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va uzatish problemasi kelib chiqdi.

Bevosita aloqa bog’lash yo’li bilan buni amalga oshirish qiyin emas edi, biroq bu holda inson xotirasining mukammal emasligi tufayli ko’p axborotlar esdan chiqib qolgan, yo’qolgan. Bunga fazo hamda vaqt asosiy to’sik bo’lib, yozilgan so’zgina ulardan ustun kela olardi.

Xalqimizning o‘tmishidagi yozuvlari xaqida gap borganda, 20 dan ortiq yozuv haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Negaki, yurtimizning turli joylaridan topilayotgan arxeologik topilmalardagi yozuvlar mana shularni taqozo etadi.

Quyida biz O‘rta Osiyoda oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan qadimgi mahalliy yozuvlar bilan tanishamiz:

  • Oromiy yozuvi asosida mil.avv. III-II asrlarda So’g’d yozuvi shakllandi, bu yozuv qoldiqlari Panjikent yaqinidagi Qal`ai Mug’dan (1932 yil topilgan,74 ta so’g’dcha,2 ta Xitoycha, 2 ta arabcha,1 ta turkcha), Sharqiy Turkistonning Turfon shahri yaqinidan,Samarqanddagi Afrosiyob yodgorligidan topilgan.
  • Oromiy yozuvi asosida yana Xorazm yozuvi kelib chiqqan.Bu yozuvning mil.avv. V-IV asrlarga oidlari Oybuyrqal`adan topilgan. avv. IV-III asrlarga oidlari Qo’yqirilganqal`adan topilgan.
  • So’g’d yozuvi va Xorazm yozuvlari asosida 25 harfdan iborat Toxariston yozuvi shakllangan, bu Yozuv ko’ndalangiga chapdan o’ngga qarab bitilgan.
  • So’g’d yozuvi asosida Turk yozuvi shakllangan, bu yozuv fanda ko’k turk yoki Runik bitiglari deyiladi, XVII asrdan o’rganila boshlangan. Sibir, Mo’g’iliston (Tunyuquq,Kultegin, Bilga Xoqon,Ongin bitiglari),Oltoy,O’rta Osiyo (Farg’ona, Ettisuv,Zarafshon vodiysi) dan topilgan. 38-40 harfdan iborat bo’lgan.
  • Oromiy yozuvi asosida yana Kushon (bu yozuv burchakli, to’trburchakli va aylana shaklda bo’lgan) – Baqtriya yozuvi shakllangan,bu yozuv qoldiqlari qadimgi Termiz shahridan topilgan.
  • Oromiy yozuvi asosida yana Baqtriya yozuvi, Baqtriya yozuvidan esa Eftaliylar yozuvi (25 harfli) shakllangan.
  • So’g’d yozuvi va Xorazm yozuvlari asosida yana bir yozuv yyg’ur yozuvi kelib chiqqan, Uyg’ur yozuvidan Manjur hamda Mo’g’ul yozuvlari shakllangan.

 

Mavzular.

Manba