Yunon-Baqtriya davlati.

0
Yunon-Baqtriya davlati.

Yunon-Baqtriya davlati.

Yunon-Baqtriya davlati.

Yunon-Baqtriya davlati.

Ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Yunon-Baqtriya davlatining salavkiylardan ajralib

chiqishi Yunon zodagonlarining qo‘zg‘oloni xususiyatiga ega bo‘lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan  qo‘llab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya davlati paydo bo‘lgan  turli sanalarni belgilaydilar (mil.avv. 256, 250, 248 va 246-145 yy). Bu davlatning asosi Baqtriya bo‘lib,  ba’zi   hukmdorlar   davrida   (Evtidem,   Demetriy,   Evkratid)   Hindistonning   Shimoli-g‘arbiy   qismi,  Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi katta erlar qo‘shib olinadi.

Baqtriyaning  salavkiylar  davlatidan  ajralib  chiqishi  xususida  rimlik  tarixchilar  Pompey  Trog  va  Yustinda  uzuq-yuluq  ma’lumotlar  saqlangan  bo‘lsa-da  bu  haqda  batafsil  ma’lumotlar  uchramaydi.  Shunga  qaramasdan  mavjud  tangashunoslik,  ayrim  xo‘jalik  hujjatlari,  san’at  yodgorliklari,  sug‘orish  inshootlari  va  imoratlar  qoldiqlari  bergan  ma’lumotlar  asosida  bu  davlatdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy hayot haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lish mumkin. Ammo, Yunon-Baqtriya davlatining  siyosiy tarixi ko‘p hollarda qiyosiy solishtirish va taxminlarga asoslanadi.

Yunon-Baqtriyada davlat podsho tomonidan boshqarilgan bo‘lib, tangashunoslik ma’lumotlari Diodot  I,II,III, Evtidem I,II, Demetriy, Geliokl, Platon kabi podsholari haqida xabar beradi. Salavkiylar kabi  Yunon-Baqtriya podsholari ham davlatni satrapliklarga bo‘lib idora etganlar.

Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Yunon-Baqtriya mulklarining chegaralar doimiy mustahkam  bo‘lmasdan, harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarib turgan. Mil.avv. III asrning oxirlari O‘rta  Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumotlar beradi. Uning yozishicha, salavkiylar  tomonidan Baqtrada qamal qilingan Evtidem ularning hukmdori Antiox III ga «chegarada ko‘chmanchi  kabilalar turganligi va ular chegaradan o‘tadigan bo‘lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og‘ir bo‘lishi  mumkinligini» bildiradi. Polibiy ma’lumot bergan ushbu ko‘chmanchilar mil.avv. III asrning oxirlarida  Zarafshon  daryosiga  qadar  deyarli  butun  Sug‘dni  egallagan  bo‘lib,  bu  hududlar  Yunon-Baqtriya  davlatining  vaqtinchalik  Shimoliy  chegarasi  bo‘lib  qoladi.  Shuningdek,  g‘arbiy  Hisor  tog‘lari  ham  Shimoliy chegaralar bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi va II asrning  birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Janubiy hududlardagi bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki  qatlamlar), Oyxonim, Qorabog‘tepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar,  mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko‘plab tanga pullarning topilishi  bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.

Yunon-Baqtriya markazlashgan davlat bo‘lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir nechta  viloyat  (satrapiya)  larga  bo‘lingan  bo‘lib,  bu  viloyatlar  boshqaruvchilari  yoki  hokimlari  podshoga  bo‘ysunar edilar. Ammo, bu davrda davlatda nechta satrapiyalar bo‘lganligi va ular qanday nomlanganligi  ma’lum emas. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, satrapiyalarga noib satraplarni tayinlashda qarindoshchilik  an’analariga amal qilingan bo‘lishi mumkin.

Yunon-Baqtriya podsholigi davlat tuzilishining muhim tomoni – qo‘shin va uni tashkil etish edi.  Avvalo,  ta’kidlash  lozimki,  Yunon-baqtriya  qo‘shinlarining  katta  qismini  baqtriyaliklar  va  boshqa  mahalliy aholi tashkil etgan. Qo‘shinning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari otliq-suvoriylardan iborat  bo‘lgan. Qo‘shinlar tarkibida harbiy fillar ham bo‘lgan.

Qadimgi  (antik)  davrda  ellin  dunyosi  Yunonistondan  Hind  daryosi  vodiysigacha  bo‘lgan  ulkan  hududni qamrab olgan edi. Tadqiqotchilar, ellinlashuv darajasiga qarab bu hududni uchta mintaqaga  bo‘ladilar. 1. Ellada; 2. Kichik Osiyo, Suriya va Misr; 3. Efrat daryosining Sharqidagi viloyatlar. Bu  hududlar  tarixiy  adabiyotlarda  «Ellinlashgan  Sharq»  tushunchasida  aks  etgan  bo‘lib,  uning  tarkibiga  Mesopotamiya,  Eron,  O‘rta  Osiyoning  janubiy  viloyatlari,  Afg‘oniston,  Pokiston  va  Hindistonning  Aleksandr bosib olgan hududlari kirgan.

Aleksandr Makedonskiy yurishlari natijasida keng miqyosda boshlangan ellinizm madaniyatining kirib  kelishi Baqtriya, Parfiya va Sug‘diyona Shaharlari, hunarmandchiligi va badiiy-amaliy san’atiga katta  ta’sir ko‘rsatdi. Yozma manbalar Aleksandr nomi bilan bog‘liq uchta Shahar: Aleksandriya Oksiana (Oks  bo‘yidagi Aleksandriya), Aleksandriya Marg‘iyona (Marg‘iyona Aleksandriyasi), Aleksandriya Esxata  (Chekkadagi Aleksandriya) haqida ma’lumotlar beradi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida  O‘rta Osiyoning janubiy hududlaridan ellinizm madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan turar-joylar, moddiy- ma’naviy madaniyat buyumlari, tanga pullarning topilishi bu hududlardagi mahalliy madaniyatga ellin an’analari (Shaharsozlik, haykaltaroshlik, badiiy-amaliy san’at, alifbo va boshq.) kuchli ta’sir etganidan  dalolat beradi. SHu bilan birgalikda bu topilmalar mahalliy madaniyatdagi rivojlanish qadimgi (antik)  davr Sharq va G‘arb madaniyatining o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida o‘ziga xos madaniyat darajasiga  ko‘tarilishining ham guvohidir Yunon-Baqtriya davlati.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba