Yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.

0
Yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.

Yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.

Yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.

Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Aleksadr qo’shinlari og’ir sharoitlarda Hindiqush tog’ tizmalaridan o’tib, O’rta Osiyo hududlariga etib keldilar. Aleksadrning bu harbiy yurishlari uning istagiga muvofiq shohni kuzatib kelayotgan ba`zi adib-yozuvchilar va muarrixlar tomonidan yozib borilishi ko’zda tutilgan edi. Makedoniyalik lashkarboshilardan Aristobul, Ptolemey Lag va dengizchi darg’a Nearx ana shunday dastlabki tarixchi yozuvchilar edilar. Bu adiblarning xotiralari keyinroq o’tgan Arrian, Strabon va boshqa muarrixlarning asarlarida keltirilgan. Ammo yozma xotiralarining ko’pchilik qismi bizgacha etib kelmagan.

Aleksadrning Sharqqa harbiy yurishlari vaqtida qanday voqealar yuz berganligi undan 300-400 yil keyin  davrda yashagan tarixchilarning asarlarida tasvirlangan. Ular o’z asarlarida Aleksadr zamondoshlarining asarlari va esdaliklaridan foydalanganlar.

Aleksadrning O’rta Osiyoga yurishlari tasviri esa yunon tarixchisi Arrian (miloddan avvalgi II asr) va Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Ruf (milodning I asri) asarlarida saqlanib qolgan. Aleksadrning Sharqqa qilgan yurishlarini mufassal yoritgan Plutarx (I-II asrlar) bilan Yustin (II asr) esa uning O’rta Osiyoga qilgan yurishlari haqida deyarli og’iz ochmaydilar. Sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona» asarida (miloddan avvalgi 1 asr) ko’p o’rinlar yo’qolgan. Bu asar 17 kitobdan iborat bo’lib, Aleksadrning Amudaryo ortiga yurishi tasvirlangan boblarning faqat sarlavhalarigina saqlanib qolgan.

Tarixshunoslik an`analariga ko’ra, Kvint Kurtsiy Ruf asari ishonchli emas, muallif badiiy so’z jimjimadorligiga e`tibor beruvchi, turli-tuman latifalarni va badiiy to’qimalar bilan asarini bezovchi faylasuf-ritorikdir, degan fikr hukm suradi. Tarixchi asarini bunday yuzaki baholash haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Kurtsiy Rufning juda ko’p ma`lumotlari boshqa tarixiy manbalar bilan taqqoslanganida yuqoridagi fikrlarning to’g’ri ekanligining guvohi bo’lamiz.

Ammo Kurtsiy Ruf asarlariga nisbatan jangchi adib Arrian risolasida O’rta Osiyo voqealari bayoni ancha ishonchli hisoblanadi. Arrian o’zi Osiyodagi janglarda qatnashgan. Uning asari aslida harbiy san`atga bagishlansada, u Aleksadr zamondoshlari Aristobul va Ptolemey Lag esdaliklaridan foydalangan. Ba`zi o’rinlarda ulardan ko’chirmalar keltirilgan. Aristobul bilan Ptolemey Lag asarlarida faqat o’zlari qatnashgan voqealarni bayon etganliklari uchun Arrian ularda bo’lmagan voqealarning etishmagan o’rinlarini Kurtsiy Ruf kitobidagi hikoyalar bilan   to’ldiradi.

Makedoniyalik Aleksadr va uning davriga bag’ishlangan juda ko’p adabiyotlar bo’lishiga qaramay, bu fotihping O’rta Osiyoga harbiy yurishlari haqida juda kam mualliflar yozganlar.

Ma’lumki, miloddan avvalgi 329 yilda Gretsiya-Makedoniya qo’shinlari So’g’diyona hududlariga bostirib kirdilar. Ular bu erda mahalliy aholining juda qattiq qarshiligiga uchradilar. Milliy qahramon Spitamen rahbarligidagi xalq qo’zg’oloni tarixdan ma`lum. Aleksadrga qarshi o’rta osiyolik xalqlarning urushlari uzoq davom etdi.

Tarixiy manbalardan So’g’diyona poytaxti Maroqanda (Samarqand) qanday qilib makedoniyaliklar qo’liga o’tib qolganligini unchalik ravshan tasavvur etolmaymiz. Kvint Kurtsiy Rufning yozishicha, Aleksadr shaharda qo’shin qoldirib, atrofdagi qishloqlarga o’t qo’ygan. Kurtsiy Rufning guvohligiga ko’ra Marokanda qal`asi devorini uzunligi 70 stadiy bo’lib, shahar ichkarisida yana bir devor bo’lgan.

Yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.  Bunday mustahkam shahar uzoq qamal qilinmay, kon to’kilmay olinganini tasavvur qilish qiyin. Shuning uchup sovet tarixchisi «Marokanda shahri jangsiz taslim bo’lgan» degan taxminni bildiradi.

Olimlar fikricha, bu fikr etarli tarixiy asoslanmagan. Aleksadr qo’shinlari Maroqandani egallagach, Yaksart (hozirgi Sirdaryo) tomonga yuradi. Bu yurish vaqtida Aleksadr qo’shinlariga qo’zg’olonchi so’g’dliklar xujum qiladilar. 30 ming qo’zg’olonchi Mug’ tog’idagi oyoq etmas istehkomlarga o’rnashgan edilar. Makedoniyaliklar juda katta talafotlar evaziga Mug’ qal’asini egallaydilar. Mudofaachilar juda katta talafot ko’radilar. Ularning ko’pchiligi qirilib ketadi. 8 ming yarador, ayollar va bolalar asirlikka olinadi. Oradan ko‘p o‘tmay, So‘g‘diyona yana 7 shahar istilochilarga qo‘zg‘olon ko‘taradi. Diodor ma’lumotlariga qaraganda, Aleksandr qo‘zg‘olonchilardan 120 mingini o‘limga xukm etadi. Bu raqam mubolag‘ali bo‘lib ko‘rinsa-da, qo‘zg‘olon qanchalik keng tus olganligini ko‘rsatadi.

Aleksadr O’rta Osiyoda yangi shaharlar barpo eta boshlaydi. Chekka Aleksadriya shahri (hozirgi Xo’jand) Aleksadr rejasi bilan qurilgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Chekka Aleksadriyada grek-makedon qo’shinlarining horib-charchagan, yarador bo’lgan yoki qarib, qattiq janglarga yaramay qolgan jangchilari, yaqin-atrofdan ixtiyoriy ravishda kelgan so’g’diyonaliklar joylashtirilgan. Shahar aholisining ma`lum qismi asirlardan iborat edi. Aleksadr rejasiga muvofiq, bunday shaharlar makedoniyaliklarning boshqa istilolari uchun tayanch istehkomlariga aylanishi kerak edi. Ammo Aleksadr istilochilari O’rta Osiyo xalqlarini uzoq vaqt asoratda tutib turolmadi.

Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Aleksadr o’ziga qarshi bosh ko’targan So’g’diyonani uch marta qaytadan zabt etishga majbur bo’ldi. Ayniksa O’rta Osiyo qabilalarining milliy qahramoni Spitamen boshchiligidagi vatanparvar kuchlarning istilochilarga qarshi ozodlik kurashi makedoniyaliklar uchun katta xavf tug’dirar edi. O’ziga qarshi xalq harakatlarini bostirish uchun Aleksadr juda ko’p harbiy va moddiy kuchlariii sarflashdan tashqari mahalliy zodagonlar bilan «do’stona» aloqalar o’rnatishga harakat qildi. Aleksadr mahalliy zodagonlarning siyosiy ta`sirini va er-mulklarini kengaytirdi. U mahalliy zodagonlarga saxovat bilan moldunyo, qul, cho’rilar sovg’a qilishdan tashqari, So’gdiyonaning boy va ta`sirli mansabdori Oksiartning qizi Ravshanak (yunon-rim manbalarida Roksana) ga uylandi. Aleksadrning Ravshanakka uylanishi uning So’g’d-Baqtriya zodagonlari bilan aloqalarini mustahkamlash bilan birga ularni o’z tarafiga og’dirib olishga imkon berdi. Aleksadr mana shu yangi siyosati bilan O’rta Osiyoni batamom o’ziga  bo’ysundirishga erishdi, shunga  qaramay, Aleksadrning qo’shinlari orasida uning siyosatidan norozi bo’lgan ayrim lashkarboshilar isyon ko’tarishga urindilar. Ammo ularning noroziligi shafqatsizlarcha bostirildi.

Yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.  Mahalliy zodagonlarning makedoniyaliklar tarafiga utishi Aleksadrga O’rta Osiyodagi dehqonlar va chorvador jamoalari qarshiligini engishga hamda O’rta Osiyoni o’zining juda katta monarxiyasi qatoriga qo’shib olishga yordam berdi. Makedoniya istilochilariga ittifoqchi bo’lib olgan mahalliy zodagonlar O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy hayotining barcha sohalarida hukmron siyosiy va iqtisodiy kuchga aylandi. Keyinchalik xam Aleksadr va uning vorislari (Salavkiylar va boshqalar) O’rta Osiyo xalqlari hayotida tarixan tarkib tolgan bu vaziyat bilan hisoblashishga majbur edilar.

Xullas, Makedoniya istilosidan so’ng O’rta Osiyo xalqlarining xalqaro iqtisodiy, savdo aloqalari kuchayib bordi. Ayniqsa O’rta osiyoliklarning Aleksadr qo’shinlari fath etgan Hindiston bilan yaqin aloqalar o’rnatishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. So’g’diyona va Baqtriyada ham yangi-yangi shaharlar qad ko’tardi. Tarixiy manbalarda Aleksadr va uning lashkarboshilari O’rta Osiyoda 12 ta shahar bunyod etganligi aytiladi. Shu bilan birga olimlardan I. Sh. Shifman Aleksadr qo’shinlarining So’g’diyonadagi vayrongarchiliklarini Chingizxon istilosiga o’xshatadi. Bu vayrongarchiliklar oqibatida mamlakat xalqi keskin kamayib ketdi. So’g’d aholisi Vatanlarini tark etib, boshqa yurtlarga bosh olib ketishdi. Grekmakedonlar Farg’ona, Ettisuv, Markaziy Osiyoni ham mustamlakalariga aylantirdilar. Aleksadrning istilochilik siyosatini uning vorislari (selevkiylar) davom ettirdilar. Aleksadr vafotidan 75 yil o’tgach, Baqtriya satrapi (noibi) Diodot o’zini mustaqil hukmdor deb e`lon qildi. Pompey Trog mubolag’a qilib ezishicha, minglab shaharlar Diodot qo’l ostiga o’tdi. Selevkiylar davlati miloddan avvalgi 255-250 yillarga kelib bo’shashdi.

Yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.

Mavzular.

Manba