Yunon va Rim tarixshunosligida O‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixi.
O’zbek davlatchiligi tarixi haqida eng qadimgi manbalar “Avesto”, Eron (Behustun qoyatosh bitiklari, Suza saroyi devorlaridagi yozuvlar va hokazo), hind, Xitoy manbalari qatoriga yunon-rim manbalarini ham kiritishimiz mumkin. Ulardan Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diador, Arrian, Strabon, Pliniy, Plutarx, Kursiy Ruf, Pompey Trog va boshqa yunonlik va rimlik mualliflar qoldirgan yozma guvohliklarda miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmidan boshlab o’tgan bir necha asrlik davrga oid ko’plab ma’lumotlar uchraydi.
Yunon va Rim olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlari ma’lum darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bo’lib xizmat qildi.
O’zbek davlatchiligi tarixi haqidagi yunon-rim manbalarida boshqa xitoy, hind, eron manbalrida uchramagan ma’lumotlar ko’plab uchraydi. Eng qadimgi davrdagi qabilalar, ularning turmush tarsi, davlatchilikka asos solganlari, ularga qo’shni xalqlarning o’zaro aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Masalan, massaget qabilalarining dini, urf-odatlari, malikalari To’maris haqida va Kirninng ayol malikadan sharmandalarcha mag’lubiyatga uchragani haqida faqat Gerodot va Poliyen manbalaridagina uchraydi. Biz Shiroq afsonasi haqida ham faqat Poliyenning asari orqali bilishimiz mumkin.
O’rta Osiyo Ariy aholisining bir qismi bo’lgan Xorazmiylar mashhur qadimgi yunon tarixchisi Geradotning (miloddan avvalgi V asr) «Tarix» kitobida ham tilga olinadi. Geradotning fikricha Xorazmiylar O’rta Osiyoda keng vodiylarni egallaganlar. Yirik qadimgi grek tarixchisi Arrian Flaviy (taxminan 95-175 yy.) o’zining «Aleksandrning yurishlari» («Anabasis Aleksandra») asarida xorazmlik podshoh Fratafern (Farasmon) haqida va uning 1500 otliq qo’shin bilan Aleksandr oldiga kelganligi haqida hikoya qiladi.
Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Ruf (milodning 1 asri) o’zining «Buyuk Aleksandrning tarixi» asarida Xorazm podshohi Fratafern haqida, uni massaget va sak qabilalarining Aleksandr zulmiga qarshi milliy ozodlik harakatiga qo’shilganligi haqida hikoya qiladi.
Strabonning fikricha, xorazmliklar massaget elatlaridan tashkil topgan ekan. To’maris afsonasi ham xorazmliklar haqidadir.
Eron shohi Kir o’z yurishida massaget qabilalarini tor-mor qilishni o’ylab harakat qiladi. Kirning yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Doro ikkinchi marta yurish qilishga hozirlanadi.
Polienning yozishicha, Doroning hujumi xabarini eshitgan massaget va saklarning uchta podshosi Sansafar, Umarg va To’maris personajlarining nomlariga juda o’xshash. To’miris – Geradot tasvirlagan massagetlar «malikasi» To’marisning xuddi o’zginasidir. Umarg – Ktesiy rivoyatlaridan birida uchraydigan nom, saklar podshosi Sakoforgga kelganda, bu nom, shubhasiz, Xorazm Siyovushlari sulolasidan Shaushafarning o’zidir. Shundan ma’lum bo’ladi-ki, derbeklarning ayol hokimi Xaumavarga, saklarning va Xorazm hokimi Doroning hujumiga qarshi ittifoq tuzib mudofaa uyushtirganlar.
Gerodot, Ktesiy va boshqalarning yozishicha massagetlarda ayollar yuqori mavqeni egallaganlar. Massaget qabilalari haqida ayolga hurmat kuchli bo’lgan. Shu tufayli bo’lsa kerak, Gerodot asarlarida «Malika To’maris», Ktesiy hikoyalarida esa «Malika Sparetra» boshchiligidagi ayollar qo’shinlari to’g’risida to’lqinlanib yozadilar. To’maris qissasining qisqacha mazmuni shundan iboratki, To’maris miloddan avvalgi V1 asrda Massaget halqiga bosh bo’lgan Xorazmga tajovuz qilgan Eron shohi Kirga qarshi mardona kurash olib borgan Malikadir. Bu ayol haqida qadimgi grek tarixchisi Gerodot o’zining «Tarix» kitobida «Kirning massagetlarga qarshi yurishi” degan sarlavha ostida hikoya qiladi. Mazkur hikoyaning keng bayoni «Vestnik drevney istorii» jurnalida bosilgan, V. V. Latishevning «Drevnie pisateli, o Skifii i Kavkaze” maqolalari 1974 va uning qisqacha mazmuni «O’zbekiston SSR tarixi», N. Mallaevning «O’zbek adabiyoti tarixi kitoblarida keltirilgan.
Strabonning o’zbek davlatchiligi haqidagi ma’lumotlari qimmatli bo’lib, uning ta’kidlashicha Massaget va Sak qabilalari ittifoqiga xorasmiylar ham kirgan. Axamoniylar davrida xorasmiylarning yangi to’lqini Amudaryo etaklariga janubdan kelgan degan fikrlar ham mavjud. Lekin bu fikr hali arxeo-logik jihatdan isbotlangan emas.
Gekatey va Gerodotlar xorazmiylarni O’rta Osiyo janubiy rayonlari qabilalari bilan aloqalari to’g’risida ma’lumotlar beradilar.
Gekatey ko’rsatishicha, miloddan avvalgi VI asrda xorazmiylar parfyanlardan sharqda yashaganlar. Strabon Xorasmiylarni etnik jihatdan “sak va massagetlar”ga mansubligini ko’rsatadi.
O’zbekistonning antik davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Geradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar o’rtasi – 425 y.) – yirik qomusiy olim, tarix fanining «ota»si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shahridan, 455-447 yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayohat qilgan. U Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479-yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat «Tarix» nomli asari bilan shuhrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Geradot, Sitseronning (miloddan avvalgi 106-43-yy.) so’zlari bilan aytganda, tarix fanining «ota»si hisoblanadi.
Geradot, garchi o’zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtayi nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi.
Geradotning asarida O’zbekistonning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar, issedonlar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz.
Yunon va Rim tarixshunosligida O‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixi. Gerodot ahamoniylar hukmronligi davrida boshqaruvi haqida shunday degan: Kir va uning o’g’li Kambiz hukmronlik yillarida (miloddan avvalgi 529-522yillarda) ularga qaram mamlakatlardan muayyan bir soliq olinmagan. Biroq tobe mulklardan ularga sovg’a-salomlar yuborib turilgan. “Doroni forslar savdogar deyishiga sabab,-deb yozadi Herodot, – u birinchi bo’lib soliq tizimini joriy etganligidadir”.
«Tarix»ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860) hamda rus (F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistovhamda I.A.Shishova tornonidan yangidan nashr etilgan.
Gerodotning tarixiy an’analarini davom ettirgan yunon tarixshunosi Ktesiy Kichik Osiyodagi Knid shahridan bo’lgan. U miloddan avvalgi 414 yildan boshlab, ahamoniylar podshosi Artakserks II saroyida tabib vazifasini bajargan. Podsho saroyida u Sharq chegaralarida joylashgan uzoq shaharlar, davlatlar va xalqlar haqida ko’p hikoyalar eshitgan. Erondan yurtiga qaytganidan keyin Ktesiy qadimgi forslar tarixini yoritishni rejalashtirgan. Ammo to’plangan ma’lumotlar aynan forslardan tashqari keng tarix tasavvuriga asos solgan.
Yunon va Rim tarixshunosligida O‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixi. Ktesiy keltirgan ma’lumotiga ko’ra Eron podshosi Kir miloddan avvalgi VI asrda saklar podshosi Amorg’ning xotini Sparetra bilan jang qilgan. Kir shu jangda halok bo’lgan, uning o’limining To’maris bilan jangga aloqasi yo’q deb aytib o’tgan. Bular Gerodot keltirgan ma’lumotlarga butunlay qarama-qarshi. Bundan tashqari Ktesiy Baqtriya davlati haqida ham yozib qoldirgan. U ossuriyalik podshoh Nin Belidning Baqtriyaga harbiy yurishi haqida so’zlab, Nin baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganini aytadi. Semiramida miloddan avvalgi IX-VIII asr boshlarida Ossuriya malikasi bo’lgan. Ninning Baqtriyaga qarshi yurishida Semiramida ham qatnashgan va ular Baqtriya podshosi Aksiart bilan obdon urushganlar. Xullas, Baqtriya davlatida hukmronlik qilgan sulolalar haqida haqiqatdan ko’ra afsonalar ko’proq uchraydi.
Qadimgi yunon tarixchilaridan Gekatey Milet shahridan bo’lib, (miloddan avvalgi VI-V asrlar)olimlarning fikriga ko’ra birinchi bo’lib ahamoniylar o’lkalarining ro’yhatini keltirgan va qadimgi Sharq xalqlari haqida xabar qilgan. Ular orasida O’rta Osiyo xalqlari haqida ma’lumotlar ham bor.
Diodor (miloddan avvalgi 90-21yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U «Tarixiy kutubxona» nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar, asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning I asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O’zbekistonning qadimiy xalqlari skif, sak, massaget, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo’lgan munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma – kompilyatsiya hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir.
Diodorning asari to’la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi – qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1- 5-kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (miloddan avvalgi 500-449)da to miloddan avvalgi 301-yilgacha bo’lgan tarixini O’z ichiga olgan 11-20-kitoblarigina saqlangan, xolos.
Bu asar 1774-1775-yillari L.Alekseev tomonidan olti qismda va 1874- 1875yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
Polibiy (miloddan avvalgi 201-20) – yirik yunon tarixchisi, 40 kitobdan iborat «Umumiy tarix» asari bilan mashhur. U Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146-yillarorasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’z ichiga oladi. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asarning katta qismi saqlanmagan, bizgacha faqat 1-5-kitoblargina yetib kelgan, xolos.
Polibiyning «Umumiy tarixi» daliliy maMumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Unda Oks – Amudaryo va Yaksart – Sirdaryo haqida, Antiox 1 ning Baqtriya podshohi Eftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim maMumotlar bor. «Umumiy tarix»ning matni 1889-1905-yillar orasida to’rt jildda Leyptsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, London, 1957-1960) va ruscha (F.G.Mishchenko, 1-3-jildlari. M., 1890-1899) tarjimalari mavjud.
O’zbekistonning qadimiy tarixini o’rganishda Yunoniston va Rirn tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir.
Uning yozishicha sak podsholari Saksafar (Xorazm hukmdori), Amorg’(saklar podshosi), To’maris (massagetlar malikasi), Doroga (Dorush)qarshi kurash rejasini tuzib turganlarida , ular huzuriga Shiroq ismli otboqar keladi va agar oilasi va tirikchiligidan xabar olib turishga va’da berilsa, yakka o’zi dushman hafvini qaytarishga urinib ko’rajagini aytadi. Podshohlar taklifini qabul qilib, qasam ichadilar. Shiroq afsonasi haqida biz faqat Poliyenning ma’lumoti orqaligina bilishimiz mumkin.
Strabon (miloddan avvalgi 63 – milodning 23) qadimgi Yunonistonning atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshohlarining qarorgohlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur yunon faylasufi Aristotelning (miloddan avvalgi 384-322) shogirdi, qariyb 80 yil umr ko’rgan.
Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat «Geografiya» nomli asaridir. Asarning 1-2 kitoblari «Muqaddima» deb ataladi va unda geografiya ilmi va uning hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi o’rni va roli haqida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning yer tuzilishi haqidagi ta’limoti tanqid qilinadi, yer yuzini tavsiflash haqida umumiy tushuncha beriladi.
3-10-kitoblarida Yevropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10-kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag’ishlangan.
Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o’rin berilib, ular to’g’risida 11-16kitoblarda ma’lumot berilgan. 17-kitob Afrika mamlakatlariga bag’ishlangan.
Strabon Polibiyning «Umumiy tarix»ini davom ettirib, unga miloddan avvalgi 146-31 yillar orasida bo’lib o’tgan voqealarni qo’shgan. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin uning ayrim qismlari, xususan O’zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning «Geografiya» nomli asariga kirib qolib saqlangan.
Strabonning «Geografiya»sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg’iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo’llari, Oxa (Harrirud), Oks va Yaksart daryoiari haqida, O’zbekistonning qadimiy xalqlari – sak, massaget, day, atasiya, toharlar hamda xorazmliklar va ularning kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e’tiqodi, shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va o’zaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Strabonning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va tarhlar bilan qo’shib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831 – 1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko. M., 1879; G.A.Stratanovich. M., 1964) tarjimalari ham mavjud.
Shunday qilib, yunon tarixchilarining asarlari eng qadimgi va qimmatli manba ekanligi bugun o’z tasdig’ini topmoqda.
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-3 30-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (rnilodning II asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning II asri) va boshqalarning asarlari ham ana shunday qimmatga egadir.
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zo’r ilmiy qiymatga egadir.
Pompey Trog ( milodgacha 1 – milodning I asrlari O’rtasida yashab o’tgan) – «Filipp tarixi» asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 – milodning 14 yili) davrigacha dunyoda bo’lib o’tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan avvalgi 359-336) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiysiyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan.
Mazkur asarning qimmati shundaki, u birtalay noma’lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxiroqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan.
«Filipp tarixi»da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va Sog’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularaing urf-odatlari, Parfiya podsholigining tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar mavjud. Bu ma’lumotlar juda qimmatli hisoblanadi.
Pompey Trogning bu asari Yustin (II-III asr) tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935-yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan «Bectnik drevney istorii» jurnalining 1954-yil 2-4 va 1955-yil 1sonlarida bosilgan.
Arrian Flaviy (taxminan 95-175) – yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, asli Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U «Iskandar haqida», «Parfiyaliklar haqida», «Hindiston» va 7 jildlik «lskandarning yurishlari» nomli kitoblar muallifidir.
O’zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning «Iskandarning yurishlari» nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning O’zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan.
Faqat Arriangina Xorazmning hukmdori Farasman va uning mohir diplomatligi sabab, Xorazmning mustaqilligi saqlab qolinganligini yozib qoldirgan. Arrianning guvohlik berishicha miloddan avvalgi 329-yili Aleksandr Samarqandda turganida Farasman (Xorazm hukmdori) tashrif buyuradi. Xorazm hukmdori bu uchrashuv chog’ida Aleksandrga harbiy ittifoq tuzib, Qora dengiz tomon yurishni taklif qiladi. So’g’dlik Spitamen qo’zg’olonini bostirish bilan band bo’lgan Aleksand Farsmanga tashakkur aytib, u bilan do’stlik ittifoqini tuzadi. Shu bilan birga hozir Qora dengizga hujum qilish vaqti emas, deydi. Aleksandr ishonchini oqlagan Farasman yunonliklarning keyingi harbiy rejasi Hind zaminiga yurish ekanligini ham aniqlab oladi.
Asar panegrizm – maddohlik ruhida yozilgan. Muallif Iskandar Zulqarnayn va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. U ko’p qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo’lib, mavzu bo’yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.Iskandarning Spitamendan mag’lubiyatga uchragani haqida ham yozgan.
Arrian Flaviyning «Iskandarning yurishlari» asari nemis (Myuller Leyptsig, 1886) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 va M.E.Seigeenko M.-L., 1962) tillarida nashr etilgan.
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160) – mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan.
Jahonga mashhur «Almagest» – «Al-majastiy» (18 kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini o’z ichiga oladi), «Optika» (5 kitobdan iborat), «Germanlar haqida tushuncha» (3 kitobdan iborat) va, nihoyat, «Geografiya» shular jumlasidandir. Lekin, olimga shuhrat keltirgan asarlari «Almagest» va «Geografiya»dir.
«Geografiya»ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog’i uning 24-bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shahar, mamlakatlar va ularning koordinatalari keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan.
Ptolomeyning «Geografiya»sida Girkaniya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va So’g’diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o’sha mamlakatlar va ular bilan tutash o’lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Kvint Kurtsiy Ruf (milodning I asri) – mashhur Rim tarixchisi, Iskandar Zulqamaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbjy yurishlari haqida 10 kitobdan iborat «Buyuk Iskandar tarixi» nomli asar yozib qoldirgan. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan
Kvint Kurtsiy Rufning asarida O’zbekiston hududining Iskandar Zulqarnayn qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo’zg’olon keng yoritib berilgan.
Kvint Kursiy Rufning guvohlik berishicha, Iskandar miloddan avvalgi 329-yilda Oks daryosidan kechib o’tayotganda askarlarga somon to’ldirilgan meshlarni tarqatishga qaror qiladi. Ular meshlar ustida daryodan suzib o’ta boshlaydilar.daryodan birinchi bo’lib kechib o’tganlar qo’riqchilar xizmatini bajarib, boshqalarni kutib oladilar. Shu tariqa askarlar oltinchi kuni daryoning narigi qirg’og’iga o’tib olishga muvaffaq bo’ladilar.
Kursiy Ruf miloddan avvalgi 327 yilda O’rta Osiyoni to’liq bosib olgach, mahalliy aholi vakillaridan viloyatlarga hokimlar tayinlagani haqida shunday deydi: “Iskandar baqtriylar viloyatini Artaboz idorasiga topshirib, bu joydagi qo’riqchilar qo’shini bilan birga ot-arava yuklarini qoldiradi. O’zi esa harakatdagi qo’shinlarga yo’lboshchi bo’lib, So’g’diyona sahrosoga yo’l oladi”, deya xabar beradi.
Bundan tashqari Arrian mahalliy aholining Iskandarning harbiy harakatlariga bildirilgan munosabatlari haqida bunday yozadi: “Tanais (Sirdaryo) ortidagi skiflar (saklar)davlatining podshosi makedonlar tomonidan datyo bo’yida solingan shaharni qullik bo’yinturug’i bo’lishini sezib, uni vayron qilish va makedonlarni daryo qirg’og’idan uzoq masofaga quvib chiqarish uchun katta bir otliq qo’shinga yo’lboshchi tayinlab, o’z akasini yuboradi”.
«Buyuk Iskandar tarixi» 1841-yili Myuttsel, 1867-yili T.Nyoldekeva 1885-yili Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida chop etilgan (M.,1963).
Gay Pliniy Sekund (24-79) – rimlik mashhur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi, 79-yili mashhur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi natijasida yuz bergan umumxalq fojiasi vaqtida halok bo’lgan.
Yunon va Rim tarixshunosligi Gay Pliniy Sekund – sermahsul olim, 20 kitobdan iborat «Germanlarning urushlari», ikki jilddan iborat «Pomponiy Sekundning hayoti» va 37 kitobdan iborat «Oddiy tarix» nomli asarlar yozib qoldirganj ma’lum.
Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo’ylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan bahs yurituvchi «Germanlarning urushlari» nomli asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56—117) «Solnomalar» (imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) Neronning halok bo’lishigacha (milodning 68-yili) bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga oladi) hamda «Germaniya» (unda german va boshqa qabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bo’lgan.
«Pomponiyning hayoti»da Pliniy sobiq boshlig’i Pomponiy Sekundning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu asar ham bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
«Oddiy tarix» Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli hamda madaniyati bayon etilgan. Unda muallifning o’z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo’lmaganligi, ayrim dalil va voqealarni buzib ko’rsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi bo’yicha keng ma’lumot beruvchi qomusiy asar sifatida e’tiborga sazovordir.
«Oddiy tarix»da O’zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar, masalan, skiflar, Oks – Amudaryo, Yaksart – Sirdaryo va skifcha joy nomlari, tabiiy boyliklari, Antioxiya shahariarining barpo etilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
Shunday qilib, qadimgi dunyo yunon-rim ilk yozma manbalari Qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo’lib o’lkamizdagi elatlarning, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Xullas, yunon-rim manbalrining o’ziga xos hususiyati shundaki, bu asarlar ko’pincha afsona va rivoyatlarga, oddiy mahalliy xalqlarning gaplariga asoslanib yozilgan. Shunga qaramasdan, afsonalarda ham birmuncha bo’lsa-da, haqiqat yashiringan bo’ladi. Bundan tashqari ular ko’pincha harbiy bosqinchilar bilan birga kelgan askarlar va saroy tarixchilarining ko’rgan-bilgan voqealari tasvirlangan.
Mahalliy xalq ularni dushman sifatida ko’rib, ko’pincha yolg’on-yashiq gapirganlar. Bundan tashqari til tushunmasliklari ham ba’zi noqulayliklarni keltirib chiqargan. Natijada, ko’p shahar va shahslarning nomlari noto’g’ri yozilgan. Bu esa ularning bugungi kundagi nomlarini aniqlashda ba’zi bir noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Aniq va to’g’ri ma’lumotlarni faqat, chuqur bilimga ega bo’lgan holda, tarixiy asarlarni taqqoslab to’g’ri xulosaga kelish orqali olishimiz mumkin.
Yunon va Rim tarixshunosligida O‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixi.











