YURAK QON TOMIRLAR TIZIMI.
Qon tomirlar tizimi: yurak, arterial, vena, limfadan iborat. Tomirlar ichida harakat qilayotgan qon, modda va gaz almashinuvini ta`minlaydi. Ichki sekretsiya bezlaridan ajralgan garmonlar xam qon orqali organinzmga tarkaladi. Arteriyalar qoni yurakdan a`zolarga yunaltirsa, venalar uni a`zolaridan yurak tomonga xaraktini ta`minlaydi. Arteriya qon tomiridan arterial qon oladi, lekin o`pka arteriyasi va embrionda kindik arteriyasidan venoz qon oqadi. Lekin o`pka venasida va embrion kindik vena tomiridan arterial qon oqadi.
Boshqacha aytganda yurakdan chiquvchi barcha tomirlar arteriya, yurakka kelib quyuluvchi tomirlar vena tomirlar deyiladi. Tomirlar tarmoqlangan sayin ularning diametri kichrayib, devori yupqa tortadi. Yurakka yaqin joylashgan qon tomirlar devori katta bosim ta`sirida chidamli bo`lishi kerak, chunki o`rtadagi bosim 200 mm simob ustuniga teng. Shu sababli, bu qon tomirlar devorida elastik tolalar ko`p bo`lib, uni elastik turkumli qon tomirlar deyiladi. O`rta va kichik qon tomirlargacha bosim bir oz pasayadi.
Natijada qonning yunalishi uchun qon tomir devoridagi mushaklarning uzini xam qisqarilishiga extiyoj bo`ladi. Shu sababli yurakdan uzoqroqqa joylashgan o`rta va kichik qon tomirlarda silliq mushak qavati yaxshi taraqqiy etgan bo`lib, uni mushak turkumidagi qon tomir deyiladi.
Arteriya va venalar orasida mikroskopda kurish mumkin bo`lgan mikrotomirlar joylashgan. Ularning eng maydasi kapillyar deyiladi. Organizmda qon yopiq doira ichida harakat qilib, katta va kichik qon aylanish doirasi tafavut etiladi.
Katta qon aylanish doirasi yurak bilan a`zolar orasidagi qon haraktini ta`minlab, yurakning chap qorinchasidan aorta bo`lib boshlanadi va o`ng bo`lmachaga yuqorigi hamda pastki kovak venalari sifatida yakunlanadi. Kichik qon aylanish doirasi esa yurakning o`ng qorinchasidan o`pka arteriyasi nomi bilan boshlanib, o`pka qon tomirlari ishtirokida, o`pka venasi nomi bilan chap bo`lmachada yakunlanadi.
Qon tomirlarni a`zodan tashqarida joylashgan va a`zo ichida yo`naladigan qismlarga bo`linadi. Bu bo`linish nisbiy bo`lib, asosan qon tomirlar uzluksiz birbiriga davom etadi. A`zo ichidagi qon tomirlardan va undan ham kichikroq qism tuzilganligini aniqlash mumkin. Asosan o`pka, jigar, buyrak, taloq kabilar kichik qismlarga bo`linadi.
Arterial tomirlar birin-ketin mayda tomirlarga bo`linadi: nixoyat eng mayda arteriolalar hosil bo`lib, ular devorida bir qavat mushak hujayralar bo`ladi. O`z navbatida prekapilyarlarga bo`linadi.
Prekapilyar esa ko`plab kapilyarlarga bo`linadi. Kapillyar devorida mushak hujayrasi uchramaydi, ular faqat bir qavat endoteliy hujayrasidan tuzilgan bo`ladi. Kapillyar postkapilyarni hosil qilib, ular esa o`z navbatida venulaga aylanadi. Kapillyar devori orqali kislarod va oziq moddalar qondan a`zo to`qimalarga o`tsa, karbonad angidrid va modda almashinuvi natijasida hosil bo`lgan moddalar qonga o`tadi. O`pka kapilyari esa aksincha karbonat angidridni chiqarib, kislorodni qabul qiladi. Buyrakning birlamchi kapilyari esa modda almashinuvi natijasida hosil bo`lgan moddalarni chiqaradi. Kapillyar orqali ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqargan garmonlarni kerakli a`zo va to`qimalarga olib borilishi natijasida organizmning bir butunligi saqlanadi.
Yuqorida keltirilgan mikrotomirlar tizimi 1957 yil «mikroserkulyator» atamasi qabul kilingandan so`ng, Kipriyanov va shogirdlari mikrotomirlar tizimini kashf qiladi.
Barcha kapilyarlar bir vaqtda ishlamaydi, ular funktsional jihatdan 3 guruhga bo`linadi:
- Ishlab turgan kapillyar, bunda qonning barcha elementlari oqadi.
- Plazmatik kapillyar, bunda faqat qon zardobi oqadi.
- Yopiq kapillyar, ya`ni ishlamay turgan kapillyarlar. Arteriyalarning tarmoqlanish qonuniyati
- Qon tomirlar a`zolarning zarari tashqi ta`siridan bir qadar saqlangan holda uning ichki qismlariga joylashgan.
- Katta qon tomirlar qo`l-oyoq suyaklarining miqdoriga mos ravishda tarmoqlanadi va pirovardida yoysimon tuzilishda bo`ladi.
- Erkin harakat qilishga moslashgan bo`g`imlar sohasida tomirlar tor va birlashmalarni tashkil etadi.
- A`zolarga yo`nalayotgan qon tomirlarning hajmi va qalinligi a`zoning hajmi bilan emas, balki bajariladigan vazifasiga mos ravishda bo`ladi.
- Qon tomirlar a`zo taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lganligi uchun tomirlarning a`zolari ichidagi tarmoqlanishi va tuzilishi shu a`zoning shakliga hamda bajariladigan vazifasiga mos bo`ladi.
- Ko`pchilik qon tomirlar, embrionning rivojlanishi davrida nervlar bilan birga rivojlanib va nerv, qon tomir tutamini hosil qiladi.
- Taraqqiyot jarayonida hosil bo`lgan bo`shliqlar devori va bo`shlik ichidagi a`zolar alohida qon tomir bilan ta`minlanadi. Shu sababli pariental va viseral tarmoqlariga bo`linadi.
- Odam tanasi taraqqiyot davrida segmentlar tuzulishiga ega bo`lganidan, segmentlar qon bilan ta`minlanishi saqlanadi.
- A`zolarga qon eng qisqa yo`l bilan keladi. Qon tomirlarning tarmoqlanishida eng yaqin tarmoq bilan oziqalanish qonuniyati saqlanib qoladi.
Shu sababdan aortadan chiqayotgan birinchi qon tomir yurak devorini ta`minlaydi.
- Qon tomirlar bo`gimlardan o`tadigan joylarda birmuncha yuzasiga yotadi. (Shu joylardan puls aniqlanadi.)
- Arteriyalar bir-biri bilan shoxchalar orqali birlashadi, ya`ni bir-biri bilan bog`lanadi.
- Asosiy poyadan chiqib, u bilan bir qadar nariga boruvchi yon tarmoqlarni kollaterallar deyiladi.
Arteriyalar taraqqiyoti
Filogenezda suvda yashovchi hayvonlarda jabralar bo`lib, quruqlikda yashovchilarda o`pkaning hosil bo`lishi natijasida kichik qon aylanish doirasi paydo bo`ladi. Qon tomirlar taraqqiyoti filogenetik taraqqiyotni qisqa muddat ichida qaytarib utadi. Taraqqiyot boshlangich davrida chap qorinchadan arteriya poyasi tomon yo`naladi. Bu poya 2 ta ventral aortaga bo`linadi.
Arteriya poyasi frontal to`siq vositasida bo`linib, old tarafda joylashgan o`pka poyasiga va orqa tarafga ko`taruvchi aortaga ajratiladi.
6-aortal jabra ravog`i o`pka poyasi bilan qo`shilgan bo`lib, o`pka arteriyalariga aylanadi. Chap tarafdan 6- ravoq dorzal aorta bilan aloqasini saqlab qoladi. 1-2 aortal jabra ravoqlari atrofiga uchraydi. Chap tarafdagi 4 aorta jabra ravogi qisman shu tarafdagi ventral aorta va qisman chap dorzal aorta bilan birgalikda aorta ravog`ini hosil qiladi. O`ng tarafdagi 4-aortal jabra ravog`i o`ng o`mrov osti arteriyasiga aylanadi.
3 aortal jabra ravog`i va dorzal aortaning shu ravoqlaridagi yuqorigi qismi, har ikki tarafga ichki uyqu arteriyalarini hosil qiladi. O`ng venrtal aortaning 4 ravog`idan ostki qismi o`ng yelka kalla poyasiga aylanadi. Shu sohadagi o`ng vertal aorta qismi aorta ravog`ini hosil qilishda qatnashadi.
3 va 4 ravoqlar orasidagi ventral aortaning bir qismi, har ikkala tarafda umumiy uyqu arteriyasini tashkil etadi. 3 ravoqdan yuqorigi ventral aorta qismi tashqi uyqu arteriyasini hosil qiladi. O`ng tarafdagi dorzal aortaning 3 ravoqdan pasti, chap tarafga esa 3 va 4 ravoqlar orasidagi dorzal aorta qismi atrofida uchraydi.
Yurak
Yurak to`rt kamerali a`zo bo`lib, ko`krak qafasining chaproq qismida joylashgan. Uning uchi pastga va oldinga yo`nalgan bo`lib, yurakning asosi yuqorida va bir oz orqaroqda joylashadi.
Yurak to`rt kamerali bo`lib, 2 ta bo`lmacha, 2 ta qorinchadan iborat. Bo`lmachalar va qorinchalar orasida klapanlar mavjud. O`ng tomonida uch tabaqali klapanlar, chap tomonda ikki tabaqali klapan bo`ladi. O`ng bo`lmachaga yuqorigi va pastki kovak venalar ochiladi. Undan tashqari yurakning xususiy venasi ham shu joyga ochiladi.
O`ng qorinchadan qon o`pka poyasiga yunaladi. O`pka poyasi teshigi soxasida, yurak ichki qavatining o`simtalaridan hosil bo`lgan klapanlar joylashadi. Klapan qoni qorinchaga qaytishiga to`sqinlik qilib o`pkaga yunalishini ta`minlaydi. Chap bo`lmachaga o`pka venasi quyiladi. Chap qorinchadan esa aorta qon tomiri boshlanadi. U erda yarim oysimon aorta klapani joylashadi.
Yurak devori 3 qavat mushakdan iborat: tashqi- perikard, visseral- epikard, o`rta-miokard yurak qorincha va bo`lmachalar alohida-alohida mushak guruxlaridan tuzilgan, shu sababli ular boshqa-boshqa qisqaradi.
Qorinchaning tashqi va ichki qavatida bo`ylama mushaklar, o`rta qavatida halqasimon mushak joylashgan.
Yurakning ichki yuzasini, ya`ni endokardni biriktiruvchi to`qima hosil qilgan.
Chap bo`lmachaning bo`shlig’iga 4 ta o`pka venasi ochiladi. Yurakning chap tomoni mushaklari qalin bo`lib, biriktiruvchi to`qima bilan birikib turadi. Yurak kameralari orasidagi to`siqlar sohasida biriktiruvchi to’qiimalar pishiq plastinkalarni hosil qiladi va ular mushaklar uchun o’ziga xos tayanch vazifasini bajaradi.
Bo`lmacha va qorincha mushaklari fibroz to`qimali halqalar bilan ajralib turadi.
Miokard qavati bir necha guruh mushak to`qimalaridan hosil bo`ladi. Ular yo’nalishiga ko’ra qorinchalarning o’zida 3 guruhga ajraladi: tashqi- qiyshiq, o’rta- halqasimon, ichki- bo’ylama mushak tutamlari bo`ladi.
Tashqi qavatga mushak guruhlari yurakning ichiga girdobsimon burilib, ichki qavat mushaklariga davom etadi.
Qorinchalar oraligidagi to`siqning ko’p qismi mushakdan, kamroq qismi paylardan tashkil topgan parda qismini hosil qiladi.
Yurakning o`tkazuvchi yo`llari
Yurak bo`lmacha va qorinchalari alohida tuzilmalardan tashkil topgan bo`lishiga qaramay, ularning o`tkazuvchi yo`li Purkine tolalari yordamida birlashib turadi.
- Sinus bo`lmacha tuguni yurakning o`ng qulogqi bilan yuqori kovak venasi o`rtasida epikard ostida joylashgan. Bu butun yurak bo`lmachalarining muskul tolalari va artioventrikulyar tugun bilan tutashgan bo`lib, bo`lmachalarning qisqarish ritmini tartibga solib turadi.
- Artioventrikulyarlar tuguni (Ashoff-Tovar tuguni) yurakning o`ng bo`lmachasi devorida joylashgan bo`lib, qorinchalarga-bo`lmacha-qorincha tutami yoki Giss tutami nomi bilan kiradi. Giss tutami qorinchalar orasidagi to`siq orqali pastga qarab yo`naladi va 2 ta oyoqchaga bo`linadi, oyoqchalar har ikkala qorincha endokardi ostiga joylashib, mushak qavatiga Purkine tolalari bo`ylab tarqaladi.
Vena qon tomirlari
Vena va arteriya qon tomirlari- bu qon tomir devorlarining tuzilishi va ular ichidagi qonning yurakka nisbatan yunalishi bilan farqlanadi.
Arteriyalardagi qon yurakdan a`zolarga tomon katta bosim ostida harakatlansa, venalar qoni kapilyarlardan yurak tomonga past bosim ostida venalardagi bosimning past bo`lishi sababli, ularning devori arteriyalar devoriga yupqaroq bo`lib, uch qavatga bo`linganligi unchalik ko`rinmaydi: mushak to`qimasi sust rivojlangan lekin venalarda kollagen to`qima ko`proq bo`ladi.
Kindik va o`pka venasidan qon, boshqa barcha venalardan esa venoz qon oqadi.
Vena qon tomirlari bajaradigan vazifalar:
- To`qimalar modda almashinuvi natijasida hosil bo`lgan chiqindi moddalarni a`zolardan olib chikib ketadi.
- Hazm a`zolariga so`rilgan oziqa moddalarini anashu a`zolar nomidagi venalar orqali darvoza venasiga yig`ib, jigarga olib kiradi va jigar venasi orqali pastki kovak venaga quyiladi.
- Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqargan garmonlarni qon orqali boshqa a`zolarga yetkazish vazifasini bajaradi.
Ma`lumki yurak devorining qisqarishi arteriya qon tomirlariga nisbatan katta bosim hosil qiladi. Aortada bosim 160 mm simob ustuniga teng bo`lsa, yelka arteriyasida 110-130 mm ni tashkil etadi. O`z navbatida arteriyalarning maydaroq tarmoqlariga bo`linishi, uning ichidagi bosimning kamayishiga olib keladi, natijada kapillyarlar ichidagi bosim juda pasayadi. Vena qon tomirlari ichidagi bosim esa kapillyar ko`rsatgichidan ham pastroq bo`ladi. Yurakka yaqin joylashgan venalarda bosim hatto manfiy bo`ladi.
Qon tomirlar ichidagi qonning harakat tezligi qon bosimiga to`g`ri proportsional bo`ladi. Demak, vena ichidagi qon bosimi past bo`lganligi uchun, qonning yo`nalish tezligi ham past bo`ladi. Qonning oqish tezligi arteriya va venalarda bir xil bo`lishiga qaramasdan, yurakdan arteriyalarga chiqayotgan qon miqdori shu daqiqalarda venalar orqali yurakka oqib kelayotgan qon miqdoriga teng bo`lishi kerak.
Arterial va venoz tizimidagi nomuvofiqlik venoz qon tomirlarining ko`pligi va hajmi jihatidan ularning ustunligi natijasida tenglashadi mana shuning uchun, vena qon tomirlarida bosim va qon oqish tezligi past bo`lishiga qaramasdan, uning hajmi kattaligi natijasida yurakdan qancha qon chiqsa shuncha qon o`nga qaytib keladi. Natijada, yurakdan ma`lum daqiqa davomida qancha qon birta aortaga chiqsa shuncha qon 2 ta venoz qon tomirlar orqali oqib keladi.
A`zo yoki to`qimalarning ma`lum qismidagi vena va arteriya qon tomirlari hajmining nisbiy koeffitsentini 2;1, 3;1, va hatto 4;1 ga ham teng bo`lishi mumkin.
Bunday katta farq, vena qon tomirlarining yuza va chuqur qismlariga bo`linishini taqozo etadi. Yuza joylashgan venalar yonida arteriyalar bo`lmaydi. Chuqur venalar esa arteriyalar bilan yonma-yon yunaladi va ba`zi joylarda birta arteriyaga 2 ta vena tugri keladi. Venalarning xususiyati arteriya qon tomirlaridan farqi ulardan klapanlar bo`lishidir. Venalarda oqayotgan qon yurak tomon harakat kilayotganda anchagina qismiga qonning gidrostatik bosimini yengish uchun moslama klapanlar paydo bo`ladi.
Klapanlar qonni faqat bir tomonga oqishini ta`minlab, teskari oqishga yo`l quymaydigan to`siqlar xizmatini bajaradi. Ular vena ichki pardasining yupqa, nozik burmalari hisoblanadi. Odatda klapanlar juft-juft bo`lib, bir-biriga qaragan bo`lib, venalan qon harakat qilganda, uning devoriga yopishadi. Qon teskari harakat qilganda, klapanlar bilan vena devori orasidagi yoziqqa qon kirib qolib, klapanlar vena devoridan uzoqlashadi.
Natijada klapanlarning erkin chekkalari bir-biridan yaqinlashib, tutashadi va vena teshigining shu joyi yopiladi. Bu moslamalar qonni faqat yurak tomon oqishini ta`minlaydi. Klapanlarning vena ichki qavatining yarim oysimon shaklidagi o`simtasi bo`lib, ko`pincha juft holda uchraydi. Ba`zan 1 ta yoki 3 ta o`simta shaklida bo`ladi. Klapanlar ko`pincha venoz tomirlarining asosiy o`zaniga quyilish joyida joylashib, qonning qaytadan shu irmokchalarga utishidan va kapillyarlarga ta`siridan saqlaydi. Qaerda qonning gidrostatik bosimi yuqori va yo`nalishi qiyinroq bo`lsa, shu erda klapanlar soni ko`proq uchraydi. Oyoq venalari ichidagi klapanlar, qo`l venalariga nisbatan ko`proq bo`lib, ular orasidagi masofa esa qisqaroq bo`ladi.
Demak, klapanlar qonni venalar ichida faqat yurak tomon harakatini ta`minlaydi. Bundan tashqari bir tomonga yo`nalishi venalar atrofidagi mushaklar va fassiyalar holati bilan ham belgilanadi. Vena qon tomirlarining tashqi qavati mushak fassiyasi bilan birikkan bo`ladi. Mushaklar harakati vena bo`shlig`ining kengayishi yoki torayishiga olib keladi. Qon tomirlar kengayganda u irmoqlarda qonni so`rib olsa, vena bo`shlig`ining torayishi esa, aksincha qonni yurak tomon harakatini ta`minlaydi.
Odam tanasida 2 ta vena katta qon tomirlari bo`lib, ular yuqori va pastki kovak venadir.
Yuqoridagi kovak vena o`ng va chap tomonlardagi qo`l va kalladan venoz qonni yigadigan qon tomirlarining birikishidan hosil bo`ladi. Pastki kovak vena qorin pardadan tashqarida joylashgan o`ng va chap umumiy yonbosh venalardan hosil bo`ladi. U oqoklardan chanoq devori va bo`shlig`idagi a`zolardan buyrak, buyrak usti bezi, jigar qorin devorlaridan venoz qonni yigib oladi.
Darvoza venasi taloq, me`da osti bezi, o`t pufagi va me`dadan tortib to`gri ichak yuqori bo`limigacha hazm kanalidan qon to`playdi. Shu tariqa venoz qon yuqorida nomi aytilgan a`zolaridan pastki kovak venaga va yurakka to`gridanto`gri tushmay dastlab jigarga boradi va jigar kapillyarlarida utib jigar venalari orqali pastki kovak venaga quyiladi.











