Yuridik yordam va xizmat kursatish tizimini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa barcha normativ-huquqiy hujjatlarida fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlash va insonparvar huquqiy demokratik davlat barpo etish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Buning uchun mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini himoya qilish, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash yaqqol misoldir. Mazkur vazifalarni hayotga tatbiq etishda yuridik xizmat muhim rol o‘ynaydi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi qisqa davr ichida yuridik xizmat xodimlarining huquq va burchlarini tartibga solish, qonuniylikni ta’minlashda ularning roli va mas’uliyatini oshirish zaruriyatidan kelib chiqib, bir qator qonunlar va boshqa normativhuquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Respublikamizda bugungi kunga kelib, tegishli ravishda davlat ro‘yhatidan o‘tib, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari 600 000 dan ortiqni tashkil etadi. Shundan yakka tartibdagi tadbirkorlar 230 000 ga yaqin, mikrofirma va kichik korxonalar 190 000 dan ziyod, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar 4 900 dan ko‘p, fermer xo‘jaliklari 160 000 dan ortiq, boshqa korxonalar 74 000 yaqindir. Yurtimizda shuncha tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritar ekan, ular faoliyatida yuridik xizmat qay darajada ta’minlangan, degan savol tug‘iladi?
Bizga ma’lumki, tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda ular u yoki bu sohada albatta yuridik xizmat xodimining masalahatiga yoki uning yordamiga muhtoj bo‘lishi tabiiy hol.
Yuridik xizmatning shartnomaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish sohasidagi vazifalari va huquqlari O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviyhukuqiy bazasi to‘grisida»t Qonunida belgilab qo‘yilgan.
Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash sharoitida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini yaxshilash, yuridik xizmatning roli va javobgarligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori qabul qilindi va mazkur qaror bilan «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to‘grisidayagi va «Xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘grisidayagi nizomlar tasdiqlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22 noyabrdagi 244-son qarori bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini besh yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish mustahkamlab qo‘yildi. Yuridik xizmatga yordam ko‘rsatish maqsadida ko‘plab normativhuquqiy hujjatlar kabul kilinib, bu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 iyundagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim sarorlarigao‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish to‘grisida» 149-son qarorining qabul qilinishi bu sohada muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jamiyatda qonunchilikka rioya etilishida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini amalga oshiradigan yuridik xizmatlari doimiy ko‘maklashib kelmokda.
Shu bilan birga, yuridik xizmatlarning xodimlari qonun buzilishining oldini olish hamda ular bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun etarli va ta’sirchan vakolatlarga ega emasliklari sababli ularning faoliyati kutilgan samarani, yuridik xizmatlarni tashkil etishning tartibi, ularning shtat birliklarini belgilash me’yor va mezonlarining mavjud emasligi turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona belgilashni ta’minlashga imkon bermayapti.
Yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlari samarali tashkil etilmagan. Mazkur sohadagi ishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rish bilan cheklanmokda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, salbiy holatlarning to‘gri qonuniy echimini topish maqsadida Harakatlar strategiyasida bu masalaga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish, yuridik xizmat sohasini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil 19 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida»tp PQ-2733-son Qarori qabul qilindi. Qarorda yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlarini samarali tashkil etish, yuridik xizmat xodimlarining moddiy ta’minot darajasi, mazkur sohaga oliy yuridik ma’lumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, yuridik xizmatlar ishining sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini izchillik bilan kuchaytirish kabi masalalar begilab ko‘yildi.
Ushbu Qarorga asosan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalarini berish, ko‘p yillik xizmat uchun ustamalarni to‘lash tartibini tatbik etish, yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat staji xodim boshqa davlat organlari. shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga ishga o‘tganida martaba darajalari va ko‘p yillik xizmat ustamalarini to‘lash uchun mo‘ljallangan mehnat staji hisobga olinishi, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining mazkur mutaxassislik bo‘yichauch yillik stajiga ega bo‘lgan xodimlari. lipenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs sifatida malaka imtixonida tegishli stajirovka o‘tmasdan ishtirok etish hukuqiga ega bo‘lishi, yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablagning 5 foizi, biroq eng kam oylik ish haqining 50 barobaridsh ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanishi kabi masalalar belgilab qo‘yildi.
Mamlakatimizda amalda bo‘lgan yuridik xizmat, huquqiy ishlar va ularga uslubiy rahbarlik qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni rivojlantirishga davlatimizning konun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlari tomonidan katta e’tibor berilmokda. Shu bilan birga, ushbu qarorning mazmunidan kelib chiqib, sohani yanada rivojlantirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Birinchidan, yuridik xizmat faoliyatini tartibga solish maqsadida «O‘zbekistonda yuridik xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish, bu barcha mulk shaklidagi yuridik xizmat faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi;
Ikkinchidan, adliya organlari xodimlari, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatining malakali xodimlari tomonidan boshqa davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati YOSH xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlariga ularning malakasini oshirish maqsadida trening mashg‘ulotlari olib borishni (videokonferensiya yoki boshqa usullarda) hamda O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasini tashkil etish;
Uchinchidan, yuridik xizmat xodimlarini jahonning huquq sohasidagi etakchi oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish va yuridik xizmat tuzilmalariga tajriba almashish uchun yuborish amaliyotini kengaytirish;
To‘rtinchidan, yuridik xizmat xodimlarining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxntilash maqsadida imtiyozli (ipoteka, iste’mol, avtotransport va boshqalar) kreditlarni berish yo‘li bilan ularni rag‘batlantirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Advokatura to‘g‘risida»gi, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek, Jinoyat protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeks va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida advokatura instituti takomillashtirilishi nazarda tutilgan.
Jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarining ko‘rilishida advokatning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi ishlar ko‘zda tutilmoqda:
Advokat tomonidan dalillarni to‘plash vaularni jinoyat ishi materiallariga ko‘shish mexanizmi takomillashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida, «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasida advokatlar sudlarda, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotgan organlarda dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash huquqi egadirlar, deb belgilangan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 87-moddasida «himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘plashga haqli» ekani qayd etilgan. Endilikda Harakatlar strategiyasi asosida advokatlarning dalillarni to‘plash va ularni jinoyat ishi materiallariga qo‘shish tartibi takomillashtiriladi.
Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot-maslahatlarini so‘rash va olish tartibi aniqlashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasida, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida advokatlarning huquq va vakolatlari keltirilgan bo‘lib, ushbu huquqlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida aniq berilmagan. Masalan, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida «Muayyan ishni olib borishga advokatning vakolatli ekanligi order bilan tasdiqlanadi» deb keltiriladi. Advokatlar so‘rovnoma bilan davlat organlari, tashkilotlari yoki muassasalariga murojaat qilganida so‘rovnomaga advokatlik orderi ilova qilinmaganligi vaji bilan yuqorida keltirilgan qoidaga asoslanib, so‘rovnomani javobsiz qoldirish holatlari uchrab turadi. Shu kabi tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida Harakatlar strategiyasi asosida sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organi va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnoma va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot-maslahatlarini so‘rash va olish tartibi aniqlashtiriladi.
Shuningdek, jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat kuzatuvchi pozitsiyasida turishi, ya’ni, yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasida fikr bildirish bilan cheklanishi belgilangan. Endilikda Harakatlar strategiyasi asosida jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokatning faol ishtirokini ta’minlash orqali yarashuv tug‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritishda advokatning roli oshiriladi.
Advokatlik litsenziyasi faoliyatini to‘xtatish, tugatishning sud tartibini bosqichma-bosqich joriy etish. «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunda advokat maqomini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, advokatlik litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 44moddasida har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Advokatlik litsenziyasi faoliyatini to‘xtatish, tugatish borasida sud tartibining bosqichmabosqich joriy etilishi, shaxs huquq va manfaatlariga daxl qiladigan qarorlarning sud tartibida qabul qilinishini ta’minlab, advokatlarning huquqlari kafolatlanishiga olib keladi.
Advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda advokatning o‘rnini oshirish.
«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi Advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish, shu jumladan, xorijiy advokatlik tuzilmalariga hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga advokatlik faoliyati bilan shugullanish imkoniyatini yaratish. «Advokatura to‘grisida»gi qonunning 3-moddasida advokat tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shugullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin. Demak, qonunda faqat O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi advokat maqomiga ega bo‘lishi belgilab berilgan. Shuningdek, qonun advokatlik tuzilmalarini advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati yoxud yuridik maslahatxona shakllarini nazarda tutadi.
Advokatlik faoliyatining samaradorligini oshirish, advokatlarga qulay sharoit yaratish maqsadida advokatlik tuzilmalarining yangi shakllarining huquqiy asosi yaratilib, advokatlarga yanada keng imkoniyatlar berilishi zarur.
Shuningdek, O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan, O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarining samarali himoyasini ta’minlash, tor doiradagi malakali xorijiy davlat fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishni ta’minlash yo‘lida, xalqaro-huquqiy, fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik-huquqiy masalalar bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida xorijiy fuqarolarga advokatlik litsenziyalarini berish tartibi joriy etiladi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi korporativ yuridik maslahatlar va yuridik konsaltinglarnirivojlantirish. «Advokatura to‘g‘risida»gi qonun advokatlik tuzilmalarining advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati yoxud yuridik maslahatxona shakllarini nazarda tutadi. Yuridik maslahatni rivojlantirish maqsadida, qonun asosida ularning vakolat va huquqlari kengaytiriladi. Yuridik maslahatxonalar va yuridik konsaltinglar faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularga soliq imtiyozlari beriladi.
Notariat va FHDYO organlari tizimini isloh qilish. Mamlakatimizda notarial faoliyat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik va Oila kodekslari, 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Notariat to‘grisida»gi qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining2010 yil 5maydagi «O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘grisida»gi Farmoni bu sohadagi islohotlarning yangi davrini boshlab berdi. Ushbu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligining qator buyruqlari qabul qilindi va notariat sohasiga oid deyarli barcha Notarial idoralar faoliyatini avtomatlashtirish, barcha notarial bitimlar hisobini markazlashgan holda yuritish va idoralararo elektron hamkorlikni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarga notariat sohasida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.
Notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovka muddatini qisqartirish. O‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunining 2-moddasiga asosan notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovka muddati ikki yil qilib belgilangan. Lekin ayrim shaxslarga jumladan, sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkani o‘tash muddati bir yilni tashkil etadi. Kelgusida ushbu muddatlar yanada qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.
Notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to‘g‘riligini tasdiqlash vakolatini berish. O‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunining 21-moddasiga ko‘ra, yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin. Notarius yordamchisi, notariusning topshirigiga ko‘ra, notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan ko‘chirmalarni tayyorlashga, shuningdek, notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli. O‘zgartirishga asosan endilikda notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to‘g‘riligini tasdiqlash vakolati berilmoqda. Bu notarius yordamchilariga o‘ziga tegishli bo‘lgan notarial harakat yuzasidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunining 21modsasida notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undirishi, notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini koplashlari, notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan notarius o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undirilishi belgilangan. Endilikda davlat bojlari elektron tarzda to‘lanadi.
FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish. Fuqarolar ishtirok etadigan fuqarolik, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarda huquqlarni amalga oshirish, himoya qilishni ta’minlashda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar tug‘ilish, nikoh tuzish, o‘lim va insonning muhim sub’ektiv huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi. Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYO organi tomonidan berilgan guvohnoma va unda ko‘rsatilgan faktning to‘griligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, ikki nusxada tuziladi va FHDYO organlarida qayd etilg‘an vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi. Masalan, nikoh qayd etilgan haqidagi guvohnoma bu nikohdan o‘tgan shaxslarning erxotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganini ifodalovchi hujjat bo‘lsa, nikoxdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Fuqarolik holati hujjatlaridan biri bo‘lgan nikoh tuzish va nikohdan ajralish bo‘yicha statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakatimizda 2016 yilda FHDYO tomonidan 275 mingta nikoh va 29,4 mingta nikoxdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning mulkiy va shaxsiy huquqlariga taalluqli bo‘lgani bois mazkur fuqarolik holati hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri qayd etilishini talab qiladi.
Nikoh tuzish ixtiyoriy bo‘lib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Buning uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Nikoxdan ajralish yuridik fakt bo‘lib, er-xotinlik munosabatlarining tugatilishini anglatadi va sud tartibida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi.
Mavjud voqelik fuqarolik holati hujjatlarini qayd etishda FHDYO organlari faoliyatini takomillashtirishni kun tartibiga qo‘ymokda. Bugungi kunda FHDYO organlari tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘ta dolzarb masalalardan biridir. Chunki, hozirgi kunda fuqarolik holati hujjatlariga doir ma’lumotlar nafaqat bir tizim doirasida, balki bir necha davlat organlari, idoralar, tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish, ma’lumotlar almashishga ehtiyoj mavjud. Bugungi kunda fuqarolik holati hujjatlarini nafaqat qog‘oz shaklda, ayni vaqtda elektron hujjat ko‘rinishida ma’lum muddat (ayrim hollarda uzoq muddat) saqlash, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, turli tuzilmalar bilan tez axborot almashish va qulaylikka erishish uchun FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish belgilandi.
Huquqni qo‘llash amaliyotiga murojaat qiladigan bo‘lsak, masalan, nikohni qayd etishni so‘rab fuqaro FHDYO organiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda FHDYO organi tomonidan Oila kodeksi 16-moddasida belgilangan koidalar asosida nikohlanuvchi shaxslarning loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bo‘lsa, ular o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Nikohlanuvchi shaxs esa boshqa hududda yashaydi va u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lishi mumkin. FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish ushbu masalani samarali hal qilishga imkon beradi.
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari tizimini isloh etish, bu borada qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida notarial idoralarni yanada rivojlantirishga, aholiga qulay va sifatli huquqiy yordam ko‘rs atil i shiga, notarial idoralarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga, notarial idoralar va FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga xizmat qilishi shubhasiz.











