Sahifamizda ota, ona haqida tasirli sherlar to’plmaini topishingiz mumkin.Ota ona rasmlari.
Ota – ona haqida.
Ota-ona farzand uchun bamisoli bir dengiz, bir xazina, bir noyob gavhar-u durdir. Shu boisdan ham ular farzandlar uchun aziz va muqaddas, mo’tabar. Farzandni dunyoga keltirguvchi ham shu kundan boshlab to voyaga yetkazguvchi ham ular.
Ana shu oraliq vaqtdagi qanchadan qancha bedor tunlar, mashaqqatlar ota-ona uchun beminnat xizmatlar hisoblanadi. Farzandi kamoli uchun har qanday azob-anduhlarga bardosh beruvchi ham ular. Eng muhimi shundaki, ular bu xizmatlari evaziga hech narsa ta’ma qilmaydi, bu xizmatlarini burch deb biladi. Shuning uchun sahifamizda ota ona haqida sherlar to’plamini taqdim etmoqdamiz.
Ota, ona haqida sherlar.
Serviqoru salobatli tog’larga boqib,
Sizni eslab, sog’inchlarga to’ldim, otajon!
Yashnab turgan saxovatli bog’larga boqib,
Yuragimda mehringiz his qildim, otajon!
Biz niholu, siz mehribon bog’bon edingiz,
Bizni o’ylab kechayu tun giryon edingiz.
Biz shod esak, siz ham shodu xandon edingiz,
Sizsiz bu dam na o’ylab, na kuldim otajon!
Bu dunyoning jumboqlari bag’rimni ezur
Umringiz dard ila o’tdi, betinch behuzur
Sho’xliklaru, erkaliklar uchun ming uzr
Ota bo’lgach ota qadrin bildim otajon!
Oh, ayriliq dardi og’ir, qalbni qaqshatar
Meni qavmu qarindoshlar sizga o’xshatar
Derlar: ota bo’stonini farzand yashnatar
Bu olamda men siz bo’lib qoldim otajon!
Siz yaratgan bo’stonlarning havosi bo’lak
Sizla o’tgan xush onlarning safosi bo’lak
Zikrillo dil armonlarin navosi bo’lak
Sizni qo’msab yurak bag’rim tildim otajon!
Qishloq kutib oldi meni q’ayg’uli,
Daraxtlar egilib turar motamdan.
Ukam o’ksib chiqdi uydan ko’zda yosh
Ayrilib qoldik deb bevaqt otamdan…
Tavsiya etamiz: Tug’ilgan kun tabrik rasmlari
Otam sheri.
Otam… ko’zlarini abadiy yumgan…
Biram tinch, orombaxsh… osuda o’lim…
Otam so’nggi so’zin aytolmay ketgan
Mehribon lablarda yig’laydi qo’lim…
Shomu saharlarda tinmagan otam,
Tirigida orom bilmagan otam,
Yemay yiqqanini to’ylarga atab
Daladan beriga kelmagan otam..
Onalar haqida sher.
Kech kuz, daraxtlar barglarin to’kkan,
Olis-olislarga ketdi turnalar.
Qayg’usiz tashvishsiz, ajoyib bir kun,
Ammo nedandir ko’ngil tirnalar.
Muhabbat haqida she’r yozmoq oson,
Madh etib tinmaymiz gul jamolini.
O’ylab ko’rganmisan ey g’ofil inson,
Uyingda o’tirgan onang holini.
Ortingdan termular farishta misol,
Duodan tinmaydi uning zaboni.
Do’ faqat senga yana bir savol,
So’ray olganmisan onang holini.
Har narsadan ustun ona degan nom,
Quyosh bilan tengdir sharafi-shoni.
Onani e’zozlar bor ahli islom,
Onalar asragay yorug’ dunyoni.
Ona haqida tasirli sherlar.
Ketar bo’lsang bir kun ulg’ayib
bosh egib o’t o’sgan xonangga.
Bosh egib o’t ma’yus, mung’ayib
ostonada qolgan onangga.
Bardoshlaring toshlarin yorsin,
davrlarda tanilgil oqil.
Faqat yolg’iz qolganing chog’da
yodgorgina suratga boqqil.
Suratga boq, unda kuladi
nigohlari shikasta ayol.
Chig’iriqqa solar ruhingni
ko’zlaringga tiqilgan savol.
Suratga boq, shikasta ayol
yozg’irmaydi, bir so’z ham demas.
Seni qattiq sog’ingan, ohkim,
qayta boshdan dunyoga kelmas…
Tavsiya etamiz: Harbiylar haqida sherlar bolalar uchun
Yig’laganin hech kim bilmaydi.
Keng hovlining qalqoni sindi
Shod kunlarga qaytib bo’lmaydi
Judolikdan ko’zlari tindi
Ona yolg’iz qolsa yig’laydi
Yig’laganin hech kim bilmaydi.
Har yon qushdan uchgan bolalar
Yoru dunyo quchgan bolalar
Yuragidan toshib nolalar
Ona yolg’iz qolsa yig’laydi
Yig’laganin hech kim bilmaydi.
Tog’lar bilar bardoshlarini
Bir bir eslab dildoshlarini
Hech kim ko’rmay ko’z yoshlarini
Ona yolg’iz qolsa yig’laydi
Yig’laganin hech kim bilmaydi.
Shoxlarda ham, devonada ham,
Toshkanda ham, Farg’onada ham,
Kulbada ham, koshonada ham
Ona yolg’iz qolsa yig’laydi
Yig’laganin hech kim bilmaydi.
Inson, onang ko’nglini shod et
Seni qanday shod etgan, yod et
Sog’inch degan uydan ozod et
Ona yolg’iz qolsa yig’laydi
Yig’laganin hech kim bilmaydi
Otajon.
Do’st nomi bittadir, ammo turfa rang,
E’tiqod, sadoqat… qolgani yolg’on.
Yalang’och turarlar-atrofga qarang,
O’rningizdan turing, Otajon.
Yelkada ikki yuk, og’iri motam,
Yelkada almashar goh shayton rahmon.
Titrar egningizda pokiza mato,
O’rningizdan turing, Otajon.
Ochunning yo’rig’i-taqdiru azal,
Onam manglayiga hasratlar chizgan.
Dunyo arzimaydi tirnog’ingizga,
O’rningizdan turing, Otajon.
Ko’k ham tek turishga qiladi nomus-
Qarog’im tubida yig’laydi osmon.
Hali qo’sha-qo’sha to’ylar qilamiz,
O’rningizdan turing, Otajon.
Mo’jiza bo’lsa gar ishonmasa ko’z:
Bir kuni qaytsangiz qo’lingizda non.
Kimdir sevinch chekar, kim chekar afsus…
O’rningizdan turing, Otajon.
Onajonim mehribonim.
Beshigimni quchoqlab yotgan,
Shirin-shirin allalar aytgan,
Sabo yanglig o’pib uygotgan,
Onajonim, sizga to’ymadim.
Siz ketdingiz, manzil- lomakon,
Hamma ketar, ketar begumon,
Ammo qoldi dilda bir armon:
Onajonim, sizga to’ymadim.
Yo’lingizda ko’zlarim qoldi,
Aytilmagan so’zlarim qoldi,
Ko’zimda yosh, bo’zlarim qoldi,
Onajonim, sizga to’ymadim.
Der edingiz: “Ona qo’rgoshin,
Erib ketar ko’rsa ko’z yoshing”,
Toshdan bolsin derdingiz boshing,
Onajonim, sizga to’ymadim.
Orzulagan kunlariz keldi,
Siz aytgan ul qut fayz keldi,
Lek tilim lol dil mayus keldi,
Onajonim, sizga toymadim.
Yashayapman yahshi yo yomon,
Boshga tushsa ko’narkan inson,
Mehringizga tashna boldi jon,
Onajonim, sizga to’ymadim.
Umid birlan yashaydi banda,
Eh, ochilib bu sirli parda,
Ko’rishtirsin endi mahsharda,
Onajonim, sizga to’ymadim.
Tavsiya etamiz: 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni tabriklari
Otajonlarga atab sherlar.
Ota meni o’ylab g’am ema,
Ko’nglim kuhna ovchining saydi
Meni bandi aylagan kema ,
Haliveri to’xtash bilmaydi
Kamalakka aylanar yo’lim
Goho g’amnok gohida sho’xman,
qaytishimni o’ylash kulgili,
Men miltiqdan otilgan o’qman
Manzilim qay kimning yuragi,
Xudo bilar qildingmi tusmol,
Qo’rqma mening sinmas kuragim
Qo’rqma mening o’ylarim halol.
Garchi qadah tuta boshladim,
Garchi qizlar tilin bilaman.
Meni mayxo’r deyolmas hechkim
Oshiqlari berib qo’ygan tan.
Ketmon emas qalamim ila
Kiprigimga ilaman erni,
Kechir meni otajon illo..
Portlab-portlab yashagim keldi.
Ketganim yo’q qishloqdan to’yib,
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men zaminni kaftimga qo’yib
Bitta ulkan qishloq qilaman..
Faqat meni o’ylab g’am ema
Guldirakman ko’ngling bo’lsin to’q
Ota bo’lsang bilasan dema ,
Ota bo’lib ko’rganimcha yo’
Ona.
Sogindim sizni…Ona…
sogindim yuragimdan…
kozlarim ongida sizni kulimsirab turganingiz
ah, onajon, sogindim sizni…
uzokdaman, yolgizman, ozim…
kadringizni bilmagan ekanman…
sozlaringizni, kulgularingizni, tovushingizni sogindim…
sogindim sizni..
Ota-onam she’ri.
Musofirda musulmonlik bor
Ilmda ulug charogonlik bor
Onada cheksiz mehr nuri bor
Biz Farzand-chi? farzandimizga yor!
Ona derkan bolam oppogim
Farzandlar der farzandim bolam.
Bizga dedi onamiz bolam
Biz derkanmiz bolam, dumbogim
Tengdoshlarim sherlarin ukib
Ota-ona mehriga zorlanib
Ilhom degan olamga yuzlanib
Bittim kungil uzhorin shu chok
Kachon deydi farzandlar ona
Bolasidan bushab onaga
Utiraman kitobga bokib,
Ota-onam, uyni soginib
Duosini olib qolgin.
Onang kelsa yo‘llarini,
Mehir bilan kutib olgin,
Taob qilib qo‘llarini,
Duosini olib qolgin.
Dunyolikka ko‘ngil boylab,
Kutdirmagin yilu oylab,
Yuragiga quvonch joylab,
Duosini olib qolgin.
Ajal mag‘lub etmasidan,
Bu dunyodan o‘tmasidan,
Fursat qo‘ldan ketmasidan,
Duosini olib qolgin.
Xech bo‘lmasa yilu oyda,
Umrin tila pana joyda,
Bu yurushdan yo‘qdir foyda,
Duosini olib qolgin.
Eng nozanin gul ham sular,
Ertami kech hamma o‘lar,
Oxiratda kerak bo‘lar,
Duosini olib qolgin.
Yarasiga zahar sepib,
Yiqilganni o‘tma tepib,
Onajoning poyin upib,
Duosini olib qolgin.
To taningda borki joning,
Xizmat qilib xar bir oning,
Ey FARZAND onajoning,
Duosini olib qolgin.
Ota-onam- Ota, ona haqida sherlar.
Otam davlatimdir, onam savlatim
Oltindan qanotim onam bulsalar,
Tugalmas boyligim otajonimdir,
Otam jannatimdir, onam tengsizim
7 yanga yig‘ilib bitta ona bulolmas
Yetti akang bir bulib bitta ota bulolmas
Otaning urnini bosolmas xechkim
Onaning urnini bosolmas xechkim
Olloxim…
Onamning chexrasin kilgin beg‘ubor
Otamning yuragin qilgin beozor
Otam davlatimdir,onam yagonam
Onamning boriga aytaman shkur
Otamning boriga ming bora shkur
Otaning qadriga borida yeting
Onaning kadriga borida yeting
Onalar bolasin uylaydi xar dam
Bolalar onasin uylarmikinlar
Otalar bolasin kilarkan tashvish
Farzandlar otasin.. tashvish kilarmikinlar
Ota bolasiga…1000 dirxamni 1 dirxamday korarkan
Kuning kolsa og‘angga , 1 dirxamni 1000 dirxamday korarkan
Minnat kilib, achchig‘lanib berarkan
Otam yuragimdir, onam jannatim
Onaning duosi samoga yetar
Otaning duosi xudoga yetar
Olloxim otamni sog‘ qil tanini
Olloxim otamni sog‘ qil jonini
Otasiz bir tiyin menga bu dunyo
Onasiz qorong‘u menga bu dunyo
Onamning boriga, Olloxga shkur
Otamning boriga,Olloxga shkur
Otasi yuklardan surayman uzr
Onasi yuklardan surayman uzr
Otam qurg‘onimdir,onam jannatim
Otajonim
Duo qiling, duoyingiz men uchun tumor,
Deysiz: “Bolam, Allohimdan bir tilagim bor:
Dog`laringni ko`rmay o`tsam,o`zi kifoya,
Axir, mening dilimda ham niyatim bisyor”
Sizni baxtli etolsaydim qaniydi, onam,
Poyingizga dunyolarni tortiq qilsam kam
Ona.
Dunyoda eng toza suzni qidirib
Onamning dardiga shifo so’radim
Yuzimdan kuzimning yoshin sidirib
Onamning dardiga shifo so’radim
Tiz cho’ktim avval yolg’iz Hudoga
Dard bergan uzidir qodir shifoga
Yolvordim yana Momo Havvoga
Onamning dardiga shifor so’radim
Onajon, onajonim, dardingiz o’zim olay
Makkayu madinam siz
Onajon, onajonim, dardingiz o’zim olay
Dunyoda borlig’im siz mening
Tangriga yaqinsiz oyu yulduzla
Har bemor erta tong quyoshni izlar
Bo’g’zimda qabardi nolayu buzlar
Onamning dardiga shifo so’radim
Bulbullar bir nafas gulni unutib
Dunyoga bor gulni Tangriga tutib
Bizdaylarga jo’r buling dodiga yeting
Onamning dardiga shifo so’radim
Onajon, onajonim dardingiz o’zim olay
Makkayu madinam siz
Onajon, onajonim dardingiz o’zim olay
Dunyoda borligim siz mening…
Men uchun bir umr darmonim ota
Yelkangiz o’parkan quyosh ham bota,
Qarshilab barchani bir-bir uyg’ota,
Bolangiz ko’ngliga paxtadan yumshoq,
Temirdan qattiqroq qalqonim, ota!
Zalvorli yuklar-da yuqtirolmas gard,
Oldingizga tushmas biron bitta mard.
Zardobga aylangan ichga yutar dard,
Yurakdan portlagan vulqonim, ota!
Gullar titrasada bo’ston vahmida
E’zozlab yashagay sizni rahmida!
Biz deya hayotning achchiq sahnida
O’zin yer aylagan osmonim, ota!
Bolam deb nigohi g’unchadek so’lgan,
Og’ir sinovlarda ne bo’lsa-bo’lgan…
Yuzi qayg’ursa-da, ko’zlari kulgan
Jannat hidi kelar rayhonim, ota!
Biror lug’ati yo’q yig’lab nolishda,
Asta hordiq olgan qattiq bolishda!
Qalbida erkalab, yig’lagan tushda
Yillarga ulg’aygan armonim, ota!
Sizga men shu bukun qo’shig’im aytdim,
Qadringizni o’ylab hovliga qaytdim,
Mehringizda qolgan bo’lsa gar qaytim,
Men uchun bir umr darmonim ota!
Onajonim Sizni Juda Sog’indim Men!
Boringizda eng baxtliga yaqindim Men,
Hatto ‘Baxt Yurt’ taxtlarida tag’indim Men,
Endi esa yo’l yo’qotib qoqindim Men,
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Meni oldga yetaklagan qo’lsiz qoldim,
Endi yolg’iz odimlashdan holsiz toldim,
O’chib Quyosh, chiqmayin Oy, yo’lsiz qoldim,
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Onajonim Egam Sizni afuv etsin!
Duom tinglab gunohingiz mahv etsin!
Biror dona gunoh qolmay o’chib ketsin!
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Egam Sizga jannatidan joylar bersin!
Bog’ va uning atrofida soylar bersin!
Menga Sizla bo’lish uchun oylar bersin!
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Xizmatingiz keragicha qilolmadim,
Duongizni istagandek ololmadim,
Uzoq yillar Sizla birga bo’lolmadim,
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Jasur hamda matonatli edingiz Siz,
Bizga doim «To’g’ri bo’ling!» dedingiz Siz,
Sizsiz ona, qolib ketdim Men dengizsiz,
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Hayot ekan, yana olg’a yuraman Men,
Neni buzib yana nelar quraman Men,
Sizsiz ammo, doim kamdek turaman Men,
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Ketdingizu, Menga duo qilguvchi kam,
O’g’lingizni Sizdek sira bilguvchi kam,
Sizdan keyin yuzlariga kulguvchi g’am!
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Sog’indim Men Sizda bo’lgan zakovatni,
Sog’indim Men so’zi shakkaru – novvotni,
Tili, dili hamisha poku- obodni,
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Duo etgum Sizni jannatda ko’ray deb,
To’g’ri yurgum, toki jannatga kiray deb,
So’ragum Siz birla jannatda turay deb,
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Bilingizlar, Ona qimmat- bebahodir,
Hayotlikda hurmatin etgan dahodir,
Rizosin olganchi? Bu – yutgan bahodir!
Onajonim Sizni juda sog’indim Men!
Aziz obunachilarimiz sizga Ota ona haqida sherlar to’plami yoqqadi degan umiddamiz.
Tavsiya etamiz: Ona buyuk inson matn