▪️ Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan (https://wcu.uz/oz/lists/view/676).
Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak:
✔️ Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
✔️ Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma.
✔️ O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom.
Tavsiya etamiz : Abituriyent yangiliklari
❓ Kimlar tavsiyanoma ololadi?
➖o’rta ma’lumotli;
➖ OTMda o’qimagan;
➖5 yil staji borlar.
💬 Tavsiyanomaga oid savollaringiz bo’lsa, kommentlarda yozib qoldiring.