2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyent ruxsatnomasi 2025.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o’z bilimingizni bepulga sinovdan o’tkazishingiz mumkin!
Ruxsatnomani telegram orqali yuklab olish.
Abituriyentlar ruxsatnomasida:
👉 Тest sinovi topshirish hududi va hududga kelish vaqti
👉 Test topshirish joyi nomi
👉 Test topshirish manzili
👉 Test topshirish alifbosi
👉 Тalim shakli va Talim til koʻrsatilgan boʻladi.
❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.














