Bosh sahifa Abituriyentlarga Diagnostik test natijalarini onlayn bilish imkoniyati yaratildi

Diagnostik test natijalarini onlayn bilish imkoniyati yaratildi

Diagnostik test natijalarini onlayn bilish imkoniyati yaratildi

✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishmoqda va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqda.

📝 Mazkur xizmatni takomillashtirish va talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida diagnostik test sinovi natijalarini onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi.

📱 Endilikda talaborlar my.uzbmb.uz saytiga test topshiriqlari kitobi raqamini kiritib, o‘zi to‘g‘ri deb bilgan javoblarni belgilagan holda diagnostik test sinovi natijasini bilishlari mumkin.

🔗 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/service/96

Tavsiya etamiz : Abituriyentlar uchun