Bosh sahifa Abituriyentlarga Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!.📣 Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi (https://t.me/BaholashUz/6330).

📱 Unga ko‘ra 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” (https://my.uzbmb.uz/service/62) bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

📋 Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumot joylashtirildi.

📆 Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun 25-mart kunidan barcha hududlarda oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.

✅ Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

📝 Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

▶️ Seminarlarda ishtirok etgan nomzodlar yakuniy nazorat sinovidan o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishganlar keyingi bosqich (suhbat)ga tavsiya etiladi.

❕ Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.