🔰 2023-yil 6-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 143-son qarori qabul qilindi.
📌 Mazkur qarorda Akademiyaning “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
✅ Shu sababli Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” bo‘limi ochilib, talabgorlarni ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.
🖥 Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 3-may kuniga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi.
🔗 Qabul bo‘yicha to‘liq ma’lumot bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/6425532 .