Bosh sahifa Abituriyentlarga Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat

2023-yil 2-aprel kuni o‘tkazilgan kimyo va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.