Nostrifikatsiya bo‘yicha alohida telegram kanal va bot ishga tushirildi

0
Nostrifikatsiya bo‘yicha alohida telegram kanal va bot ishga tushirildi

Nostrifikatsiya bo‘yicha alohida telegram kanal va bot ishga tushirildi.

✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) jarayonlari bo‘yicha ma’lumot berib borish maqsadida alohida telegram kanal ishga tushirildi.

📣 Unda xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) tartibi va o‘tkaziladigan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

▶️ Telegram kanal manzili: @NostrifikatsiyaBBA

🖥 Shuningdek, nostrifikatsiya xizmati bilan bog‘liq murojaatlarni qabul qilish maqsadida @NostrifikatsiyaBBA_bot telegram boti ham ishga tushirildi.

📤 Fuqarolar mazkur bot orqali xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha o‘z savollarini yuborishi va javob olishi mumkin.

📩 Botga kelib tushgan savollarga Bilimni baholash agentligining Oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish bo‘limi xodimlari tomonidan javob beriladi.