Bosh sahifa Abituriyentlarga Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5-dekabr kunlari o‘tkaziladi

Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5-dekabr kunlari o‘tkaziladi

Nostrifikatsiya test sinovlari

⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5-dekabr kunlari o‘tkaziladi

📆 2023-yil 4-5-dekabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-12-01

Faylni yuklab olish : YUKLAB OLISH