Bosh sahifa Abituriyentlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari haqida.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son (https://lex.uz/docs/-1399382) qarorining ikkinchi (https://lex.uz/docs/-1399382#-5723140) va uchinchi (https://lex.uz/docs/-1399382#-5723140) ilovalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar test sinovi topshirishi belgilangan.

Shu maqsadda 2023-yil 29-noyabr kuni Bilimni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

Test sinovida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan 233 nafar talabgorning 230 nafari ishtirok etdi.

✅ Unda talabgorlarning chet tillari (ingliz, nemis, fransuz), axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi.

📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.