Bosh sahifa Abituriyentlarga Test sinovlarining test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Test sinovlarining test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Test sinovlarining test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari chiqdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi). 

Javoblar varaqasi 2023

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;

🔹 Matematika x 10 ta;

♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball

➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Javoblar varaqasi 2023

Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. Test topshiriqlar soni mezonlari shular edi.