TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

0
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz (https://my.uzbmb.uz/) sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 19-dekabr kuni soat 10:00 ga qadar davom etadi.

🖥 TOEFL ITP imtihoni 21-dekabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosida kompyuterda o‘tkaziladi.

👩‍🏫 TOEFL ITP sertifikati xalqaro tan olingan sertifikat (https://lex.uz/docs/-5615817#-5616150) bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida (https://lex.uz/docs/-5426736) belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

✅ Imtihon bo‘yicha to‘liq ma’lumot: https://www.ets.org/toefl/itp/about.html

📚 Qo‘llanma: https://www.ets.org/content/dam/ets-org/pdfs/toefl-itp-test-taker-handbook.pdf

☎️ Murojaat uchun telefon:
– (95) 515-68-68, (95) 507-70-72

Tavsiya etamiz : Milliy sertifikat