Bosh sahifa Abituriyentlarga Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi...

Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi o‘tkazildi

Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi o‘tkazildi

Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi o‘tkazildi✅ 2023-yil 14-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

👨🏻‍🎓 Unda xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun tegishli tartibda murojaat qilgan va hujjatlari Ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa berilgan 226 nafar talabgordan 88 nafari ishtirok etdi.

📚 Test sinovlari talabgorlarning ta’lim olgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilib, talabgorlarga 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovlari Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

📌 Test natijalariga ko‘ra minimal talabni bajargan (55 va undan yuqori ball to‘plagan) 14 nafar talabgorning xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinishi belgilandi.